Undoshlar
Qadimgi turkiy tilda b, m, p undoshlari mavjud. Sirg`aluvchi lab undoshi F yo`q. O`rxun yozuvida V uchun maxsus harf yo’q. Uning o’rnida B ni bildiruvchi harf ishlatiladi. Uyg’ur yozuvida esa V uchun maxsus harf bor. B undoshi lab-lab, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh bo’lib, so’z boshida ham, o’rtasida ham, oxirida ham uchraydi: bu, yabg`u (amir), sab (nutq).
M undoshi b dan uning talaffuzida burun bo’shlig`ining ishtiroki borligi va shovqinsizligi bilan farqlanadi. Demak, M lab-lab, nazal, portlovchi, sanor (shovqinsiz) undoshdir.
P undoshi b dan jarangsizligi bilan farq qiladi. Bu undosh hamma pozisiyalarda uchraydi: Purum (Rum), Ana tarqan (unvon), mәn (deb)
V undoshi, yuqorida aytilganidek, faqat uyg`ur yodnomalarda bor. V faqat so`z o`rtasi va oxirida o`rxun yodnomalaridagi b o’rnida uchraydi: sav (nutq), sәvinch (sevinch).
S til oldi-tish, sirg`aluvchi, jarangsiz undosh fonema bo’lib, qalin (velyar) va ingichka (palatal) variantlariga ega.
Z undoshi S dan faqat jarangliligi bilan farq qiladi.
T undoshi S dan faqat portlovchililigi bilan farq qiladi.
D undonsh Z dan faqat portlovchililigi bilan farq qilib, so`z o`rtasi va oxirida uchraydi. Bodun (xalq), od (zamon).
N undoshi D dan sonorligi bilan va nazalligi bilan farqlanadi. Demak, bu tovush til oldi portlovchi, sonor, yazal undosh bo`lib, so’z boshida kamroq va boshqa pozisiyalarda ko`proq uchraydi. Nәng (narsa), ana (ona), bәn (men).
L undoshi N dan yon tovushligi va burnaki emasligi bilan farq qiladi. (Yon yoki laterial undosh deb o`pkadan chiqqan havoning tilning bir yoki ikki yonidan o`tishi natijasida hosil bo`lgan tovushga aytiladi.
R undoshi L dan yonsizligi va qaltiroqligi bilan farq qiladi. (Qaltiroq yoki vibrant undosh deb til uchining titrashi natijasida vujudga kelgan tovushga aytiladi). Qadimgi turkiy tilda til oldi -tanglay jarangsiz undoshlardan Ch bilan Sh bor.
J bidan җ esa yo’q. Ch portlovchi, Sh – sirg’aluvchi undosh: chab (shuhrat), shad (unvon).
Y til o`rga va til orqa variantlarga ega bo`lgan sirg’aluvchi sonor fonemadir. Yablaq (yomon), ay (oy).
K (q) til o’rta (K) va chuqur til o’rqa (q) variantlariga ega bo`lgan portdovchi, jarangsiz, undosh fonemadir. G (g’) fonemasi k (q) dan jarangliligi bilan farq qiladi.
Qadimgi turkiy tilda g’ (g) so`z o`rtasida va oxirida uchraydi: Qag`an (xoqon), ogut (o`git).
Q tovushi g` (g) dan nazalligi va sonorligi (shovqinsizligi) bilan farq qiladi. Bu fonema ham til o`rta va chuqur til orqa variantlariga ega bo`lib, so`z o`rtasida va oxirida uchraydi: yaңы (yangi), aң (ong).
Qadimgi turkiy tilda bo`g`iz undosh h va til orqa x undoshi yo`q.
Dostları ilə paylaş: |