Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)
ochadi, uning salohiyatini hamda erkinlashtirishning yo‘l-yo‘riqlari va vositalarini ko‘rsatib beradi. Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasining 1999- yil yakunlariga va 2000- yil ustuvor yo‘nalishlariga hamda 2000- yil yakunlari va 2001- yil ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan «Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish-eng muhim vazifamiz» deb nomlangan ma’ruzalari yuqoridagi iqtisodiy munosabatni ochishning ilmiy misoli bo‘la oladi. Ma’lumki, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan belgilanadi. Ana shu ma’noda mulkni davlat egaligi shaklidan boshqa mulk shakllariga shunchaki aylantirilishi asosiy masala emas. Masalaning mohiyati, xususiy shakldagi mulkning realizatsiya qilinishi mazmunan shunga olib kelishi kerakki, undan olinayotgan iqtisodiy va ijtimoiy samara ilgarigi shakldagi mulk samarasidan yuqori bo‘lishi darkor. Shu ma’noda I. Karimovning quyidagi so‘zlari fikrimizni tasdiqlaydi: «Mulk shakli nomigagina o ‘zgarmoqda, tarmoq idoralari, korxonalar ma’muriyati va rahbarlari darajasidagi qarshilik hamda ayrim hollarda mulkdorlar yangi avlodining haq-huquqini himoya qila olmasligi oqibatida mehnatga munosib rag‘bat o ‘zgarmasdan qolmoqda1». Iqtisodiy erkinlashtirish mulkka ega iqtisodiyot subyektlari bo‘lmish tadbirkorlar bilan ham belgilandi. Shu ma’noda erkinlashtirish «bozor munosabatlariga xos qudratli, ichki omil» bo'ladi. (I. Karimov). Iqtisodiyotni erkinlashtirishning yana bir kuchli jihati, xorijiy investorlami mamlakat iqtisodini qayta qurish va tarkibiy tuzilmasini o‘zgarishiga xizmat qilishidir. Bu yo‘nalish ham qo‘shma korxonalar qurish, mavjud xususiylashgan korxonalar aksiyalarini xorijiy investorlarga sotish orqali amalga oshiriladi.