16
Rezyume tarkibi
ISH TAJRIBASI
Ish beruvchi birinchi o’rinda bilishni istaydigan narsa
– sizdagi tajriba� Uni rezyumening kirish qismida –
shaxsiy ma’lumotlardan keyin kiriting� Ish
tajribasi
bo’limini alohida sarlavha bilan ajratib ko’rsating�
Uning ostidan avval siz ishlagan korxona yoki
tashkilot, faoliyat davringiz vaqti, lavozimingiz va siz
bajargan vazifalar haqida qisqacha ma’lumot bering�
Masalan:
Uztelecom
2022-yil 13-avgustdan hozirgacha
iOS dasturchisi, korxona uchun yangi ilovani ishlab
chiquvchi jamoa a’zosi
—
Keyingi modulga o’tishdan oldin mijozning
talablariga mos keluvchi bir
nechta ilova modullarini
yaratish orqali ish samaradorligi 3 barobarga
oshirildi;
—
Ilovalar uchun maxsus XML sxemasidan
17
Rezyume tarkibi
foydalanish orqali xarajatlar 5 foizga qisqartirildi;
—
iOSda ishlovchi yangi
ilovani yaratish orqali
mijozlar oqimini 2 barobarga ko’paytirildi�
XYZ USULI
Ishlagan korxonangizda bajargan vazifalaringizni
ifodalashda XYZ usulidan foydalanish tavsiya
qilinadi� Bu usulda yozilgan ma’lumotni o’qish, qilgan
ishlaringiz hajmini tushunib
olish korxona vakiliga
oson bo’ladi�
XYZ foydasiga yana bir misol: korxona vakili
rezyumelarni ko’rib chiqar ekan ulardagi
yozish usulidagi farq ma’lumotni tushunishni
qiyinlashtirishi mumkin� Kimdir uzun, kimdir o’ta
qisqa ko’rinishda, kerakli detallarni qoldirib yozgan�
XYZ usuli esa ko’pchilik rekruterlarga tanish� Bu
bilan saralashdan o’tish imkoniyatingiz ham oshadi�
18
Rezyume tarkibi
XYZ usulida ish tajribangiz haqidagi ma’lumot 3
qismdan iborat bo’lishi kerak� XYZ
harflari ketma-
ketligi o’zbek tiliga tarjima qilingan formulada
chalg’itishi mumkin� Shu sabab avval ingliz tilidagi
formulani keltiramiz�
“Accomplished [X] as measured by [Y], by doing [Z]”
“[Z] amalini bajarish yordamida [X] natijani [Y]
miqdorda o’zgartirdim.”
Quyidagi misollarda yanada tushunarli bo’lishi
mumkin�
“CSS va JavaScript kodi, rasmlarni optimallashtirib
sayt tezligini 27 foizga oshirdim”.
“Mobil dastur foydalanuvchilari bilan tadqiqot o’tkazib,
dasturning faol ishlatish ko’rsatkichini 12 foizga
oshirdim”.
19
Rezyume tarkibi
“Jamoada Scrum metodologiyasi asosidagi ish
jarayonini yo’lga qo’yib har oylik jamoa vaqtidan 30
soat tejab qolinishiga yordam berdim”.
Avval ishlagan joylaringizdagi qo’shgan hissangizni
XYZ usulida yozing� Bu
Applicant Tracking System
(ATS)
yordamida
nomzodlarni saralash tatbiq
qilingan hollarda ham foydali bo’ladi� ATS haqida
qo’llanmaning 6-bo’limida ma’lumot beramiz�
21
Rezyume tarkibi
TA’LIM
Tajribangizdan so’ng ta’lim olgan oliygohingiz, o’quv
kurslaringiz haqida ma’lumot bering� Bunda ham
tartib xuddi ish tajribasidek, avval o’quv
yurtining
nomi, keyin siz o’qigan davr, siz o’qigan yo’nalish va
undan keyin siz orttirgan ko’nikmalar va ta’limiy
yutuqlarni ko’rsating:
Dostları ilə paylaş: