«Qutadg‘u bilig» — Qutga, ya’ni baxt-saodatga eltuvchi bilim, degan
m a’noni beradi. U ni mutafakkir shoir 1069-yilda yozib tamomlagan.
Muallif bunday ulkan tarbiyaviy, m a’naviy, iqtisodiy tafakkur manbayi
bo‘lgan asami yozish uchun uzoq tayyoigarlik ko‘radi. U ko‘plab o ‘lkalaiga
sayohat qiladi, ko'plab madaniy-adabiy manbalami o'rganadi,
tadqiq
etadi. U deyarU barcha turkiy xalqlar yashaydigan o'lkalarda (Xitoy,
Turkiston, Eron va Turon) b o ‘ladi.
Asar o ‘sha davrning podshohi Tavg‘ochxon huzuriga keltiriladi. Xon
bu asar bilan tanishib chiqqach, uning badiiy, ilmiy, tarixiy, m a’naviy
ahamiyatini haqqoniy taqdirlab, shoirga
Xos Hojib
unvoni beriladi. Ushbu
asar XV asr o ‘rtalarida H irot shahrida qayta ko‘chiriladi. M a’lumki, bu
davr
Xirotda Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi so‘z mulkining daholari ijod
etar edilar. Shunday bir muhitda kitobga berilgan e’tibor asaming haqiqatda
ham juda yuqori qiymatidan dalolat berar edi.
«Qugadg‘u bilig» biz uchun g‘oyat muhim iqtisodiy g‘oyalar ilgari
surilgan asar sifatida ilmiy aham iyat kasb etadi.
Asardagi iqtisodiy
munosabatlarning turli jihatlari to ‘g‘risidagi iqtisodiy fikrlar, ayniqsa,
qimmatlidir. Asarda mehnatga to ‘g‘ri haq to ‘lash, boshqalar mehnatini
to ‘g‘ri taqdirlash,
qadriga yetish, moddiy manfaatdorlik, kasb-hunar
egallash, kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o ‘rin berilgan. Asarda
muallif taqsimot munosabatlariga, ulaming rag‘batlantiruvchi ahamiyatiga
e ’tiborni qaratadi, zero, rag‘batlantirish kuchiga ega bo‘lgan
taqsimot
munosabati ishlab chiqarishni kuchaytiradi, jamiyat va xalq boyligini
orttiradi. Yusuf Xos Hojib yozadi: «Xizmat ahli o ‘z mehnati natijasidan
umidvor turadi. Umidini topmagan xodim ko‘ngli sinadi».
«Ammo xizmat qiluvchilarni hammasi ham bir xil emas.
Ular turli-
tum an toifalarga b o ‘linadi. X odim larning naf keltiruvchilari bor,
shuningdek, nafi yo‘g‘i ham ancha. N af keltiruvchi kishiga xizmatiga loyiq
ravishda tortiqlar berish kerak. Xizmatiga loyiq taqdir ko‘rgan xodimning
boshi ko‘kka yetadi. Inson degani, axir, hayvon tengi emas.
Ana shuni
bilib, unga amal qilinsa, barcha ish ko‘ngildagidek b o ‘la d i...'»
Ko‘rinib turibdiki, alloma tekis taqsimotni,
barchani bab-barobar
ta ’minlash tizimini tanqid qilmoqda. H ar bir xodim o‘z mehnatiga,
harakatiga, ish unumiga, keltirgan nafiga qarab taqdirlansa,
ham m a ish
ko‘ngildagidek bo'ladi. Shu bilan birga, har bir sohibkor, ish beruvchi
Dostları ilə paylaş: