toshi bizning Sharq, Turkiston xalqi tomonidan qo‘yilgan ekan. A. Fitrat xalqni Yevropa fani, texnikasi, sarmoyasi va tajribasini milliy iqtisodiyot ravnaqi uchun uyalmasdan, tortinmasdan jalb etish kerak deb da’vat qilganida xuddi ana shu tamal toshni nazarda tutadi. Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon ham o‘z davrida milliy ozodlik kurashining, Turkiston ozod va obod Vatan bo‘lishi uchun boshlangan harakatning oldingi saflarida bo‘ldi. U bir qator asarlarida o‘zining iqtisodiy dunyoqarashlarini bayon etdi. Uning «Kecha va kunduz» romani millatimiz ijtimoiy-iqtisodiy tafakkurini, uning mentalitetidagi o ‘ziga xos ziyraklik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik kabi xususiyatlarini ochib berishda alohida o ‘rin tutadi. Xalqimizning ana shu fazilatlarini asarning qahramonlaridan biri Miryoqub misolida Turkistonga kirib kelayotgan ilmiy-texnik taraqqiyotning milliy uyg'onish va o ‘zlikni anglash, milliy iqtisodiyotimiz tarkibida bo‘ladigan bolajak chuqur o ‘zgarishlarni oldindan ilg‘ay bilan salohiyatini ochib beradi. Cho‘lpon o ‘z iqtisodiy tafakkuri kuchini Noib to‘ra uyiga mehmon bo'lib kelgan rus injenerining mezmon bilan suhbati epizodi misolida tavsiflaydi. Ulaming suhbatini zimdan kuzatib turgan Miryoqib shuni ilg‘ab oladiki, ular yashaydigan kimsasiz cho‘l bag‘ridan temir yo‘l o ‘tkazilar ekan, yo‘lning muhandislik va moliyaviy masalalari hukumat darajasida hal qilingan. Bunday darak Miryoqubni harakatga chorlaydi. «Miryoqub poyezdning qayerlardan o ‘tishini bilib olgan edi... Oradan bir hafta o ‘tar-o‘tmas bezovtalik harakatga va ishga aylandi. Bir oyga yetar-yetmas, o‘sha kelajak poyezd yo‘li bo‘ylaridan Miryoqub juda ko‘p- bir necha yuz desyatina yer sotib oldi. Yerlaming hammasi deyarlik