II-BOB. IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYALASHDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI TATBIQ ETISH 2.1.Aylanma mablag`lar tushunchasi. Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va shu asosda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tib borishda aylanma mablag‘lar muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, pul muomalasini barqarorlashtirish asosida milliy pul birligini mustahkamlashning asosiy yo‘llaridan biri - ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni takomillashtirishdan iborat. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligini oshirish, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i17, energiya va boshqa resurslardan to‘g‘ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishda qo‘llash, iqtisodlilik tamoyiliga rioya qilish, material xarajatlarini kamaytirish, arzon, lekin sifatli materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. SHuni ta’kidlashimiz lozimki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish avvalom bor aylanma mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
Har bir xo‘jalik o‘z ishlab chiqarishini tashkil qilish, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun ma’lum qiymatni avanslashtirishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun esa avanslashtirilgan qiymat ishlab chiqarish va muomala sferalarida doimiy ravishda aylanib turishi zarur. Avanslashtirilgan qiymat mehnat vositalari va predmetlarini sotib olishga sarflanishi mumkin. SHu jihatdan ishlab chiqarish vositalarini ikki shakldagi aktivlarga, ya’ni uzoq muddatli va aylanma aktivlarga bo‘lish mumkin. Uzoq muddatli aktivlar ishlab chiqarishda uzoq yillar davomida qatnashadi. Eskirib borishi bilan uzoq muddatli aktivlar o‘z qiymatini qisman yangi yaratilayotgan mahsulotga o‘tkazib boradi.
Aylanma aktivlar uzoq muddatli aktivlardan farq qilib, ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashadi va yaratilgan mahsulotga o‘z qiymatini to‘la o‘tkazadi, shakli o‘zgaradi18.
Aylanma aktivlar aylanish jarayonida uch bosqichni bosib o‘tadi: pul, ishlab chiqarish va tovarlarni sotish bilan bog‘liq bosqichlar.
Aylanishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish vositalari sotib olinadi (P-T(i/v)). Korxonalarning ajratilgan pul fondlari ishlab chiqarishning ashyoviy omiliga aylanadi. Birinchi bosqichning xususiyati shundaki, bu bosqichda ba’zi korxonalar o‘z mablag‘lari etarli bo‘lmagan hollarda qarzga bank kreditini oborotga jalb qilishlari mumkin.
Aylanma aktivlar aylanishning ikkinchi bosqichi - ishlab chiqarish bosqichi (T-i/ch-T) bo‘lib, bunda ishlab chiqarish omillari (ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari) qo‘shilishi yuzaga keladi va bu jarayon aylanma aktivlarilari aylanishi iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ifodalashga yordam beradi. CHunki, ikkinchi bosqich asosiy va hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda yangi qiymatga ega bo‘lgan yangi mahsulot yaratiladi. Ikkinchi bosqich, ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish omillariga boy bo‘lgan bosqich bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun: ishlab chiqarishni moddiy resurslar bilan to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash; material resurslarini iqtisod qilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini arzonlashtirish; mehnat resurslaridan to‘g‘ri foydalanish zarur.
Aylanma aktivlar aylanishining uchinchi bosqichi, (T-P)da yangidan yaratilgan mahsulot realizatsiya qilinadi. Oxirgi bosqichda aylanma mablag‘lar yana boshlang‘ich shakl - pul shakliga o‘tadi va bu esa aylanish jarayonini boshidan boshlash imkonini beradi.
Aylanma aktivlar aylanishining uchala bosqichi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va ularni o‘rganish katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, uning uzluksizligini ta’minlash, aylanish bosqichlari bo‘yicha aktivlarni to‘g‘ri taqsimlash ishlab chiqarishda samaradorlikka, korxonalar moliyaviy faoliyatining yaxshi natijalarga erishishiga olib kelishi mumkin19.
Fondlar aylanishining asosiy shakli - pul shakli ishlab chiqarishni tashkil qilishda asosiy rol o‘ynaydi. SHuning uchun ular aylanishining asosiy shakli, jarayon boshlanishida pul mablag‘larini avanslashtirish va jarayon tugashida aktivlarning pul shakliga o‘tishidir. Haqiqatda pul mablag‘larini avanslashtirmasdan turib fondlar aylanishini boshlash mumkin emas va shundan kelib chiqqan holda boshqa bosqichlar o‘z-o‘zidan amalga oshirilmaydi.
Korxonalarning avanslashtirilgan mablag‘lari natural-ashyoviy shaklda va boshqa shaklda, ya’ni qiymat shaklida bo‘lishi mumkin. Aktivlarning qaysi bir turini moslashtirishga qarab, ular asosiy va aylanma mablag‘larga bo‘linadi.
Avanslashtirishning xususiyati shuki, mablag‘lar korxona oborotida doimiy ravishda bo‘lib turadi va aktivlarning aylanishiga qarab o‘z shaklini o‘zgartirib turadi. Aktivlarning aylanishi davomida aylanma mablag‘lar pul shaklidan ishlab chiqarish zahiralari shakliga, ishlab chiqarish zahiralari shaklidan tugallanmagan ishlab chiqarish (tayyor bo‘lmagan mahsulot)ga, tugallanmagan ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot shakliga o‘tadi. Oxirgi bosqichda mahsulot sotiladi, ya’ni tovar shaklidan pul shakliga o‘tadi va jarayon boshida avanslashtirilgan mablag‘lar kelib tushgan tushum hisobidan tiklanadi. Aylanma aktivlari va ularning iqtisodiy mohiyati to‘g‘risida oxirgi yillar ichida birorta ham yirik iqtisodiy adabiyot yozib, chop qilingan emas. SHuning uchun aylanma aktivlar to‘g‘risidagi ba’zi bir munozara bo‘yicha 80-90 yillar adabiyotlarigagina murojaat qilishimiz mumkin.
Aylanma aktivlar iqtisodiy kategoriya sifatida bir necha xususiyatlarga ega. SHulardan biri - aylanma ishlab chiqarish va muomala aktivlari uchun avanslashtirilgan qiymatlarni bir iqtisodiy kategoriya - aylanma aktivlar kategoriyasiga birlashishidadir. Ba’zi iqtisodchilar aylanma aktivlarni iqtisodiy kategoriya sifatida qaramaydilar. Ularning fikricha, aylanma fondlargina iqtisodiy kategoriya sifatida tovar ishlab chiqarish jarayonining asosini tashkil qiladi. Aylanma aktivlarning yana bir xususiyati - ularning tashkil qilinishi va ulardan foydalanishdir20.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda meqnat qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma aylanma aylanmamablag`larga mablag`larga mablag`larga qam ega bo`lishlari zarur. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo`ljallangan pul mablag`laridan iborat. Aylanma mablag`lar, qoidaga ko`ra, korxonaning qisob raqamida naqd pul ko`rinishida jamg`ariladi. Qar bir korxonaning aylanma mablag`lari asosiy fondlarning texnik qolati va maqsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog`liq. Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan maqsulotlari turlari ko`p bo`lsa, aylanma mablag`lar shunchalik ko`p talab qilinadi. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta`minlashning moddiy asosi qisoblanadi. “Aylanma mablag`lar ” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi qam ko`p qo`llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo`jalik yuritishning xorijiy tajribasidan olinadi. Moqiyatiga ko`ra, aylanma aylanma aylanmakapital kapital kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo`lib, uning qiymati ishlab chiqarishning qar bir tsiklida ishlab chiqarilgan maqsulotga o`tkaziladi qamda ushbu tovarni sotgandan so`ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko`pincha korxonaning pul mablag`lari qisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag`lariga aylantiriluvchi qarakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi. Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o`rniga ko`ra, “aylanma mablag`lar” va “aylanma kapital” o`rtasida sezilarli farq yo`q. Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg`i, energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi kuchlarini yollash va ularning meqnatiga qaq to`lashga bo`nak (avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag`larga bo`lgan qo`shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar qisobiga qoplanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag`larga etarli tarzda ega bo`lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi qisoblanadi. SHuni qam unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan maqsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg`i va energiya miqdori maqsulot sifatiga ta`sir ko`rsatmagan qolda qanchalik kam bo`lsa21, maqsulot shunchalik arzonlashadi qamda aylanma mablag`lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo`ladi.