17-MAVZU. Tashqi iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat raqobatbardoshligini ta’minlash
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar. 2. Xorijiy investitsiyalarni jalb yetish bilan bog‘liq xavfsizlik va mamlakatning raqobatbardoshligi.
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar. Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol qatnashish, fan-texnika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yo‘li bilangina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yerishish mumkin.Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, o‘zaro hisob-kitob va transport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, yuqori malakali mutaxassis kadrlarning yetishmasligiga alohida ye’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifa chet mamlakatlar bilan savdo, ilm-fan, texnika, ta’lim, investitsiya kabi sohalarda o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdan iborat. Tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim yo‘nalishi xalqaro savdo bo‘lib, bunda mamlakat chegarasidan tashqarida amalga oshiriladigan tovar va xizmatlar almashinuvi tushuniladi. Xalqaro savdoning vujudga kelishi mutlaq xarajatlardagi tavofutlar va qiyosiy xarajatlardagi tafovutlar bilan tavsiflanadi. Shunga ko‘ra korxonalar (yoki mamlakatlar) tashqi savdoni amalgam oshirayotganida, o‘zlari ishlab chiqarmagan (yoki bu ular uchun chetdan sotib olish arzonga tushadigan) mahsulotlarni sotib oladilar hamda o‘zlari foydalanmaydigan (yoki foydalanishdan ortib qoladigan) mahsulotlarni chet el mamlakatlari yoki korxonalariga sotadilar. Jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuv sharoitida mamlakatning iqtisodiy xavfsizlgini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi: eksportning optimal tarkibini shakllantirish. Uning tarkibida tayyor yuqori texnologik, ilmtalab mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarning ulushini keskin oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish lozim bo‘ladi;
mamlakatning mavjud raqobat ustunligi imkoniyatlaridan foydalanib, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksport qilishning yangi, istiqbolli bozorlarini o‘zlashtirish, ularda muvaffaqiyat qozonish uchun xalqaro marketing strategiyalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, injenering, lizingni rivojlantirish;
chet el mamlakatlari, ularning savdo-iqtisodiy tashkilotlari, uyushma va ittifoqlari bilan o‘zaro munosabatlarda qulay imtiyozli savdo tartiblariga yerishish;
mamlakat korxonalariga eksport va import qiluvchi sifatida xalqaro zamonaviy mashina, texnika va texnologiyalar, asbob-uskunalar, axborot va capital bozorlariga chiqishlari, transport kommunikatsiyalaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamda qarzdor davlatlar bilan bo‘ladigan o‘zaro valyuta moliyaviy muammolarni tartibga solish.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda belgilangan huquqiy me’yor va normalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu normalar, o‘z navbatida, tovar va xizmatlar, intellektual mehgnat natijalari, shuningdek, jismoniy hamda huquqiy shaxslarning mamlakatlararo harakat yo‘nalishlari, shakllari, usullari, shartlarini belgilab beradi.
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun davlat tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soladi. Davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish mexanizmi iqtisodiy va huquqiy-ma’muriy usullarni o‘z ichiga oladi.
Huquqiy-ma’muriy usullar litsenziyalash, kvotalash, tovar sifatini sertifikatsiyalash, ayrim tovarlar eksporti va importiga davlat monopoliyasini o‘rnatish, shuningdek, bojxona chegaralari orqali tovarlar, kapitallar va xizmatlarning o‘tib turishi bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Mamlakatning eksport hamda import qilish bilan bog‘liq milliy manfaatlari va xavfsizligini himoya qilish uchun samarali va moslashuvchan eksport nazorati tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Eksport nazorati asosida eksport shartnomalarining xalqaro majburiyatlarga, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi talablariga mosligi ta’minlanadi.