46
Rezyume tayyor. Endichi?
SIZNING REZYUMENGIZ
ISHGA KIRISHINGIZ UCHUN YETARLIMI?
Rezyumengizni tajribali mutaxassislar tomonidan
tekshirilishini xohlaysizmi?
U holda quyidagi shartni bajaring:
1� Instagram’ga “story” joylashtiring�
2� “Story” da ushbu qo’llanma haqida o’z
fikringizni
yozing va
@MohirDev
(https://instagram�com/
mohirdev) ni belgilang�
Tasodifiy tanlangan 10 kishining rezyumesi jonli efirda
tekshirilib, kerakli tavsiyalar beriladi�
47
Rezyume tayyor. Endichi?
BARCHA ISH O’RINLARIGA BITTA
REZYUME – TO’G’RIMI YOKI XATO?
Agar siz nomzodingizni faqat bitta yo’nalishdagi
vakansiyalarga taqdim etayotgan bo’lsangiz, bir xil
tarkibli rezyumeni yuborish muammo tug’dirmaydi�
Lekin, shunda ham
matn har safar korxona yoki
ish beruvchi talablariga moslab qayta tahrirlanishi,
muqova xati esa yangidan yozilishi shart�
Agar siz o’qituvchi sifatida rezyume tayyorlagan
bo’lsangiz va endilikda
xususiy maktabdagi ish
o’rniga nomzod bo’lib murojaat qilayotgan bo’lsangiz,
rezyumeda axborot texnologiyalari, psixologiya
bilimlari va zamonaviy o’qitish
metodlarining
qaysilaridan boxabarligingizni ham ko’rsatib
o’tishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi�
Unutmang, har gal siz professional hayotda
qandaydir o’zgarish qilganingizda (yangi ishga
kirish,
malaka oshirish, sertifikatsiyadan o’tish, til
48
Rezyume tayyor. Endichi?
o’rganish) siz avval foydalangan rezyume eskirgan
hisoblanadi� Shu bois, rezyumega vaqti-vaqti bilan
erishgan
yangi yutuqlaringiz, tajribalaringiz va
tamomlagan o’quv kurslaringiz haqidagi ma’lumotni
ham kiritib borishni unutmang�
Dostları ilə paylaş: