etadi, pul muomalasini yaxshilaydi, deyiladi. Monetarizm davlatning iqtisodiy siyosati cheklangan bo‘lishi kerak, ya’ni faqat pul muomalasini tartibga solib tursa bo‘ladi, qolgan iqtisodiy muammolarni bozor hal qilaoladi, deb ta’lim beradi. Ushbu ta’limot Markaziy bank vazifalarini pul-kredit siyosatida davlatga yordam berishida, deb qaraydi. Bandlik va iqtisodiy o ‘sish. Ma’lumki, keynschilik ta’limotiga ko‘ra to‘la ish bilan bandlik mamlakatda iqtisodiy o ‘sishga ohb keladi. Bu o ‘z- o'zidan barqarorlikka xizmat qiladi. Monetarizm esa bu muammoni pul va uning harakatini o ‘zgartirish orqali hal qilish tarafdori bo‘lgan dunyo- qarashdir. Unga ko‘ra, to‘la bandlik iqtisodiy o‘sishga ta’sir etmaydi, aksincha narx orqah iqtisodiyotni tartiblashtirish mumkin. Iqtisodiyotni tartibga solishda muomaladagi pulmiqdorini o ‘zgartirib turish maqsadga muvofiq. Shu ma’noda monetaristlar muomaladagi pul massasini 3-5 foiz atrofida oshirib turishni tavsiya etadilar. Fridmenning ilmiy qarashlari real iqtisodiyotga bevosita o‘zi tomonidan tatbiq etilgan va ayrim mamlakatlarda iqtisodiy o'sish masalasini hal etishda ijobiy ahamiyat kasb etgan. Institutsionalizm ta’limoti. Ushbu ta’limotning asosiy g'oyasi iqtiso diyotni tartiblashtirish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlashda institut- larga ya’ni jamiyatdagi turli muassasa, tashkilot, idoralar (oila, davlat, monopoliya kasaba uyushmalari Jam g‘armalar) asoslanishdan iboratdir. Bu ta’limotga ko‘ra jamiyatdagi barcha iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni ana shular orqali bartaraf etish mumkin, zero ular hozirgi davrda jamiyat hayotida muhim rol o ‘ynaydilar, ularda jamiyat ruhi, odamlar fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari ifodalanadi. Iqtisodiyotda harakat qilayotgan