39
Q
• Mehr bermagan va mehr ko‘rmagan
inson
baxtli bo‘lolmaydi.
Bir ayol yumushlari bilan ko‘chaga chiqib qa-
rasaki, tashqarida uchta nuroniy otaxonlar tur-
gan ekan. Ularga qarab: «Bu yerlarda musofi r
bo‘lsangiz kerak. Marhamat, uyga kiring, meh-
monimiz bo‘ling», debdi. Qariyalar: «Xo‘jayinin-
giz uydami?» deb so‘rashibdi. Ayol: «Yo‘q, u kishi
ishda edilar», deb javob qilibdi. «Unda kirolmay-
miz», debdi nuroniylar.
Kechki payt uyga kelgan eriga ayol bo‘lgan
voqeani ay b beribdi. Shunda eri: «Ularga kel-
ganimni ayt va uyimizga taklif qil», debdi. Ayol
tashqariga chiqib, nuroniylarni uyga taklif qilib-
di. Shunda ular: «Uzr, biz uchalamiz bir uyga bir-
galikda kira olmaymiz», debdi. Ayol ajablanib:
«Nega?» deb so‘raganida, ulardan biri shunday
debdi: «Bu kishining ismi Boylik, bu kishiniki Mu-
vaff aqiyat, mening ismim esa Mehr. Siz xo‘ja-
yiningiz bilan maslahatlashib ko‘ring. Qay biri-
mizni taklif qilasiz?», debdi.
Ayol uyiga kirib, eriga hammasini ay bdi. Er
bundan quvonib: «Ajoyib-ku, alba a Boylikni
taklif qilamiz. Kelsin va uyimiz boylikka to‘lsin»,
debdi. «Nega Muvaff aqiyatni taklif qilmayap-
miz?» debdi ayoli. Shu vaqt ularning gaplarini
40
S
X ‘
eshi b turgan jajji qizlari: «Mehrni taklif qilaylik,
otajon. Shunda uyimiz mehrga to‘lardi», debdi.
Oilaning boshlig‘i: «Qizimizning aytganini qila
qolaylik. Tashqariga chiqib Mehrni taklif qil. Biz-
ning mehmonimiz bo‘lsin», debdi. Ayol nuroniy-
larning oldiga borib, Mehrni uyga taklif qilibdi.
Mehr uyga qadam tashlar ekan, uning ikki
sherigi ham or dan ergashibdi. Shunda ayol
ajablanib debdi: «Biz Mehrni taklif qilgandik,
sizlar ham kiryapsizlar. O‘zingiz aytdingiz-ku,
birimiz kira olamiz, deb». Shunda nuroniylardan
biri shunday debdi: «Agar siz Boylikni yoki Muvaf-
faqiyatni tanlaganingizda, bosh qalar xonadonin-
gizga kirmas edi.
Ammo siz meni – Mehrni taklif qildingiz. Men
qayerga borsam Muvaff aqiyat va Boylik doim
menga hamrohlik qiladi».
Ko‘p insonlar baxt va omad deb hisoblab, eri-
shishga harakat qilgan, umrini sarfl agan narsalar
aslida nima ekanini o‘ylab ko‘raylik.
Boylik
– muvaff aqiyat va baxt bilan chalkash-
riluvchi eng muhim masalalardan biri. Ko‘p
odamlar boylik va baxt bir narsa deb o‘ylashadi.
Ko‘proq pul topsa, o‘zini muvaff aqiyatli
deb hi-
soblaydi. Biroq, aslo bunday emas.
Dostları ilə paylaş: