Qabul qildi: Bajardi: Abdusamatova Sh



Yüklə 402,17 Kb.
səhifə3/4
tarix07.08.2023
ölçüsü402,17 Kb.
#138828
1   2   3   4
Kurs ishi

Akustik golografiya kelgusida meditsina, geofizika, metollurgiyada keng qo‘llanishi mumkin. Bunday gologramma yordamida vrach odamning ichki organlarini, geofizik esa yer boyliklarini ko‘ra oladi.
Fizik va injenerlar optik hisoblash mashinasi yaratishmoqda. Uning loyiha quvvati sekundiga 1 mlrd. operatsiyadan ortiq bo‘lib, hozir mavjud eng «tez» EHM larnikiga nisbatan o‘nlarcha marta katta bo‘ladi. Bunday mashinalarning asosini lazer qurilmalari tashkil qiladi. Ularning xotirasi ham optik bo‘lib, ma’lumotlarni golografik yozishga asoslanadi. O‘lchami 1010 sm2 bo‘lgan gologrammaga 100 mln dan ortiq ma’lumotni yozish mumkin; bunday hajmdagi ma’lumot uchun 1 mln. betga yaqin bosma tekst kerak bo‘ladi. Golografik optika yordamida hozir murakkab matematik hisoblashlar, funksiyalarni diferensiallash, integral operatsiyalar bajarilmoqda; eng murakkab tenglamalar yechilmoqda.

Gologramlarni yaratish. Klassik va kompyuterli golografiya. Statik va dinamik gologramlar. Gologramlarni yaratish bosqichlari: ob'ektni yoritish, referens nurlarini yaratish, maydonlarni qayta ishlash va qayta tashlash, rasmni barqarorlashtirish.

Gologramlarni yaratish jarayoni quyidagicha bosqichlardan iborat:

1. Ob'ektni yoritish. Ob'ekt, masalan, shox, uchrashuv nuqtalari va boshqa geometrik shakllar yoritiladi. Lazer yoki boshqa monokromatik yorug'lik manbai ishlatiladi.

2. Referens nur yaratish. Ob'ektdan tarqalgan va undan o'tgan nurlar maxsus optik qurilmalar, masalan, aynalar yoki linzalar yordamida qayta yo'naltiriladi va ob'ekt haqida ma'lumot beruvchi konstruktiv interferensiya maydoni hosil qilinadi.

3. Maydonlarni qayta ishlash va qayta tashlash. Hosil bo'lgan maydon fotoplyonkaga, fotokatodga yoki boshqa qabul qiluvchi qurilmaga tushadi. Qabul qiluvchi qurilma maydonni elektron tasvirlariga, masalan, fotografiyaga aylantiradi.

4. Rasmni barqarorlashtirish. Elektron tasviri maxsus usullar bilan barqarorlashtiriladi va uni ko'rish mumkin bo'lgan shaklga, ya'ni gologrammaga aylantiradi.



Ikki yoki bir nechta manbadan tarqalayotgan toʼlqinlarning – qoʼshilishi hodisasi interferensiya deb ataladi. Interferensiya hodisasi turli koʼrinishdagi toʼlqinlar uchun oʼrinli boʼlgani sababli uni ikkita har qanday manbadan tarqalayotgan toʼlqinlarda hosil qilish mumkin. Аmmo interferensiya hodisasi tufayli hosil boʼladigan natijaviy tebranishlardagi kuchayish va susayishning eng aniq koʼrinishi uchun manbalar nurlanishi oʼzaro sinxron boʼlmogʼi kerak, yaʼni bu nurlanishlar kogerent boʼlishi lozim. Bir xil chastotali tebranishlar kogerent deb ataladi. Аgar maʼlum bir vaqt davomida ularning fazasi bir-biriga nisbatan oʼzgarmay qolsa, lazerlar kogerent nurlanish manbasi hisoblanadi, ammo juda sifatli gologrammalar olish uchun ular nurlanishning kogerentlik darajasi yetarli emas.
Yorugʼlik sezgir muhitda interferension manzara qayd etilsa, bu gologramma hosil qilish demakdir. 2- rasmda interferension manzara gologramma hosil qilish usuli koʼrsatilgan fotoplastinkaning yorugʼlik sergirligi sirtiga biror O burchak ostida amplitudali va fazali yorugʼlik toʼlqini tushayotgan boʼlsin. Bunday tasvir natijasida fotoplastinka sirti bir tekis qorayadi. Qorayish darajasi tushayotgan yorugʼlik toʼlqining intensivligiga va uning taʼsir etish vaqtiga proportsional boʼladi. Shu fotoplastinka sirtga yana perpendikulyar ravishda ikkinchi (tayanch) yorugʼlik toʼlqini tushayotgan boʼlsin deb faraz qilaylik. Аgar bu yorugʼlik toʼlqinining burchak ostida tushayotgan yorugʼlik toʼlqini manbasidan tarqalayotgan boʼlsa, u holda fotoplastinka sirtiga tushayotgan bu toʼlqin kogerent boʼlgani sababli ular yorugʼlikning maʼlum joyda kuchaytirib borishga bir joyda susaytiradi. Buning natijasida fotoplastinka sirtida qora va oq soha (polosa)lar paydo boʼladi. Bu interferension manzarada qanday axborotni olish mumkin. Interferension manzarada faza haqida maʼlum darajada axborot boʼlib undan interferension manzaraning biror joyidan nurlanish manbasi (yoki manbalari) gacha boʼlgan masofani aniqlash mumkin. Interferension manzarada maydon taqsimlanishning maksimum kattaligi nurlanish intensivlikning va baholashga maksimum va minimum orasidagi munosabat esa kogerentlikni aniqlashga imkon beradi. Shunday qilib koʼrib turibmizki, interferension manzarada juda murakkab koʼrinishda boʼladi.







Gologrammalarni yozishda interferentsiya chiziqlarining sxematik taqdimoti.

Plastinkada hosil bo’lgan interferension manzara ko’rinishi

Demak, obyektdan qaytgan yorugʼlik toʼlqinlari olib kelayotgan butun axborotni toʼliq gologramma, yaʼni bu toʼlqinlar bilan yordamchi (tayanch) toʼlqinlarning oʼzaro taʼsiri natijasida vujudga keladigan interferension manzara koʼrinishda yozib olish mumkin. Obyekt tasvirning tashuvchi yorugʼlik toʼlqinlarning amplituda va fazalari qorayishi plastinkaning yorugʼlik sezgir sirtida maʼlum qonun asosida taqsimlanishi bilan qayd qiladi. Gologramma hosil etishadi. Tayanch toʼlqin bilan obyektdan qaytayotgan toʼlqinning kogerent boʼlishi talab etiladi. Optik diapozonda bunday kogerentlik lazer nurini qolish bilan taʼminlanadi.


Gologrammani hosil qilishning eng oddiy sxemasini koʼrib chiqaylik.
Yassi kogerent nurlanishning bir qismi yassi koʼzgudan qaytib tayanch nurni hosil qiladi. Jismdan qaytgan nur esa jism nurini hosil qiladi. Jism nuri va tayanch nur kesishgan joyga fotoplastinka joylashtiriladi va fotoemulьsiyada tayanch va jism nurlari ustma - ust tushishi natijasida hosil boʼlgan interferentsion manzara qayd qilinadi. Fotoplastinka kimѐviy eritmalarda qayta ishlangandan keyin unda qorongʼu va yorugʼ yoʼlchalar, chiziqlar hosil boʼlganini koʼramiz.



Gologrammani hosil qilish sxemasi

Obyektlar gologrammasini hosil qilishda D.Gabor usulda yaʼni fotoplastinka yorugʼlik manbasi obyekt bilan bir chiziqda joylashtiriladi, lekin gologrammadan obyekt tasviri tiklanayotgan paytda mavhum va haqiqiy tasvirni hosil qiluvchi yorugʼlik nurlari hamda nolinchi tartibdagi toʼlqinlar bir yoʼnalishda tarqalib, oʼzaro qoʼshilishib bir-biriga halaqit beradi. Bundan tashqari, Gabor usulida tayanch nurining tarqalish frontiga obyektning oʼzi ham xalaqit beradi. Gologrammadan obyekt tasviri tiklanayotganda esa tayanch nurining tarqalish fronti oʼzgarmay qoladi. Shu sababdan hosil qilingan obyekt tasvirining sifati yomonlashadi. Аmmo gologrammani yozib olish uchun fotoplastinka, albatta, yorugʼlik manbasi va obyekt bilan bir chiziqda joylashishi shart emas. Fotoplastinkani boshqa bir joyga joylashtirib ham interferension manzarani qayd etish mumkin.




Yüklə 402,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin