Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

2. Multiplikator nazariyasi.
Keyns ta ’limotida bu nazariya ham muhim o‘rin tutadi. Keyns 
iqtisodiyotda multi plikatsion jarayon boradi, bu jarayon investitsiyalar 
bilan bog'liqdir, deb ta’lim beradi. Investitsiya ish kuchi va boshqa resurslami 
harakatga keltiradi, ishlab chiqarishni kengaytiradi, bu esa yangi 
daromadlar yaratilishi demakdir. Daromadlarning bir qismi jamg‘arilib, 
investitsiyalashib yana ishlab chiqarish kengayadi, binobarin yana yangi 
daromadlar vujudga keladi va h. k. investitsiyalashuv oqibatida ishlab 
chiqarishning uzluksizligi yuz beradi.
Multiplikator ko‘rsatkich sifatida uning koeffitsienti asos qilib olinadi. 
Bu koeffitsient daromadlarning o'sishi (AD) bilan investitsiya o ‘sishi 
(Д1) o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Shungako‘ra multi plikatsion

A
D
koeffitsient (K) aniqlanadi. Bunda 
K = ~^J
dir. Bu koeffitsient
joylashtirilgan investitsiyalar daromadlami qanchalik oshirishga olib 
kelganligini aniqlashga xizmat qiladi. Keyns buni shunday ta’riflaydi: Kq2. 
5 bo‘lganda 1 dollar investitsiya summasi 2. 5 dollar daromad keltirgan. 
Ayni paytda «К» iqtisodiyotda pasayishni ham ifoda etadi. Bu investitsiyalar 
qisqarishi bilan daromadlarning ham qisqarishini tavsiflaydi.
M anashu multi plikatsion jarayongaham davlat aralashishi kerak 
bo‘ladi, ya’ni u korxonalarga budjet hisobidan investitsiya yo'llab, iqtisodiy 
o‘sishni rag‘batlantiradi. Investitsion faollik eng ko‘p daromad ta’minlanib 
turilganda davom etadi, daromadlar kamayib borar ekan investitsion 
faollik ham pasayadi.
Keyns o‘z kitobida foizga oid qoidalami ham sharhlaydi. Uning ta’limoti 
bo‘yicha, foiz miqdori investitsion jarayonning chegarasi sifatida qabul 
qilinadi. Buning m a’nosi shuki, investitsiya keltiradigan daromad bank 
beradigan foiz miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak, aks holda pulni bankka 
qo‘yib ko‘proq daromad olish maqbulroq ko‘rinadi. Keyns foizning 
ortishini ko‘ngilsiz hoi deb tushunadi, zero bu investitsion faollikni 
susaytiradi.
Shuni qayd etish kerakki, Keynsning umumiy bandlik g'oyasi hayotdan 
ajralgan abstraktsiya emas, balki real iqtisodiyot uchun qo‘llanma ham 
bo‘ldi. Bu ta’limot davlatning iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishga oid amaliy 
takliflaridan iborat bo‘ladi. Ma’lumki, ko‘pgina G ‘arb davlatlari o ‘z 
iqtisodiy siyosatiga Keyns takliflarini asos qilib olib, iqtisodiy o ‘sish va 
barqarorlikni ta’minlab turadilar.
135



Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin