Aniqlovchi ergash gapli konstruksiya. Yodnomalarda aniqlovchi
ergash gapning maxsus turi uchraydi va bevosita o`zi aniqlab kelayotgan otning oldida qo`llanadi. Bu xil ergash gaplar bosh gap tarkibiga kiradi, tashqi intonatsiya tomonidan bir gap sifatida o`qiladi: Tinsi og`lu yatыg`ma Bәngligәk tag`ыg`, (To`n,44> - Tinsi o`g`li yashaydigan Bangligak tog`ini . . .
To`ldiruvchi ergash gapli konstruksya. To`ldiruvchi ergash gap
bosh gap tarkibidagi olmosh—to`ldiruvchi yoki fe`l-kesimning ma`nosini izohlaydi va bosh gap mazmunini to`ldiradi: nәngnәng sabыm әrsәr, banggu tashqa urtыm (KTD1) — Nimaiki so`zim bo`lsa, mangu toshga urdim.
Bir necha ergash gapli konstrukiya
Qadimgi yodnomalar tili ma’lum darajada shakllangan yozma adabiy til edi. Shuning uchun ham bu yodnomalarda qo`shma gapning turli formalari — bir necha ergash gapli qo`shima gaplar, ergash va bog`lovchisiz gaplarni o`z ichiga olgan murakkab sostavli qo`shma gaplar qo`llaniladi.
Yodnomalarda bir necha ergash gapli qo`shma gapning har ikki turi (bir tipli va turli tipli) qo`llanadi. Yza tengri basmadar asra yertelinmeser turuk bodun elining toruning kim artat`! — Tepadan osmon bosmagan bo`lsa, pastda er yorilmagan bo`lsa, turk xalqi davlatingni, hukumatingni kim buzdi? Elteris qag`an qazg`anmasar, yoq erti erser, (man yoq ertim erser qapag`an qaqagin turk sir bodun yerinte bodun Yeme kshnn yeme, idi yeme yuq ertechi zrga — Eltarish xoqon qozonmasa yo`q bo`lgan bo`lsam Qapag`an xoqon, turk sir xalqi eri ham, xalq ham, kishilar ham, hukmdorlar ham yo`q bo`lgan bo`lardi. Tengrya yar liqadu^n UchUn, ozim qut`sh bor UchUn qag`an ayaurt`sh — Tangri yorlaqagani uchun, o`zimning baxtim bor uchun, xoqon bo`lib o`tirdim. B) Tvngri Yarl`gqaduq UchUi, okUsh teyUn biz qorqmadshshz, sungushdumiz — Tangri yorlaqagani uchun, ko`p deb biz qo`rqmadik, urushdik.
Murakkab sostavli konstruksiyalar.
Tarkibi ham gipotaksis, ham parataksis tipli konstruksiyalardan tuzilgan murakkab sostavli qo`shma gaplar uchraydi: Tangri kuch bertuk uchun qanshm qag`ai sO`sy bori gdg ermis, yzk`1s`1 qony tag armis - Tangrim kuch bergani uchun, otam xoqonning lashkari bo`riday ekan, dushmani qo`yday ekan. Yuyqa qal`sh bolsar toplag`uluq alp ermis. Yinchka yog`an bolsar uzguluk alp әrmis — Yupqa qalin bo`lsa, to`plovchi alp bo`ladi, ingichka yo`g`on bo`lsa, uzuvchi alp bo`ladi.
Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar ko`p bo`lmay, topilgan yodnomadar ham ma`lum bir sohaga oiddir. Ularning sgali chegeralanish bo`lsa ham, qadimgi turkiy til sintaksisi bo`yicha ba`zi xulosalarga kelish mumkin.
Qadimgi turkiy til shakllangan, ma`lum qolipga tushirilgan tildir. Bu til strukturasida murakkab, keng sosgavli gaplar, parataksis va gipotaksis konstrukciyalar ham, alohida sodda gaplar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: |