O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Osiyo Xalqaro Universiteti
IJTIMOIY VA TEXNIKA FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI”
fanidan
K U R S I S h I
Mavzu: AKSIYADORLIK KORXONALARNING IQTISODIYOTDAGI ROLI VA O’RNI
Bajardi: S3 IQ 22-guruhi talabasi Boltayev Bobur
Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2023 y.
Baho “_____” ___________
Ilmiy rahbar: ___________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
Komissiya a’zolari: __________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
__________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
Buxoro – 2023 yil
KIRISH…………………………………………….3
I-BOB. AKSIYADORLIK KORXONASI.
Aksiyadorlik korxonasining iqtisodiyotdagi o`rni……….5
Aksiyadorlik jamiyatlarini modernizatsiyalash…………10
II-BOB. IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYALASHDA IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYALASHDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI TATBIQ ETISH.
2.1.Aylanma mablag`lar tushunchasi………………………19
Aksiyadorlar jamiyati.…………………….24
XULOSA……………………………………….26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………….28
Kirish
Ushbu mavzuning dolzarbligi - respublikamizda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash hamda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar qatori zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va mahsulot raqobatbardishligiga erishish uchun uning sifatini oshirish jarayonida qo’l keladigan taklif va tavsiyalarni tahlil qilish va uni amalga qo’llay olish hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich aytganlaridek, “tadbirkorlik va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, ularni zamonga mos holda diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ularning imkoniyatlardan to‘la foydalanish xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi va shunda biz qurayotgan jamiyat o’z-o’zidan rivojlanish yo’liga qadam qo’yadi. Yurtimizda iqtisodiy islohotlar borgan sari chuqurlashib, bozor munosabatlariga asoslangan yangi mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish jarayonlari tezlashmoqda. Bu jarayonlarni tezlashtirishda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini boshqarish o‘rni katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rinlarda turadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |