Qadimgi turkiy til davriga oid muhim asarlar va bibliografik manbalar.
Qadimgi turkiy tilni o`rgangan mashhur olimlar.
Qadimgi turkiy tilda yozilgal yirik bitiktoshlar.
Adabiyotlar: G`.Abdurahmonov, A.Rustamov. Qadimgi turkiy til. T. O`qituvchi.
1982 yil, 3-6 betlar.
2. I.Azimov, M.Rahmatov. Qadimgi turkiy til. Toshkent, 2005-yil.
N.A.Baskakov. Vvedenie v izuchenie tyurkskix yazikov. M-1962. str.113-117
S.B.Malov. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. M. 1951. str. 96-97
4. D.M.Nasilov. Izuchenie pamyatnikov yazika v otechestvennom drevneuygurskogo yazika v otechestvemmom vostokovedenie.Tyurkologicheskiy sbornik. M. 1970. str. 93-110
Ma`ruzaning to`la mazmuni
Tekshirish savollari
Turkiy tillar tarixi haqida ma`lumot bering.
4. Qadimgi turkiy tildagi yozma yodgorliklar namunalari haqida tushuntirib bering.
Tayanch tushunchalar. To`nyuquq bitiktoshi. Bu yozuv yodgorligi ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning (asl oti Qutlug`, Xitoy manbalarida Gudulu) maslahatchisiva sarkarda To`nyuquqqa bag`ishlanib 712-716 yillar orasida toshga o`yib yozilgan.
Kultigin bitiktoshi - bu bitiktosh Eltarish o`g`liBilga xoqonning inisi Kultigin sharafiga qo`yilgln. Kultigin 731-yil 27-fevralda 47 yoshida vafot qildi.
Bilga Xoqon bitiktoshi - Eltarish xoqonning o`g`li Kultiginning og`asi Bilga Xoqon (asl oti Xitoy yilnomalarida Mo`g`ilon deb berilgan) sharafiga 735 yilda qo`yilgan.
O`zbek tili turkiy tillarga mansub bo`lib, oltoy nazariyasiga ko`ra mo’g`ul, tungus-manjur, koreys ia yapon tillari bilan birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil etadi. Oltoy tillarini o`rol tillari (ugor, fin va samodiy tillari) bilan qardosh deb hisoblovchilar ham bor.
Oltoy nazariyasiga ko`ra turkiy tillarning, jumladan o`zbek tilining tarixi, oltoy tillarining qadimda bir til bo`lgan - oltoy davridan boshlanadi. Tarixiy hujjatlarning yo`qligi sababli bu davrning sanalari noma`lum. Oltoy bobo tili dastlab tungus-manjur va turk-mo`g`ul tillariga, turk-mo`g`ul tili esa turk va mo`g`ul tillariga ajralgan.
Qadimgi turkiy til kursi katta uch davrni o`z ichiga oladi.
1. Eng qadimiy turkiy til (VI asrgacha bo’lgan davr);
2. Qadimgi turkiy til (VI asrdan X asrgacha)
3. Eski turkiy til (XI asrdan XIII asrgacha)
Undan keyingi davrlar eski o`zbek adabiy tili va hozirgi o`zbek adabiy tiliga oiddir.
1. Eng qadimgi turkiy til hozirgi O`rta Osiyo hududida yashagan sak va massaget qabilalari tiliga xun va yuech-ji hamda boshqa turkiy qabila va urug`larning tili aralashuvidan hosil bo`lgan tildir. Bu davrga oid yodgorliklar saqlanib qolmagan.
2. Qadimgi turkiy til – turk xoqonligining shakllanishidan Qoraxoniylargacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrning yozma yodgorliklarn bizgacha etib kelgan. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarga turkiy run (o`rxun-enisey), uyg`ur va qisman moniy (yoki monaviy), birahmon (brahma), so`g`dda yozilgan obidalar kiradi. Bular ichida eng mashhuri turk xonlari Kultigin va To`nyuquq sha’niga qo`yilgan qabr toshlariga yozilgan yodgorlikdir. Bunday yozuv bilan yozilgan yodgorliklar, asosan O`rxun (Mo`g`uliston) va Enisey daryolari bo`ylaridan topilganligi sababli fanda «O`rxun-Enisey yozuvlari» deb nomlanadi. Shuningdek, bu yozuv run nomi bilan ham ataladi. “Run” so`zi skandinaviya xalqlari
tilida “sirli, tilsim” ma`nolirida qo`llangan. Sibirda surgunda
bo`lgan shved ofitceri F.T.Tabbert-Stralenberg 1730 yilda O`rxun-Enisey yozuvi namunalarini topib, hali tarixda noma`lum bo`lgan va hech kimsaga tushunarli bo`lmagan bu yozuvni yuqoridagidek nomlagan edi.
Bu yozuvni dastlab V.Tomsen o`qidi. U 1893-yil 15-dekabrda Daniya fanlar akademmyasi majlisida O`rxun daryosi bo`yidan topilgan yodgorliklar sirini ochganligini ma`lum qildi va bu yodgorlik turkiy xalqlar tilida yozilganligini bildirdi. 1894-yil 19-yanvarida V.Radlov “Kultegip” sharafiga qo`yilgan yodgorlikning tarjimasini beradi. R.Melioranskiy 1899-yilda uning qayta tarjimasini beradi. O`rxun-Enisey yodgorliklari grafik xususiyatlariga ko’ra uch tarmoqqa bo`linadi:
1. Enisey yodgorliklari. Bu hozirgi Enisiy va Tuva avtonom viloyatidan topilgan yodgorliklardir.
2. O`rxun yodgorliklari. Bunga Mo’g`uliston territoriyasidagi O`rxun, Toli daryolari bo`yidan topilgnn Kultegin, To`nyuquq yodgorliklari kiradi.
