Quldorlikning dastlabki davrida qabilachilik munosabat- larining xalq hokimligi an'anasi saqlanib, qabila zodagonlari hokimiyatini cheklab tuigan. Lekin qabilalar o'rtasida to'qnashuvlar jiddiy harbiy xususiyatlarga ega bo'lgan. Ularning asosiy sababi boylik orttirish va o'z hukmronligini o'rnatishdan iborat bo'lgan. Harbiy dohiylar rahbarligida maxsus posbonlar (drujina) paydo bo'lgan. Dohiylar ko'pin- cha qabilalarning yo'lboshchisi ham hisoblangan. Xalq ken- gashlari yuzaga kela boshlagan. Ularning vazifalari jamoaning barcha a'zolarini himoya qilishdan iborat bo'lgan. Ovul (qishloq) istehkomlari (kazarma) paydo bo'lib, chet el pos- bonlari hujumidan harbiy mudofaa qilish madaniyati rivojlanadi.
XULOSA
Mustaqillik yillarida joriy etilgan qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida ilgari surilgan g'oyalarga tayanadi. Ularni jismoniy madaniyat ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o'ziga metodologik asos qilib oladi.
Ta'kidlash lozimki, ijtimoiy turmushda, ayniqsa, bolalarning jismonan baquvvat qilib tarbiyalash, harbiy-mudofaa ishlarida ishtirok etuvchilarning jangovorlik holatlarini takomillashtirishda Yevropa qit'asida mavjud bo'lgan davlatlarning ish tajribasi katta o'rin tutadi. Bunga qadimgi yunonlarning (Gretsiya) jismoniy tarbiya tizimi (sistemasi) tarixiy jihatdan e'tiborga molikdir.