Qadimgi turkiy til va uning taraqqiyot yo`llari (2 soat) Dars rejasi



Yüklə 384 Kb.
səhifə9/18
tarix15.12.2022
ölçüsü384 Kb.
#74951
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
eng to`gri

Sifatlarning yasalishi.

  1. –lыg`, -lig, -lug`, -lug. Bu qo`shimchalar otdan sifat yasaydi va
    egalik hamda nisbatni bildiradi. ekin(ekin) - ekish1ig(ekinli).

  2. -sыz, -siz, -suz, -suz. Bu qo`shimcha otdan egasizlik va yo`qlik
    bildiruvchi sifat yasaydi. Bilig (bilim) – biligsiz (bilimsiz).

  3. -saq, -sәk. Bu istak bildiruvchi fe`l yasovchi -sa, -sә hamda
    fe’ldan sifat va ot yasovchi -q, -k qo`shimchasining birlashuvidan
    hosil bo`lgan. Bag`ыr (jigar) - bag`i|rsaq (ko`ngilchan).

  4. -sыg`, -sig. Bu qo`ishimcha otdan sifat yasaydi va o`xshashlik
    ma`nosini bildiradi. Qul (qul) - qulsыg`(qulsimon); beg (bek) -
    begsig (beksimon).

5. -q`ы, -ki; (-g`i, -gi). Bu qo`shimcha ot, ravish va olmoshdan
nisbiy sifat yasaydi. Jarangsiz undosh bilan tugagan qalin negizga
-qы, ingichkasiga -ki; jarangli undosh bidan tugagan qalin negizga
-g`i, ingichka negizga -gi qo`shiladi.
Ay (oy) - ayq`ы (oyga oid); yay(yoz) - yayg`ы (yozgi); ichrә (ichda) -ichrәki (ichidagi).
6. -z qo`shimchasi. Bu qo`shimcha fe’ldan sifat yasaydi. u- (qila
bil) – o`z (mohir).
7. -l qo`shimchasi. Bu qo`shimcha yashыl (yashil), qыzыl),
tukәl (tugal) singari so`zlar tarkibida uchraydi.
-raq formasi. Bu davr yodgomalarida hozigi o`zbek adabiy tilidagi -roq qalin
(-raq) va ingichka (-rәk) variantlariga ega va u sifatning orttirma darajasini bildiradi.
Yig (yaxshi) - yigrәk (eng yaxshi)
Artuq (ortiq) – artuqraq (eng ortiq)
Son
Yodnomalarda sanoqqa oid bir xususiyat bor bo`lib, u o`ndan yuqori birligi bor ikki xonali sonlarga taalluqlidir. Bunda birlik oldin aytilib, undan so`ng shu songa oid o`nlik emas, undan keyingi o `nlik aytiladi. Bes yigirmi (o`n besh), altы yigirmi (o`n olti), yeti yigirmi (o`n yetti), bir otuz (yigirma bir), uch otuz (yigirma uch), altы otuz (yigirma olti)
O`nlik oldin aytilganda esa undan so`ng birlikdan oldin artuqi so'zi orttiriladi: otuz artuqы to`rt yashыma (o`ttiz to`rt yoshimda).
Hozirgi ikkilangan undoshli sonlarda qadimgi turkiy tilda bir undosh bo`lgan: iki (ikki), yeti (etti), sekiz (sakkiz), toquz (to`qqiz), otuz (o`ttiz), elig (ellik). Yigirma soni yigirmi, sakson sekiz on, to`qson toquz on, ming bing shakliga ham ega. O`n ming tuman soni orqali ham ifodalanadi.
Tartib son qo`shimchasi fonetik variantlarga ega va hozirgi oxiridagi i unlisi yo`q: uchunch (uchinchi), tortunch (to`rtinchi), besinch (beshinchi). Birinchi o`rnida bashtыnqы yoki ilki va ikkinchi o`rnida iknti ishlatiladi.
Jamlovchi son qo`shimchasi -ag`u, әgu shakliga ega; altы (olti) -altag`u (oltov);
uch (uch) - uchәgu (uchov).
