Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)
2. Sotsial-institutsionalizm ta’limoti. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida vujudga kelgan' nazariyalami tahlil qilish
shuni ko'rsatadiki, ulaming barchasi iqtisodiyotga barqarorlik baxsh etish
va uning o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan. Faqat iqtisodchilar bu
pirovard maqsad uchun omil tanlashda, yondashuvda bir-birlaridan
farqlanishadi. Ana shunday ta’limotlardan biri sotsial- institutsionalizmdir.
Unga AQSH olimlari- A. Veblen, J. Kammons, U. Mitchell, J. Gelbrayt,
R. Xeylbroner, A. Grachi, U. Rostou kabi iqtisodchi-sotsiologlar asos
solishgan. Ularning umumiy fikri shuki, iqtisodiyotga yangi kuch, o ‘sish
sur’atlari baxsh etadigan omil institutlardir, ya’ni turli ijtimoiy-iqtisodiy
muassasalardir. Ular bu institutlarga oilani, korporatsiyani, xayriya
jamg‘armalarini, iste’molchilar jamiyatini, kasaba uyushmalarini, turli
klublami, boshqaruvchilar guruhlarini kiritishadi. G o‘yo bu muassasalar
faoliyatida jamiyatning turli toifalarining urf-odatlari, an’analari, axloqi,
fe’l-atvori, dunyoqarashlari namoyon bo‘ladi; iqtisodiyot kategoriyalari,
iqtisodiy munosabatlar ijtimoiy psixologiya ko‘rinishida tahlil qilinadi. Ular
odamlarning iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi,
mulkiy munosabatlarning o‘rni va roli ham inkor etiladi.
Ushbu ta’limotning «institutsionalizm» deb atalishini XX asr boshlarida
Amerika iqtisodchisi U. Gamilton taklif etgan. Institutsionalistlar
sotsiologiyani siyosiy iqtisod bilan bog‘laydilar, iqtisodiy nazariyani
sotsiologik kategoriyalar bilan bog‘laydilar. Ularning fikriga ko‘ra,
an’analar, urf-odatlar ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning birlamchi
asoslaridir, real iqtisodiy munosabatlar esa ularga nisbatan ikkilamchidir,
odamlarning tafakkuri, qarashlari, urf-odatlarining ko‘rinishidir.
Sotsial-institutsionalizm tarafdorlari maijinalizm ta’limoti metodo-
logiyasini, uning asosiy g‘oyalarini tanqid qiladilar va inkor etadilar.
Ularning fikricha, neoklassik ta’limot iqtisodiy muammolarni tor doira
bilan cheklaydi, ya’ni faqat bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zini tartibga soluvchi
mexanizm deb qarab, iqtisodiyotni sotsial munosabatlardan ajratib talqin
143