Qadamda o’rganing mundarija


KONTAKT MA’LUMOTLARINGIZGA



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix05.10.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#152536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Ideal-rezyume-formulasi

KONTAKT MA’LUMOTLARINGIZGA 
E’TIBORLI BO’LING
Rezyumeda ayrim sabablarga ko’ra ba’zan “o’chib 
qoladigan” yoki “aloqa uzilib qoladigan” raqamlar 
ko’rsatilmagani ma’qul� Yaxshisi, ish uchun alohida 
sim-karta sotib oling va doimiy ishlab turishiga 
diqqatli bo’ling� Raqamni yozganda mamlakat va 
korxona kodi, umuman, raqamlar to’g’ri yozilganini 
tekshirib oling�
Yana bir muhim jihat – siz bilan qaysi paytda 
bog’lanish mumkinligini ham ko’rsatib o’tishingiz 
mumkin� Shunda qo’ng’iroqlarni nazorat qilish 
yanada osonroq bo’ladi� Masalan:
+998 99 123 45 67 (har kuni 9:00 dan 20:00 gacha 
aloqada)


30
Rezyume qanday yoziladi?
Tavsiya:
shaxsiy hayot va ish uchun alohida telefon raqam, 
alohida Telegram profil yuritish ish-hayot balansini saqlab 
qolishga yordam beradi� Ish vaqtida faqat ish profilida 
bo’lasiz, muhim ma’lumotlarga diqqat qaratasiz� Ishdan 
keyin esa oilangiz, yaqinlaringiz va dam olish haqida 
o’ylaysiz�
E-MAIL NOMI - SIZNING YUZINGIZ!
Qachonlardir burxanchik@mail�ru, bigbro@gmail�
com, shiringinam@mail�ru kabi ajoyib–u g’aroyib 
nik-neymlar bilan ochilgan e-mail manzillarini 
yozmang� Bu borada ham eng yaxshi yechim – ish 
uchun alohida e-mail ochish� Unda qandaydir ramziy 
nomlar-u laqablarni emas, ism-familiyangizni yozing� 
Axir siz ish joyiga haqiqiy mutaxassis sifatida ishga 
kirish uchun murojaat qilyapsiz, yoshlar klubida 
do’stlashish uchun emas�


31
Rezyume qanday yoziladi?
SHUNINGDEK - USERNAME’LAR HAM
Rezyumeda kontakt ma’lumotlari sifatida Telegram 
manzilingiz (@username), Upwork yoki LinkedIn 
platformalaridagi nomlaringizni ham ko’rsatishingiz 
mumkin� Bu yerda ham o’sha masala – nomlar 
“jingalak” iboralardan tuzilgan bo’lmasin� Ism va 
familiya yetarli�

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin