Klark ta’limoti-
U siyosiy iqtisodda iqtisodiy hayotning statikasi va
dinamikasi haqidagi g‘oyalar bilan chiqdi. U iqtisodiyot statik bo‘lganda
tadbirkor daromadi nolga teng bo‘ladi, dinamik bo‘lganda tadbirkor
qo'shimcha daromad- sohibkorlik daromadi oladi, deb tushuntiradi. U
mehnat va kapital kabi omillar unumdorligining pasayib borish qonunini
izohlashga urindi, cheklangan unumdorlik, cheklangan mahsulot kabi
iqtisodiy atamalami talqin etdi.
XI bob KEYNS TA’LIMOTI. YANGI KEYNSCHILIK
1. J. M. Keynsning iqtisodiy ta’limoti. Umumiy bandlik va
samaradorlik haqidagi qarashlari
XX
asr insoniyat sivilizatsiyasi tarixida juda ko‘p tarixiy ahamiyatga
ega bo'lgan voqealar, katta ilmiy-texnik ixtirolar, yangi iqtisodiy ta’limotlar
va siyosiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Ana shu tarixan qisqa davrda yangi bir
ijtimoiy-iqtisodiy tuzum (sotsializm) vujudga kelib, jahon sistemasiga
aylanib, inqirozga yuz tutgan, tamomila yangi iqtisodiy munosabatlarga
keskin o‘sib o‘tish jarayoni kechdi, xususan, iqtisodiy nazariyalar tarixida
ham buyuk yangihklar yaratildi. Ingliz iqtisodchisi J. M. Keyns ishlab
chiqqan nazariya ana shu yangiliklardan eng muhimi, mukammali bo'ldi
deyish mumkin. Bu nazariya tufayli uning muallifi buyuk iqtisodchilar
safidan faxrli o ‘rin oldi. Uning iqtisodiy ta’limoti bir qancha asarlarda
ishlab chiqilgan bo‘Isa ham uni siyosiy iqtisod olamida mashhur qilgan
kitobi «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936-
yil) bo‘ldi.
Keynsdagi ilmiy iqtisodiy yangilik - o‘zidan oldingi iqtisodchilar iqtiso-
diyotni tahlil qilishning mikroiqtisodiy usuhni taklif etgan bo‘lsalar, u
iqtisodiy tahlilining makroiqtisodiy usulini ishlab chiqdi, uni milliy
iqtisodiyot darajasida amalda qo‘lladi, iqtisodiyot nazariyasini, uning tahlil
usulini yangiladi. To‘g‘ri, bu makroiqtisodiy tahlil qilishning ma’lum
namunasini F. Kene XVIII asrda qishloq xo'jaligi va sanoat misolida, K.
Marks XIX asrda kapitalistik tuzum iqtisodiyoti misolida ko‘rsatgan edilar.
Ulardan keyin iqtisodchilar faqat mikroiqtisodiy tahlilga o‘tib olgan edilar,
ya’ni ular ayrim olingan iqtisodiyot subyekti, korxonalar darajasidagi
xo'jalik faoliyatini o‘rganishib, butun iqtisodiyot uchun takliflar, xulosalar
qildilar. Ulaming nazarida bunday usul bilan iqtisodiyotni inqirozsiz rivoj
lantirish mumkin edi. Ular korxonada ishlab chiqarish va muomala hara
jatlarini kamaytirish, foyda olishni maksimallashtirish, korxonalarga
investitsiyalar jalb etib, shu yo‘l bilan kapital samaradorligini oshirish
masalalari bilan shug‘ullandilar. Biroq bunday yondashuv iqtisodiyot naza-
riyasida, iqtisodiyotda m a’lum siljishlar, o‘zgarishlarga olib kelgan bo‘lsa
ham, ulaming takliflari korxonalarni iqtisodiy inqirozdan asrab qolol-
mayotgan edi. 1929-1933- yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi butun
kapitalistik dunyoni, xususan AQSH iqtisodiyotini larzaga soldiki, bu
siyosiy iqtisod fanida qandaydir yangi tahlil usuhni kashf etishni taqozo
132
etar edi. Bunday ulug‘ sharafga aynan J. Keyns, keynschilik, uning ilmiy
izdoshlari muyassar bo‘lishdi.
Keyns taklif etgan «makroiqtisodiy tahlil» usulining mohiyati nimada
edi? U makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar- aholi daromadlari, ulaming band-
ligi, ish haqi, investitsiyalar, jamg‘arish, muomaladagi pul miqdori,
narx-navo, foyda, foiz kabilar o ‘rtasidagi bog'liqliklami ochib berdi.
Zero, bu iqtisodiy ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar o ‘z-o‘zidan alohida
iqtisodiyot subyektlarining ham butun milliy iqtisodiyotning ham barqaror
rivojlanishi va iqtisodiy o ‘sishiga olib kelardi. M asalan, aholi
daromadlarining ortib borishi ularning jamg‘arishga, investitsiyalashga
intilishiga sabab bo‘ladi, buning natijasi o ‘laroq, aholi uchun yangi ish
joylari yaratiladi v a. h. k.
Keyns talab va taklif masalasida ham yangicha yondashuv qildi, ya’ni
oldingi iqtisodchilar (masalan J. B. Sey) ilgari surgan g'oyaga ko‘ra,
taklif o‘z-o‘zidan tovarga taklifni keltirib chiqaradi. Keyns ta’limotiga ko‘ra
esa iqtisodiyotdagi keskin muammolar ochilishi resurslar taklifi bilan
emas, balki ularga talabdan axtarish lozim. Demak, talabni shakllan-
tiradigan omillami ishga solish zamr. Uning iqtisodiy g‘oyasi psixologik
omil bilan bog‘lanadi, u iqtisodiyotda «asosiy psixologik qonun» amal
qiladi, deb qaraydi.
Keyns ochgan ushbu qonunga ko‘ra, aholi daromadlari o'sishi bilan
odamlarda ko‘proq iste’molga emas, aksincha, jamg'arishga moyillik
tug‘iladi. Boshqacha aytganda, odamlarning daromadlari ortgani sari,
ulaming daromadlarining bir qismi iste’mol qilinmay qoladi Va bu qolgan
daromad jamg‘arilib boriladi, ya’ni iqtisodiyotni rivojlantirishga asqotishi
real mumkin bo‘lgan investitsiyaga aylana boradi. Mana shu jamg‘arish
moyilligi talab va taklif nisbatini
0
‘zgartiradi, oqibati o'laroq makro-
iqtisodiyotda jami talab va jami taklifning o'zaro mos kelmasligi sodir
bo'ladi, ya’ni ular o'rtasida uzilish yuzaga keladi. Bu uzilishni Keyns
inflvatsiva va ishsizlik uzilishi deb ataydi.
Iqtisodiyotdagi taklif va talabning mos kelmasligi iqtisodiyotning mo‘tadil
rivojlanishiga halaqit beradi, bozor mexanizmi esa bunday nomutanosiblikni
tartibga sololmaydi. Demak, bunday inqiroziy holatdan iqtisodiyotni qut-
qarish uchun tashqi omil ta’siriga muhtojlik seziladi. Bu tashqi omil
iqtisodiyotga aralashuvi mumkin bo‘lgan davlat va uning iqtisodiy siyosatidir.
Keyns iqtisodchilardan birinchi bo‘lib davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
lozimligi va uning tartibga solishga qodir kuch ekanligini payqadi. Keyns
taklifi bo'yicha, davlat qo‘lida kuchli iqtisodiy va siyosiy qudrat bor, u bu
133
qudrat orqali iqtisodiy o‘zgarishlarni, islohotlami rag'batlantiradi. U davlat
vositasida ro‘y beradigan iqtisodiy o'zgarishni obrazli qilib « t a l a b s a m
a- r a s i» degan kategoriya bilan tavsiflaydi.
Ma’lumki, azal-azaldan aholini ish bilan band qiUshga iqtisodiy va
siyosiy barqarorlik omili deb qarab kelingan edi. Bu g‘oya Sharqning
buyuk daholari Amir Temur («Temur tuzuklari» asari), Nizom-ul-
mulk («Siyosatnoma» asari) va boshqalar tomonidan qayd etilgan. Keyns
ham yangi tarixiy davrda iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka erishish omili
deb aholini band qilish va ishsizlikka barham berish deb bildi. Uning
fikricha, aholining ish bilan bandligi taklif samarasi bilan, taklifning
o ‘zi esa aholining jamg‘arishga moyilligi va investitsiya sarflari bilan
ta’minlanadi.
Keyns ixtiro qilgan «asosiy psixologik qonun» ta’sirida aholi daromadlarida
iste’mol hissasi kamayib, jamg‘arish hissasi ortib boradi. U bunday
bog‘liqlikni iste’mol o'sishining (Д1) daromad o‘sishiga (AD) nisbati
bilan tavsiflaydi. Bu nisbat doimo 1 (bir) dan kichik bo'ladi, ya’ni:
- * < 1
AD
Masalan, Alq5, ADq7 bo‘lsa, bunda 5:7q0, 7 ya’ni 0. 7<1 dir.
Keynsning umumiy bandlik nazariyasiga ko'ra, investitsiyalar
investitsiyagabo‘lgan intilishga bog‘liqdir. Jamiyatda aholi daromadlarining
o‘stirilib borilishi, investitsiyalar hajmining o‘sishini keltirib chiqaradi.
Shundan kelib chiqib, Keyns bandlikning umumiy hajmi uch omilga-
«iste’molga moyillik», «eng yuqori samaradorlik» va «foiz normasi»ga bog'liq
ekanini asoslagan.
Ayni chog‘da, Keyns iste’mol masalasini ham e’tibordan chetda
qoldirmadi. U iste’molni ikki omil bilan bog'laydi. Birinchidan, milliy
daromad miqdoriga bog‘liq, ikkinchidan, iste’molning qisqarishiga xalq
moyilligi ta’sir qiladi. Shunday bog‘liqlikdan kelib chiqib, u xulosa qiladiki,
iqtisodiy o‘sish ya’ni milliy daromadning bir maromda ko'payib borishi
uchun aholi bandligini oshirib borish kerak, buning uchun esa yangi ish
joylari ochishga investitsiyani yo‘naltirish darkor. AhoH esa investitsiya
uchun o ‘z daromadidan jamg'arib bomvchi kuchdir. Biroq Keyns milliy
daromadning investitsiyalashgan qismining o'zgarishiga davlat bevosita
ta’sir ko'rsatmaydi, degan xulosaga suyanadi.
134
|