Qadam yangi lotinchasi indd



Yüklə 2,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/38
tarix21.12.2023
ölçüsü2,69 Kb.
#188016
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Qadam [@kitoblar pdf]

egasi bo‘lsa-da, o‘zini hamisha baxtsiz his qilar-
kan. Koshonasiga turli masxarabozlar-u sozanda-
lar kelsa ham uning ko‘nglini ko‘tarolmas ekan. 
Podshoh bir kuni debdi:
– Uzoq tog‘larda bir donishmand yashaydi. 
Uni huzurimga olib keling. Dardimga faqat u cho-
ra topishi mumkin.
Mo‘ysafi d donishmandni olib kelishibdi. Pod-
shohning dardini eshi b, o‘ylab ko‘rgan donish-
mand:
– Shohim, sizni baxtli qila oladigan birgina nar-
sa bor. U ham bo‘lsa – mamlakatdagi eng baxtli 
odamni topib, uning ko‘ylagini mukofot evaziga 
oling va uni kiying. Ana shunda baxtli bo‘lish siri-
ni kashf qilasiz va bir umr halovatda yashaysiz, 
– debdi.
Bir kiygan kiyimini qayta kiymaydigan, ming-
lab kiyimlari bo‘lgan podshoh bu gapdan juda 
hayajonlanibdi. Mulozimlarni mamlakatning 
har yeriga yuboribdi. Xizmatchilar butun davlat-
ni aylanib surish rsa, odamlar baxtli kishi deb 
faqat bir kishini ko‘rsa shibdi. Mulozimlar o‘sha 
odamni topishibdi. Ne ko‘z bilan ko‘rishsaki, eng 
baxtli insonning egnida kiyimi yo‘q ekan...
Bugun biz besh-o‘n kiyimimiz bo‘lsa ham, 
huzursiz, baxtsiz yashaymiz. Balki bir-ikki ki yimi 
bor, u ham yir q-yamoq insonlar bizdan baxtli-


34
S
X ‘
roqdir. Lekin ularni hech kim ko‘rmaydi. Chunki 
ko‘zlar faqat mol-dunyosi bor odamlarni qidiradi. 
Ularga qarab o‘rnak olish uchun hayotni musoba-
qaga aylan rib, kimdir yo‘q boyligini ko‘rsa sh 
uchun qarz olib shohona to‘y qiladi, yana kimdir 
itdan suyak qarz bo‘lsa ham, kerilib ulovda sha-
har kezadi. Insonning qadri bir parcha kiyim-u 
turli matohlar bilan o‘lchanadi...
Ba’zilar noto‘g‘ri fi krlab, buni xalqimizning 
urf-oda va mentalite deb ataydi. Ajdodlari-
miz bizning zamonlarda yashashganida ular bu 
gaplarni tan olarmidi? Menimcha, yo‘q. Amir 
Temur bilan yonma-yon turib dunyoning ka a 
qismini egallagan otalar, turmush o‘rtog‘i safar-
ga ketganida, oila sha’ninigina emas, mamlakat-
ni boshqarib, butun xalq sha’nini himoya qilgan 
Bibixonimdek onalar o‘z hayotlarini bunday ar-
zon baholashmagan. Har bir kunning qadriga ye-
shgan. Chunki ularning yashashdan maqsadlari 
bo‘lgan. Oramizda hamma aybni zamon o‘zgari-
shida deb hisoblaydiganlar bor. Aslida, o‘zgargan 
narsa zamon emas! Chunki, ming yil avvalgidek 
qish ham o‘z o‘rnida, yoz ham, fasllar alma-
shishda davom etmoqda. Davr o‘zgarmagan. In-
sonlarning zehni va saviyasi o‘zgargan, xolos!
Ikki yil avval yoz kunlarida dengizda dam olib 
qaytayotganimda yo‘l che da chalajon mushuk-


35
Q
ka ko‘zim tushdi. U biroz avval mashina oyoq-
larini bosib ketganidan jarohatlangan holatda 
yotardi. Veterinarga olib bordim, muolaja qildi. 
Keyin davlat hayvonlar qo‘riqxonasiga topshir-
dim. O‘sha kuni kechki vaqt bir tanishim, mendan 
bi-roz yoshi kichik ikki yigit vazir o‘rinbosari bo‘lib 
tayinlangani haqida xabar yetkazdi. «Siz yuribsiz, 
mana qarang, boshqalar nimalarga erishyap ?», 
dedi.
Unga javoban shunday xat yozdim.
«Bu yigitlarning mansab va mavqeyi darajasi 
mendan yuqoriligi aniq. Lekin bugun bir mushuk 
hayo ni saqlab qolish menga nasib qildi. Sizning-
cha, bu hayotda qaysi biri muhimroq?»
Boshqalar hayo bilan o‘z hayo ngizni solish -
rishingiz oqiba da yoki kalondimog‘ yoki baxt-
siz bo‘lasiz. Chunki atrofi ngizda hamisha xuddi 
sizdek insonlar bo‘lmaydi. Yoki sizdan yomonroq 
yoki yaxshiroq sharoit va holatdagi insonlar bor. 
Eng yaxshisi, siz o‘z hayo ngizni yashang. Bosh-
qalarning hayo ni kuzataversangiz, taqlid qila 
boshlaysiz. Shunday qilib, turli kiyim-kechak va 
boshqa qimmatbaho narsalarni qarzga bo‘lsa 
ham so b olasiz. Aslida, baxtli bo‘lish uchun siz 
kim bilandir raqobatlashishingiz yoki kimgadir 
taqlid qilishingiz shart emas. O‘z hayo ngizdagi 