3. Talas yodgorliklari. Hozirgi Jambul viloyati bo`yidan topilgan yodgorliklar kiradi.
III. Eski turkiy til. Bu davrni «Qoraxoniylir davri» deb ham yuritilali. Bu davrdagi yodgorlnklar uyg`ur va arab yozuvida yozilgan. Arab yozuvi uyg`ur yozuviga nisbatan stabillashgan holda qo`llanadi.
Bu davrda o`zbek xalqi va uning tili shakllanishiga zamin tayyorlana boshlaydi. Qoraxoniylar davrida qarluq uyg`ur va qisman qipchoq o’g`uz urug` tillari xususiyatini o`z ichiga olgan turkiy adabiy til mavjud edi. Bu adabiy tilda quyidagi asarlar yaratilgan.
1. Qutadg`u bilig. Muallifi Yusuf Xos Hojib. Uning uch nusxasi bor. Namangan va Qohira nusxalari arab yozuvida. U 1069-yilda Tabg`ach Bug`raxonga atab yozilgan.
2. Devonu lug`otit turk. Mahmud Qoshg`ariy tomonidan yozilgan.
3. Hibbatul - haqoyiq. Ahmad Yugnakiy tomonidan yozilgan.
4. “Qissasul anbiyo”. 1310-yilda Raboti o’g’uz degan joyda Rabg`uziy tomonidan yaratiltan.
5. “O`g`uznoma”. XII asr yodgorligi hisoblansa-da, til jihatdan
“Hibbatul haqoyiq”dan eskiroqdir.
6. “Tafsir”. Qur`on suralarining tarjimasi va izohidan iborat “Tafsir” ustida maxsus tadqiqot ishi olib borilgan.
Qadimiy turkiy tilining run yozuvida bitilgan yirik namunalari quyidagilardir:
1. Kultigin bitiktoshi. Bu bitiktosh Eltarish o`g’li Bilga Xoqonning inisi Kultigin sharafiga qo`yilgan.
2. Bilga Xoqon bitiktoshi. Bu yodgorlik Eltarish xoqonning o`g`li
Kultiginning og`asi Bilga Xoqon sharafiga 735- yilda qo`yilgan.
3. To`nyuquq bitiktoshi. Bu yozuv yodgorligi ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarish xoqon va uning xotini Elbilga xotun sharafiga, so`ngra Qapag`on xoqon sharafiga qo`yilgan deb taxmin qilingan edi. J.Klosson bitigning ayrim yerlariga tuzatish kiritib, yuqoridagi fikrlarning noto`g`riligini isbotladi va bitiktosh Qanag`on bilan Bilta Xoqonlarning sarkardasi To’nyuquq sharafiga qo`yilgan degan qarorga keldi.
4. Kuli chur bitiktoshi. Bitiktoshni 1912-yilda pol`shalik professor P.Kotvich Mo`g`ulistonniig Ulan-Bator yaqinidagi Ixe-Xushotu manzilidan topgan.
5. Moyun chur bitiktoshi. Buni fin olimi G.I.Ramstedt 1909-yilda Shimoliy Mo`g`ulistonda Selenga daryosi va Shins Usu ko`liga yaqin yerda topgan. Bitiktosh 759-yilda qo`yilgan deb taxmin qilinadi. Qadimgi turkiy tilning taxminan V-X asrlarda vujudga kelgan uyg`ur yozuvidagi yirik va asosiy namunalari quyidagilardir:
1. Xuastuanift. Buning uchta qo`lyozma nushasi bor. Turfon yaqinidagi Ostona degan joydan keltirilgan nushasi uyg`ur yozuvida yozilgan. Turfondan topilgan Berlin nushasi va “Ming budda g`ori” ibodatxonasidan topilgan London nushasi moniy yozuvida yozilgan. London nusxasining faksimilesi Londonda 1910-1911 yillarda nashr qilingan.
2. Shahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa. Qo`lyozma Parij milliy kutubxonasida bo`lib, uning transliteratciya va francuzcha tarjimasini 1914 yilda P.Pello nashr etgan.
3. Oltin yoruq. Bu asar asli sanskritcha bo`lgan. “Suvarnaprabhasa”ning xitoycha variantidan qilingan turkiy tarjimasi bo`lib, budda diniga oid sutra, ya`ni muqaddas kitoblardan biridir. U X asrda Beshbaliqda yashagan Singqu Seli Tutung qalamiga mansub.
4. Sekiz yukmak. Qo`lyozma Turfondan topilgai. Nemis olimlari V.Bang Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiylar birgalikda 1934-yilda Berlinda “Turkish “Turfantekst” seriyasida nashr etganlar.
5. Atavaka devi haqidaafsona. 4 ta qo`lyozmasidan parchalar Turfondan topilgan va “Turkish Turfantekst”ning o`ninchi kitobida nashr etilgan.
6. Budda afsonalaridan narchalar. Berlinda “Uygurika” (Uyg`uriyot) seriyasining uchinchi va to`rtinchi kitoblarida nashr etilgan.