2.2. Aksiyadorlar jamiyati Aksiyadorlar jamiyati — daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati koʻrsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yoʻli bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi koʻrinishlari bor:
Yopiq aksiyadorlar jamiyati — aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning oʻzi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning oʻrtasida tarqatiladi.
Ochiq aksiyadorlar jamiyati — jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi boʻla oladi22.
Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga toʻplab biznesga qoʻyish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar boʻlishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni toʻplab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital boʻla oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qoʻyishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi — aksiyadorlar majlisi, soʻngra — direktorlar kengashi va quyi boʻgʻini — boʻlinmalar boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi oʻzgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini koʻrib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo boʻlgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo boʻldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy oʻzgarishlarning yoʻnalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. Oʻzbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish koʻradi. Ularning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi. Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga to‘plab biznesga qo‘yish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni to‘plab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital bo‘la oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qo‘yishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi – aksiyadorlar majlisi23, so‘ngra – direktorlar kengashi va quyi bo‘g‘ini – bo‘linmalar boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi o‘zgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo bo‘lgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo bo‘ldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy o‘zgarishlarning yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. O‘zbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish ko‘radi. Ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi.
Xulosa. Aholining talab va ehtiyojlarining keskin o’sib borishi, shuningdek, jahon bozorida global raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining sifatini oshirish orqali ularning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabga ega bo’lgan ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida korxonalarda, jumladan kichik biznes sub’ektlarida xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan ishlar keng miqyosda amalga oshirilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to’g’risida», «Metrologiya to’g’risida», «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi Qonunlariga muvofiq O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O’z SDT), O’zbekiston Respublikasining o’lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi (O’z O’DT), O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi (O’z SMT) ni takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida raqobatbardosh va sifatli mahsulot bilan ta’minlash, shuningdek bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholi sog’lig’i, mahsulot xavfsizligi, mamlakatning mudofaa qobiliyati, atrof muhit va ekologiyani muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan xalqaro talablar bilan uyg’unlashtirilgan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Bizning fikrimizcha, iste’mol bozori talablarining o’zgaruvchanligi sharoitida kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sifati xalqaro va milliy standartlarga mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosda iste’molchilarning qoniqishini ta’minlash, natijada mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish va mahsulot eksporti hajmini oshirish lozim.
Shu jihatdan, respublikamizda aksionerlik jamiyatlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, shakllantirish va sertifikatlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish, xalqaro standartlar talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va rivojlantirish talab etiladi.
Ma’lumki, bozor sharoitida ko’pgina ko’rsatkichlar orasida aynan sifat tovarlar va ularni ishlab chiqaruvchilarning saqlanib qolish shartiga, ularning iqtisodiy faoliyatining samaradorligi hamda mamlakat iqtisodiy farovonligii ko’rsatkichiga aylanadi. Marketing nuqtai nazaridan sifat – ma’lum iste’molchining ma’lum ehtiyojlarini qondiruvchi tovarning iste’mol xususiyatlari jamlanmasidir.
Shunday qilib, sifatliroq mahsulot aniq bir tovar yoki xizmatni aniq xaridorlar ko’proq ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini nazarda tutadi. Tovarlarning iste’mol xususiyatlari jamlanmasidan foydalanish darajasi nuqtayi nazaridan sifat va foydali xossa tushunchalarini farqlash zarur.
Aksionerlik jamiyatlarida tovar sifat tizimini shakllantirish xo’jalik faoliyatining uchta yo’nalishiga asoslanishi mumkin: sifatni ta’minlash, sifatni boshqarish va sifatni yaxshilash.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish, jahon talablari va standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini yangilash hamda kengaytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, aksionerlik jamiyatlarida sifatni boshqarish tizimini joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.