-ad; -әd qo`shimchasi. Bu qo`shimchadagi d o`rnida tish ora z ham
bo`lishi mumkin. Otdan fe’l yasaydi.
Qul (qul) – qulad (qulga aylan);
Kung (cho`ri) - kungәd (cho`riga aylan).
5. (-ы), -q, -(i)k qo`shimchasi. Otdan fe`l yasaydi.
tash (tashqari) - tashыq (tashqari chiq)
ich (ichkari) – ichik (ichkari kir)
6. -sыra, -sirә qo`shimchasi. Otdan fe’l yasaydi va "-sizlan"
ma’nosida ishilatiladi:
qag`an (xoqon) - qag`ansыra (xoqonsiz bo`l)
el(davlat) - elsirә (davlatsizlan)
7. -sa, -sә qo`shimchasi. Ot na fe’ldan fe’l yasab, istak bidiradi.
et (gusht) - etsә (go`shtsiradi)
ach (och) – achsa (ochmoqchi bo`ldi)
Daraja formalari. Qadimgi turkiy tilda quyidagi orttirma daraja qo`shimchalari bor:
1- -z qo`shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida asosan tor unli paydo bo`ladi:
tut(tut) – tutuz (tutqiz)
2. -r qo`shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida asosan
tor, ba’zan keng unli paydo bo`ladi;
yash (yashirin) - uashur(yashir)
өl(o`l) - өlur (o`ldir)
3. -m qo`shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida bir tor
unli paydo bo`ladi:
oqы (o`qi) – oqыt (o`qit)
kuchә (zo`rla) - kuchәt (zo`rlat)
4. -tur, -tur, -dur, -dur qo`shimchasi.
aq(oq) - aqtur(oqiz)
bin (min) – bintur (mindir)
5. -qur, -kur, -g`ur, -gur qo`shimchasi.
6. -l. -n, -q(-k) o`zlik va majhul darajada fe’l formalarini
yasaydi. Undosh bilan tugagan negizlarga qo`shilganda oldida bir tor
unli paydo bo`ladi va uning sifati o`zakning qalin-ingichkaligi va
oxirgi bo`g`indagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog`liq.
Adыr (ayir) – adrыl (ayril)
Bol (bo`l) – boduq (bo`lin)
-n qo`shimchasi sub`ekt hiraktni harqiqatda bajarmasdan, bajarayotgandek qilib ko`rsatganda ham ishlatiladi.
7. -sh(-s) qo`shimchasi birgalik va raqobatni anglatadi. Undosh
bilan tugagan negizga qo`shilganda oldida tor unli, n li lahjada
keng unli paydo bo`ladi.
baq(qara) - baqыsh (bir-biriga qarshi)
oqu (chaqir) – oqush (chaqirish)
Bo`lishsiz forma. Fe’lning bo`lishsiz formasi -ma, -mә qo`shimchasi bilan yasaladi. Buning -ma varianti qalin negizga, ingichka negizga -mә orttiriladi.
bar(bor) - barma(borma)
kel(kel) - kәlmә (kelma)
Buyruq va istak formalari. Buyruq formasining ikkinchi shaxs birligi fe`lning bo`lishli va bo`lishsiz negizi bilan yasaladi.
Ay (ayt), esid (eshit), barыn (boring(iz).
Buyruqning -qыl, -kil, -gыl, -gil formasi ham bor: bilgil (bilgin), qachg`ыl (qochgin). Buyruq formasining III shaxsi -zun, -zun qo`shimchasi bilan yasaladi. barzun(borsin), barmazun (bormasin)-
Istak formasining I shaxs birligi -ayыn, (-ә)yin, ko`pligi -alim, әlыm qo`shimchasi bilan yasaladi:
Bol (bo`l) – bolayыn (bo`lay)
Bolma (bo`lma) - bolmalыm(bo`lmaylik)
N lik lahjada bu qo`shimchalardagi ы va i o`rnida a va ә kelishi mumkin.
Sifatdosh formalari. Qadimgi turkiy tilda quyidagi sifatdosh formadari mavjud:
I. –mыsh (mыs), -mish(mis), -mush, -mush formasi.
N li lahjada -mish, -mәsh shakliga ham ega. Hozirgi o`zbek tilidagi -gan sifatdoshi ma`nosida ishlatiladi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-inpgichkaligiga va oxirgi unlining lablangan-labdanmaganligiga bog`liq.
Qal (qol) – qalmыsh (qolgan)
Tut (tut) - tutmus(tutgan)
Bu sifatdosh ham sifatlovchi, ham kesim vazifasida keladi. ыchg`ыnmыsh bodunug` - qo`ldan chiqqan xalqni (Ktu. 13); kishi og`lы qыlы`nmыs - inson bolasi yaratilgan (Ktu, I).
2. -duq, -duq, -tuq, -tuk formasi. Bu ham sodir bo`lgan harakatni
sifatlashtiradi, qaysi variantining qo`llanilishi negizning qalin-
ingichkaligiga bog`liq.
bar(bor) - barduq(borgan)
bol(bo`l) - boltuq(bo`lgan)
Bu sifatdosh ham sifatlovchi, kesim va hol vazifasida keladi. barduq yerdә - borgan yerda (Kgu, 24); ichikduk uchun - taslim bo`lgani uchun (To`k, 3).
3. -g`u, -gu formasi. Bu forma sodir bo`lib turgan yoki sodir
bo`lishi lozim bo`lgan harakatni sifatlantiradi. Qaysi
variantining qo`llanishi yuqoridagi qo`shimchaniki singaridir:
bar(bor) - barg`u (borish ksrak bo`lgan, boriladigan)
kir(kir) - kirgu (kirish kerak bo`lgan, kiriladigan)
Hozirgi borgim yo`q, ko`rgisi kelmadi singari iboralaridagi -gi o`sha -g`u,
-gu ning yangi shaklidir. Undan so`ng -luq, -luk ham qo`llanilishi mumkin; uzguluk (uzadigan). Bu qo`shimcha hozirgi o`zbek tilida ham bor: ko`rgiligi bor ekan, borgilik qilmasin.
4. -tachы, -tәchi, -dachы, -dәchi formasi. Bu forma sodir bo`lishi
muqarrar bo`lgan harakatga bog`liq sifatni bildiradi:
bol(bo`l) – boldachы (bo`lajak)
өl(o`l) - өltәchi (o`lajak)
5. -sыq(-sыg`), -sik(sig), -suq(-sug`), -suk(-suk) formasi. Bu
forma doimiylik yoki munosiblik, loyiqlikli bildiradi. Qaysi
variantining qo`llanishi negizning qalin-ingichkaligiga va oxirgi
unlining lablangan-lablanmaganligiga bog`liq.
alqan(olqishlan) – apqansыq (olqishlanishga loyiq)
tut(tug) – tutsuq (tutishlik, tutishga loyiq)
6. -g`uchi -guchi, -quchы, -kuchi formasi. Qaysi variantining
qo`llanishi negizdagi unlining sifatiga va qalin-ingichkaligiga
bog`liq. Bu qo`shimcha harakat nomi qo`shimchasi bilan ot yasovchi –chы,
-chi qo`shimchasining qo`shilishidan hosil bo`lgan. Shuning uchun bunda
snfatdoshlikdan ko`ra otlik xususiyati ko`proq:
kul(kul) –kulguchi (kuluvchi)
ay(ayt) – aug`uchi (mushovar, maslahatchi).