Taqsim son formasi -(r)-ar, -(r), -әr qo`chimchasi bilan yasaladi:
bir(bir) - birәr (bittadan)
uch (uch) - uchәr (uchtadan)
altы (oltы) – altыrar (oltitadan)
iki (ikki) - ikirәr (ikkitadan).
Olmosh
Qadimgi turkiy tildagi olmoshlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. O`zlik olmoshi. Өz dan tashqari, kentu (kәndu) so`zi bilan ham
ifodalanadi. Өz aslida ot bo`lib, u "nafs" va "jon" ma`’nolarida ham ishlatilgan.
Өz olmoshi aniqlovchi vazifasida kelib, aniqlanayotgan predmetning ma`lum shaxsga qarashliligini, xosligini ta’kidlab ko`rsatadi. Masalan, Uusuf kөz`igә baqdы, өz yuzini kөrdi.
2. Kishilik olmoshi. Kishilik olmoshlari qadimgi turkiy
tilda quyidagicha ko`rinishda bo`ladi:
Birlik
I shaxs - men
II shaxs - sen
III shaxs - ul
Ko`plik
I shaxs - biz, bizlar
II shaxs sыz
Sыz formasi ba’zan II shaxs birlik ma’nosida qo`llanib tinglovchiga nisbatan hurmat bildiradi.
III shaxs ko`pligi - ular, alar, anlar. XIII - X1V asrlarda, asosan
ular, anlar formalari qo`llangan. XV asr va undan keyingi davrda
alar formasi qo`llangan.
3. Ko`rsatish olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda ko`rsatish
olmoshlarining bu, ul, u, ushbu, oshul, oshal, shul kabi formalari
keng qo`llanilgan bo`lib, ayrim yodgorliklarda ush, shu, osha, oshu, әnә,
mәnә, hamul,. hamin kabi formalari ham uchraydi. Bu formalar
etimologik jihatdan ham ma`no va funksiyasi jihatdan ham bir-
birlari bilan o`zaro bog`liq va bir-birlarini to`ldiradi.
4. So`roq olmoshi. Qadimgi turkiy tilda qo`llangan so`roq,
olmoshlari katta guruhni tashkil etib, tuzilishi jihatdan tub va
tarkibli so`zlardan iborat. So`roq olmoshi nima o`rnida nә, qaysi
o`rnida qan(y)u, qayu va qanday o`rnida nәluk ishlatiladi.
5. Birgalik olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda birgalik
olmoshlarining barcha, barы, ba`zi formalari keng qo`llanilgan.
Hamma birgalik olmoshi o`rnida qamug` va alqu iste`mol qilinadi.

  1. Belgilash olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda ham, hozirgi
    o`zbek tilidagi kabi belgilash olmoshlarining sodda va murakkab
    formalari is`temolda bo’lgan. Sodda formasi har, murakkab
    formalari esa har so`ziga so`roq olmoshlaridan birini qo`yish yo`li
    bilan hosil qilingan. Har kim, har nimә, har qaysы, har qachon, har
    nәgә, har nechuk, har qayan har belgilash olmoshi o`rnida sayu
    ishilatiladi. Qop-qop yag`ы ermish - hamma dushman edi.

  2. Gumon olmoshi. Qadimgi turkiy tilda gumon olmoshlarining
    quyidagi formalari qo`llangan: kimsә, nimәrsә, nәrsә, birәv,
    birәgu. Bu olmoshlar qadimgi yodgorliklar tili uchun xarakterli
    emas. Kimsә, nimәrsә, birәv, birәgu shaxsga nisbatan, nimәrsә,
    nәrsә predmetlarga, jonivorlart nisbatan, falan har ikkala holda
    ham ishlatiladi.