36
S
X ‘
bor narsalarni ko‘ring, qadriga ye ng va ichin-
gizdagi baxtni his qiling.
To‘g‘ri yashash qanday bo‘ladi? Men kimman? 
Nega men bu dunyodaman? Vazifam nima? Men 
xohlagan narsa aslida shumi? Nega buni qildim? 
Biz ko‘pincha o‘zimizga shu kabi savollarni ber-
masdan yashaymiz. Hayotni sarhisob qilmay, 
poygaga berilib, kimgadir taqlid qilib, kimdan-
dir o‘zishga in lib, bir kuni ortga qaraganimizda, 
uzun deb o‘ylaganimiz – hayot yo‘limizning an-
chasini bosib qo‘ygan bo‘lamiz.
Bir kishi psixolog huzuriga kelib, debdi:
– Pulim, mol-dunyoyim bor. Hamma narsam 
yetarli. Sog‘lomman. Oilam va farzandlarim bor. 
Hayo mda hammasi yaxshi. Faqat doim o‘zimni 
baxt siz va g‘amgin his qilaman. Shuning uchun 
yoningizga keldim. Menga maslahat bering, – 
debdi.
Psixolog u odamga sinchiklab kilgancha deb-
di:
– To‘g‘risi, sizdagi bu holatga mening taj-
ribam yetmaydi. Yo‘lning narigi tarafi ga o‘tsan-
giz, ko‘chma sirk kelgan. Kecha borib, maza qilib 
tomosha qildim. Ko‘nglim chigali yozildi. Ayniq-
sa, masxaraboz yoqdi. Siz ham boring, alba a, 
ko‘nglingiz yoziladi, – debdi.


37
Q
Haligi kishi esa ma’yus javob qaytaribdi:
– O‘sha masxaraboz menman...
Boshqa insonlarga baxtliroq, chiroyliroq, boy-
roq ko‘rinish, gap-so‘zdan qo‘rqish oqiba da ha-
yo miz sirkka, o‘zimiz esa masxarabozga aylanib 
qolmayapmizmi? Keraksiz, zarura bo‘lmagan 
narsalar bilan hayo mizni to‘ldirishimiz sababi 
shu emasmi?
Siz uchun eng qadrli bo‘lgan uch narsa haqida 
o‘ylang!
Xo‘sh, siz uchun hayotda eng qadrli narsa nima?
(Umid qilamanki, uy-joy, telefon, mashina 
xayo lingizga kelmagandir.)
Bu hayotda siz uchun eng qadrlisi bu, avvalo, 
o‘zingiz bo‘lishingiz kerak. Siz qayerda, qachon va 
kimning oilasida tug‘ilishingizni tanlay olmaysiz. 
Qayerda va qanday o‘lishingizni ham siz belgila-
maysiz. Ammo qayerda va qanday yashash sizning 
izmingizda. Uni bemaqsad sarf qilingan kunlar bi-
lan to‘ldirish ham, yashash maqsadingiz bilan har 
daqiqasidan unumli foydalanish ham o‘zingizga 
bog‘liq. O‘z hayo ngizni mazmunli o‘tkazishga 
in ling. O‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan bir hayotda 
yashang. Qadrlash avval o‘zingizdan bosh lanadi. 
Unutmang, o‘zini qadrlamagan insonni boshqalar 
qadr lashi qiyin. Shuning uchun avval o‘zingizdan 
boshlang. Xohlagan narsani yeb-ichish va kiyinish 
bu o‘zingizni hurmat qilish ma’nosini bildirmay-


38
S
X ‘
di. Boshqalardan ustun 
bo‘lish yoki boshqalarni 
solish rib ulardan yaxshi-
roq yashash ham o‘zini 
qadr lash degani emas. Ak-
sincha, keraksiz va zararli 
bo‘lgan narsalardan uzoq-
lashish, atrof dagi insonlar bilan mehr-oqibat-
li bo‘lish o‘zini hurmat qilishning asosiy belgisi. 
Agar siz o‘z-o‘zingizga hurmat ko‘rsatmasangiz, 
vaqt o‘tgach aslida o‘zingiz xohlagan hayo ngizni 
emas, odamlarning sizdan kutgan turmush-tarzi 
bo‘ yicha yashashingizga to‘g‘ri keladi. O‘zingizni, 
hayo ngizni qadrlang va yashashdan aniq maq-
sadingiz bo‘lsin!
Siz hayotda baxtli yashash uchun devorga no-
to‘g‘ri narvonda chiqmayapsizmi? Agar haqiqa-
tan ham baxtli bo‘lishni xohlasangiz, uning shart-
lari bor. Ular quyidagilar:
• Boshqalarga yaxshilik qilmagan, muruvvatli 
bo‘lmagan, xayr-ehsonni sevmagan inson baxtli 
bo‘lolmaydi.
• Durust va halol bo‘lmagan, boshqalarni alda-
gan insonning huzur-halova bo‘lmaydi.
• Bilimini rivojlan rmagan, dunyoqarashini 
kengay rmagan, vaq ni bekorchi narsalar bilan 
o‘tkazgan, ishlashga ish yoqi bo‘lmagan, bir ish-
ni eplolmagan kishi ham baxtli bo‘lolmaydi.
Ba’zi insonlar nar-
vonning eng oxirgi 
pog‘onasiga kelgani-
da, noto‘g‘ri devorga 
chiqqanini tushunadi.

Yüklə 2,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin