qanday asarlarini o ‘qigansiz va o ‘rgangansiz? TAYANCH IBORALAR: 0 ‘zbek jadidlari harakati- XIX asrning oxiri XX asr boshlarida millat, Vatan taqdiri uchun o ‘zlarini mas’ul deb bilgan va uni qoloqlikdan chiqarishga o ‘zlarining butun vujudini, aqliy salohiyatini, kerak bo‘lsa, iqtisodiy imkoniyatlami ham bag‘ishlovchi jadidlar deb nomlangan bir guruh o‘zbek vatanparvar, millat fidoiysi, ziyolilar harakati. Abdurauf Fitratning «Hind sayyohi bayonoti» asari- bu asar «Abd ar-Rauf» imzosi bilan 1912- yili (hijriy 1330) Istanbulda «Bayonoti sayyohi hindi» nomi ostida fors-tojik tilida chop etilgan. «Hind sayyohi bayonoti» asari A. Fitratning iqtisodiy fikrlari bayon etilgan asardir. Jadidlar tafakkurida raqobat va raqobatchilik- iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi raqobat ekanligi ma’lum. Biroq, raqobatchilik uchun raqobatchilik muhiti bo‘lmog‘i lozim. Jadid iqtisodiy tafakkurida raqobat va uning muhitiga oid bir qancha iqtisodiy qarashlar mavjud. «Ihroj san’ati»- yer osti boyliklarini qazib olish. «A’mol san’ati»- uskunalar (fabrika, zavodlar) yaratish. Turkiston qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish asoslari yerga ishlov berishni zamonaviy texnika asboblariga ko‘chirish, dehqonchilikni intensivlashtirish, qishloq xo‘jaligiga yangi texnologiyalarni joriy etish. Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini avj oldirish, bu masalada davlat dasturi ishlab chiqish. Savdo va tijorat ishining milliy tamoyil-qoidalari - birinchidan. savdo va tijorat ishida Vatan, milliy, xalq manfaatlari hisobga olinishi, 162
ikkinchidan. bu ishda tijorat ahli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni zamonaviy sanoat asosiga qurishda yordam ko‘rsatishlari, sohibkorlarga