8. Bo`lishsizlik olmoshi. Qadimgi turkiy tilda ham
bo`lishsizlik olmoshlari hozirgi o`zbek tilidagi kabi sodda va
murakkab formalarga ega.Sodda formasi hech. Murakkab formalari
esa hech so`ziga so`roq olmoshlaridai yoki gumon olmoshlaridan birinini, narsa so`zini qo`shish yo`li bilan hosil bo`ladi: hich kim, qech kimsә, hech kim әrsә, hech nimәrsә, hech nәrsә, hech qaysы kabi. Inkor olmoshi hech o`rnida nәng iste`mol qilinadi.
Ravish
Qadimgi turkiy tilda hozirgi o`zbek adabiy tilida yo`q bo`lgan ravishlar bor. Masa1an otru (so`ngra), kisrә (keyin), kәru (orqaga), oңre (oldinga, oldinda) kabi ravishlar shular jumlasidandir.
Ba’zi ranishlar shaklan va mazmunan o`zgargan. Masalan, qadimiy qop (butunlay) hozir xo`p shaklida va ma`nosi ham bir oz toraygan. Endi emti shakliga, quyi qudы shakliga ega.
Qadimgi turkiy tilda ravishlar boshqa so`z turkumlariga nisbatan ko`p emas. Shunday bo`lsa-da, bir qator ravishlarni uchratish mumkin. Manjud ravishlarni ham tub va yasama negizlarga ajratish mumkin.
Tub negizlarga teg (o`xshash), oq (erta), yana (yana), emti (endi), ashnu (avval) kabi ravishlarni kiritish mumkin.
Yasama ravishlar quyidagi affikslar orqali hosil qilinadi:
1. -dы; -di; -tы; -ti qo`shimchasi.
qatыg` (qattiq) – qatыg`dы (qattiq qilib)
edgu (yaxshi) - әdguti (yaxshilab)
2. -la; -lә qo`shimchasi.
- t unlә (tunda)
3. -cha; -chә qo`shimchasi.
Azraq (juda oz) – azraqcha (juda oz holda)
Turk (turk) - turkchә (turkchasiga)
4. -ra; -rә qo`shimchasi.
as (ost) – isra (ostda)
ich (ich) - ichrә (ichda)
Bu qo`shimchalarning ham yuqorilardagidek qaysi variantlarda qo`llanlshi negizning ingichkaligi va lablangan -lablanmaganligiga bog`liq.
Bu kelishik qo`shimchasi -qaru; -kәru dan vujudga kelgan. Bundan tashqari qadimgi turkiy tilda, xuddi hozirgi turkiy tillarda bo`lgani singari, zamon va makon hamda vosita kelishigi qo`shimchalari ravish yasashi mumkin.
Ravishlarning quyidagi ma`no turlari qayd qilinadi:
I. Payt ravishlari. Bukun, kuntuz, emti, kuntәmәk (har kuni)
2. O`rin ravishlari. Tashtыrti (tashqari), isrә (ichida),
birayә (o`ngda), yыraya (chapda).

  1. holat ravishlari. Yashuruqы (yashirish), arыtы (to`la), yaqыn
    timin (asta-sekin)

  1. Daraja-miqdor ravishi. Muncha, ancha.

Fe’l
Fe’l yasovchilar. Qadimgi turkiy tillarda quyidagi fe’l yasovchi qo`shimchalar bor:
1. -a; -ә qo`shimchasi. Ot va sifatdan fe’l yasaydi.
at (ot) – ata (ata)
tuz (to`g`ri) - tuzә (to`g`irlamoq)
2. -la; -lә qo`shimchasi. Otdan fe’l yasaydi. Yay (yoz) – yayla (yozni
o`tkaz)
su (lashkar) - sulә (lashkar tort)

  1. -lan; -lәn qo`shimchasi. Ot va sifatdan fe’l yasaydi. Qan (xon)

    Yüklə 384 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin