Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


etadi, pul muomalasini yaxshilaydi, deyiladi. Monetarizm davlatning



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

etadi, pul muomalasini yaxshilaydi, deyiladi. Monetarizm davlatning
iqtisodiy siyosati cheklangan bo‘lishi kerak, ya’ni faqat pul muomalasini
tartibga solib tursa bo‘ladi, qolgan iqtisodiy muammolarni bozor hal
qilaoladi, deb ta’lim beradi. Ushbu ta’limot Markaziy bank vazifalarini
pul-kredit siyosatida davlatga yordam berishida, deb qaraydi.
Bandlik va iqtisodiy o ‘sish. Ma’lumki, keynschilik ta’limotiga ko‘ra
to‘la ish bilan bandlik mamlakatda iqtisodiy o ‘sishga ohb keladi. Bu o ‘z-
o'zidan barqarorlikka xizmat qiladi. Monetarizm esa bu muammoni pul va
uning harakatini o ‘zgartirish orqali hal qilish tarafdori bo‘lgan dunyo-
qarashdir. Unga ko‘ra, to‘la bandlik iqtisodiy o‘sishga ta’sir etmaydi, aksincha
narx orqah iqtisodiyotni tartiblashtirish mumkin. Iqtisodiyotni tartibga
solishda muomaladagi pulmiqdorini o ‘zgartirib turish maqsadga muvofiq.
Shu ma’noda monetaristlar muomaladagi pul massasini 3-5 foiz atrofida
oshirib turishni tavsiya etadilar. Fridmenning ilmiy qarashlari real
iqtisodiyotga bevosita o‘zi tomonidan tatbiq etilgan va ayrim mamlakatlarda
iqtisodiy o'sish masalasini hal etishda ijobiy ahamiyat kasb etgan.
Institutsionalizm ta’limoti. Ushbu ta’limotning asosiy g'oyasi iqtiso­
diyotni tartiblashtirish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlashda institut-
larga ya’ni jamiyatdagi turli muassasa, tashkilot, idoralar (oila, davlat,
monopoliya kasaba uyushmalari Jam g‘armalar) asoslanishdan iboratdir.
Bu ta’limotga ko‘ra jamiyatdagi barcha iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni
ana shular orqali bartaraf etish mumkin, zero ular hozirgi davrda jamiyat
hayotida muhim rol o ‘ynaydilar, ularda jamiyat ruhi, odamlar fikri,
dunyoqarashi, orzu-umidlari ifodalanadi. Iqtisodiyotda harakat qilayotgan

Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin