Qadimgi turkiy til va uning taraqqiyot yo`llari (2 soat) Dars rejasi



Yüklə 384 Kb.
səhifə4/18
tarix15.12.2022
ölçüsü384 Kb.
#74951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
eng to`gri

Singarmonizm.
Singarmonizm deb so`zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o’zakka qo`shimchalarning talaffuz jihatdan uyg’unlashishiga aytiladi. Qadimgi turkiy tilda singarmonizmning ikki qonuni mavjudligi aniq:
1) tanglay uyg’unligi yoki palatal attraksiya;
2) lab uyg’unligi yoki labial attraksiya.
Tanglay uyg’unligi - so`zdagi tovushlarning bir-biriga va qo’shimchalarningo’zakka qatorda va qalin-ingichkalikda moslashuvidir:
Yashыmqa (yoshimda) elig (elni , davlatni)
Ilgәrә (oldinga) og’uzg’aru (o`g`uzga)
Bәrtimiz (bordik) bilig (bilim)
Lab uyg’unligi - birinchi bo`g`indagi unliga keyingi bo`g`indagi unlining yoki o`zakdagi unliga qo`shimchadagi unlining lablanish jihatdan moslashuvi.
Ishig (ishni) sumuz(lashkarimiz)
inim (ukam) kuchug (kuchni)
әlimiz (davlatimiz) kuzum (ko’zim)
Qadimgi turkiy tilda nutqning tovushdan boshqa fonetik bo’laklari, urg`u va intonatsiya hozirgi turkiy tillarnikidek o`zgacha bo’lganligini ko`rsatuvchi dalillar yo`q.
Singarmonizm hodisasi hozirgi bir guruh turkiy tillarda to`la aks etgan bo`lsada, hozirgi bir guruh turkiy tillarda kuchsizroq xususiyatga ega. Tukiy tillarda singarmonizm qonuni mavjudligini birinchi bo`lib XI asrdayoq M.Qoshg’ariy tasdiqlagan. U turkiy so`zlarning o`zak xarakteriga qarab qattiq o`zakli so`zlarga qattiq affikslar, yumshoq o`zakli so`zlarga yumshoq affikslar qo’shilishi haqida so`zlagan.
Urg`u
Turkiy tillarda tarixan urg’u qanday holatga ega ekanligi, yechilmagan chigal masalalardan biri hisoblanadi. Tarixiy yozma manbalarda urg’u haqida biror ma`lumot ham mavjud emas. Turkiy tillarda singarmonizm qonuni so’zlarning talaffuzida boshqaruvchi vazifasini bajaradi, urg`u bilan singarmonizm qonuni o`rtasidagi munosabat hanuz ham ochilmagan, turli tillarda singarmonizm qonuni tarixan urg`u bilan moslashib qolgan. Turkiy so’zlarda bosh urg`u qaysi bo`g`inga tushishi masalasida ham turlicha qarashlar uchraydi, ikkinchi darajali urg`u turkiy so`zlarda qaysi pozisiyada uchrashi haqida ham turlicha qarashlar mavjud.
Shuningdek, turkiy tillarda urg’uning tarixan qaysi turlari qo’llanilishi masalalari ham to`la aniqlanmagan. Shunga ko’ra, turkolog olimlar tomonidan turkiy so`zlarning qaysi pozitsiyasiga qanday urg`u tushganligi haqida turlicha fikrlar aytilgan. Radlov, Boduen, de. Kurtene Korsh singari turkologlar turkiy tillarda urg’u so’zlarning bosh bo`g’iniga tushganligini ta`kidlashsa, Sevortyan, Shcherbak, Baskakov kabi olimlar urg`uni so`zlarning oxirgi bo’g’iniga tushishini ta`kidlaydilar.

Yüklə 384 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin