bu intilish ma’lum chegaraga ega. Bu chegara jamiyat manfaatlari uyg'unlashuvi doirasida amal qilish kerak ya’ni u «sotsial tartibga» bo'ysunishi darkor. Aynan shu yerda davlat kerak bo‘ladi. U odamlarga erkin raqobat sharoiti yaratib berib, o ‘z farovonligi va jamiyat ravnaqiga yo‘l ochib beradi. Biz yuqorida ko‘rib chiqqan qator nazariyalarda bozor iqtisodi yo‘lida rivojlanib borayotgan mamlakatlar uchun ham yaroqli jihatlar mavjud. Ulami o ‘rganish, kerakli g‘oyalami tatbiq etish esa tezroq demokratik qadriyatlami egallashga olib boradi. NAZORAT SAVOLLARI 1. Monetaristlar nazariyasining bosh mazmun-mohiyati nimada edi? 2. Monetaristlar bilan keynschilar nazariyalari o'rtasida qanday farqlar mavjud? 3. Monetaristik nazariya xususida Prezidentimiz I. Karimovning xulosasi qanday? 4. Sotsial-institutsionalizm ta’limotining yangiligi nimada? 5. Transformatsiya g‘oyasi nimaga asoslanadi? 6. Liberalistlar davlatning iqtisodiyot tizimidagi o ‘rni va rolini qanday baholashadi? 7. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarining amaliy ahamiyati haqida nima deya olasiz? 8. Yuqoridagi nazariyalar bozor iqtisodiyotiga o ‘tayotgan, rivojlanayot- gan mamlakatlar hayotida qo‘llanishi mumkinmi? 149
TAYANCH IBORALAR: Monetarizm nazariyasi. Nazariyaning yirik nomoyandasi amerikalik iqtisodchi M. Fridmendir. Bu nazariya keynschilik ta’limotiga muqobil sifatida ajralib turadi. Uning asosiy g‘oyasi- iqtisodiy o ‘sishni bozor mexanizmi orqali ta’minlashdir, bu mexanizmning harakatlantiruvchi kuchi esa puldir. Iqtisodiy о ‘sis lining ahamiyati haqida gapirilib, u inflyatsiyani bartaraf