Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

«Tibbivot dostoni»da 
yozadiki, agar hayvonlar tabiat 
ne’matlariga qanoat qilib yashasalar, odamlarga bu ne’matlar ozlik qiladi, 
ular oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari 
lozim. Uning ta’kidlashicha, agar hayvonlar tayyor tabiat ne’matlarini 
o ‘zlashtirib olsalar, odamlar o ‘z m ehnatlari bilan o ‘zlariga ovqat, kiyim- 
bosh, uy-joy yaratadilar, ular ana shu maqsadda dehqonchilik, hunar­
mandchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanadilar. Shuning uchun alloma 
odamlarni ijtimoiy foydali mehnatga chorlaydi.
2. Abu Ali ibn Sinoning iqtisodiy g ‘oyalari
57


Pul paydo bo‘lgan davrdan, ayniqsa, tanga shaklda turli metallardan 
pul zarb etish boshlangan davrlardan boshlab iqtisodiy tafakkur dahola- 
rining fikru zikri turli mineral xomashyolar hajmi va og‘irligida mujassam- 
lashgan qimmatbaho metallar — oltin, kumush, mis va boshqalar hissasini 
aniqlash uslubi va asbobini yaratish muammosi bo‘lib kelgan. Ayniqsa, 
bu masala X—XI asrlarda — xalqaro savdo tez rivojlanib, zargarlik 
buyumlari yasash kuchayavergach, fan va amaliyotning eng dolzarb 
muammosiga aylandi. X asrda M ovarounnahr va Xurosonda juda katta 
miqdorda to‘la qiymatga ega bo‘lmagan tangalar zarb etish avjga chiqqach, 
ahvol yana ham og'irlashdi. Masalan, muomalada bo'lgan 
«Ismoiliy»
dirhamlari yoniga qimmatga ega bo‘lmagan metallardan zarb qilingan 
Buxoro dirhami — 
«gitrifiy» 
kabilar yoki past sifatli kumushdan yasalgan 
«muhammadiy» 
tangalar muomalaga chiqarildi. Bunday hoi turli xil 
qallobliklaming, aldashlaming kuchayishiga qulay sharoit yaratdi. Bu oltin 
dinorlar ham muomalada qatnashmay qolishiga olib keldiki, natijada oltin 
tangalar oddiy tovarlar kabi tortib beriladigan vaziyat vujudga keldi.
M a’lumki, Abu Rayxon Beruniy mineralogiya va metallshunoslik 
bo‘yicha o ‘z davrining eng yetuk olimi edi. Shuning uchun h am u iqtisodiy 
taraqqiyotga putur yetkazayotgan bunday ahvolga qarab tura olmas edi. U 
juda katta tadqiqotlar, izlanishlar, amaliy tajribalar o ‘tkazib, minerallar 
tarkibidagi qimmatbaho metallar hissasini topish uslubini yaratdi. Bu 
usulni amalda qo‘llash uchun maxsus o ‘lchov asbobi yaratish ham kerak 
edi. Shunday asbob Beruniy tomonidan yaratildi, bu esa pul munosabatlari 
tarixida, uning rivojlanishida bebaho ahamiyatga ega bo‘ldi. Beruniy o ‘zi 
yasagan asbobning tuzilishini, uning qanday mexanizmlardan va qanday 
qilib yasaganini 
«Mineralogiya» 
nomli asarida bayon qilgan. Bu asbob 
yordamida turli metallardan yasalgan tangalar tarkibidagi qimmatbaho 
m etallarning haqiqiy m iqdorini o ‘lchash m um kin b o ‘ldi. Bunday 
asbobning yaratilishi pullar o'rtasidagi haqiqiy nisbatlarni aniqlash, ulami 
o ‘zaro almashtirishning adolatli asoslariga ega bo‘lish imkoniyatini berdi. 
Shuningdek, bu usul yordamida pul yasashdagi mavjud qallobliklarni 
bartaraf qilish va ana shunday noxushliklarning oldini olish mumkin bo‘lib 
qoldi. Buyuk bobokalonimizning bundan 1000 yildan ziyodroq awal ishlab 
chiqqan usullari hozirgacha ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotm agan'.

Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin