Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)
2. Multiplikator nazariyasi. Keyns ta ’limotida bu nazariya ham muhim o‘rin tutadi. Keyns
iqtisodiyotda multi plikatsion jarayon boradi, bu jarayon investitsiyalar
bilan bog'liqdir, deb ta’lim beradi. Investitsiya ish kuchi va boshqa resurslami
harakatga keltiradi, ishlab chiqarishni kengaytiradi, bu esa yangi
daromadlar yaratilishi demakdir. Daromadlarning bir qismi jamg‘arilib,
investitsiyalashib yana ishlab chiqarish kengayadi, binobarin yana yangi
daromadlar vujudga keladi va h. k. investitsiyalashuv oqibatida ishlab
chiqarishning uzluksizligi yuz beradi.
Multiplikator ko‘rsatkich sifatida uning koeffitsienti asos qilib olinadi.
Bu koeffitsient daromadlarning o'sishi (AD) bilan investitsiya o ‘sishi
(Д1) o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Shungako‘ra multi plikatsion
„ A
D koeffitsient (K) aniqlanadi. Bunda
K = ~^J dir. Bu koeffitsient
joylashtirilgan investitsiyalar daromadlami qanchalik oshirishga olib
kelganligini aniqlashga xizmat qiladi. Keyns buni shunday ta’riflaydi: Kq2.
5 bo‘lganda 1 dollar investitsiya summasi 2. 5 dollar daromad keltirgan.
Ayni paytda «К» iqtisodiyotda pasayishni ham ifoda etadi. Bu investitsiyalar
qisqarishi bilan daromadlarning ham qisqarishini tavsiflaydi.
M anashu multi plikatsion jarayongaham davlat aralashishi kerak
bo‘ladi, ya’ni u korxonalarga budjet hisobidan investitsiya yo'llab, iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantiradi. Investitsion faollik eng ko‘p daromad ta’minlanib
turilganda davom etadi, daromadlar kamayib borar ekan investitsion
faollik ham pasayadi.
Keyns o‘z kitobida foizga oid qoidalami ham sharhlaydi. Uning ta’limoti
bo‘yicha, foiz miqdori investitsion jarayonning chegarasi sifatida qabul
qilinadi. Buning m a’nosi shuki, investitsiya keltiradigan daromad bank
beradigan foiz miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak, aks holda pulni bankka
qo‘yib ko‘proq daromad olish maqbulroq ko‘rinadi. Keyns foizning
ortishini ko‘ngilsiz hoi deb tushunadi, zero bu investitsion faollikni
susaytiradi.
Shuni qayd etish kerakki, Keynsning umumiy bandlik g'oyasi hayotdan
ajralgan abstraktsiya emas, balki real iqtisodiyot uchun qo‘llanma ham
bo‘ldi. Bu ta’limot davlatning iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishga oid amaliy
takliflaridan iborat bo‘ladi. Ma’lumki, ko‘pgina G ‘arb davlatlari o ‘z
iqtisodiy siyosatiga Keyns takliflarini asos qilib olib, iqtisodiy o ‘sish va
barqarorlikni ta’minlab turadilar.
135