Dars rejasi: Qadimgi turkiy tilning umumsintaktik xususiyatlari.
So`z birikmalariga xos xususiyatlar. Bitishuv xususiyatlari.
Boshqaruv xususiyatlari. Moslashuv xususiyatlari.
Gap. qadimgi turkiy tilda sodda gap turlari.
4.Gap bo`laklari. Egaga xos xususiyatlar. Kesimga xos xususiyatlar. To`ldiruvchiga xos xususiyatlar. Aniqlovchiga xos xususiyatlar. Holga oid xususiyatlar. Uyushiq bo`laklari.
Adabiyotlar:
G`.Abdarahmonov, A.Rustamov Qadimgi turkiy til. T.: O`qituvchi,
]982 y. 42-53 betlar.
2. I.Azimov, M.Rahmatov. Qadimgi turkiy til. Toshkent, 2005-yil.
3. V.G.Kondrat`ev Ocherk grammatiki drevnetyurkskogo yazika.
Leningrad, 1970
A.M.Sherbak. Grammaticheskiy ocherk yazika tyurkskiy tekstov X-
XSh vv. Iz Vostochnogo Turkistana. M.-L., 1961. Str.21-26
G.A.Abdurahmonov. Issledovaniye po starotyurkskomu sintaksisu
(XI vsk), M., 1967.
Ma`ruzaning to`la mazmuni.
Tekshirish savollari.
Hozirgi o’zbek adabiy tili sintaktik strukturasidan qadimgi
gurkiy til sintaktik strukturasining farqi va o`xshashlik
tomonlari nimalardan iborat?
Qadimgi turkiy tilda so`z birikmalari, ularni tashkil etgan bo`laklarki o’zaro aloqaga kirish usuliga ko`ra turlarini
tushuntirib bering.
Qadimgi turkiy tilda gap bo`laklari haqida ma`lumot bering.
Tayanch tushunchalar.
Predikativ birikmalarga ravishdosh, sifatdosh yoki shart fe`li boshqargan so`z birikmalari kiradi. Bunday birikmalar tarkibida grammatik ega-kesim bo`lmaydi, shuning uchun ham ular gap bo`la olmaydi.
Har bir tilning, shu jumladan o`zbek tilining gap qurilishi, so’zbirikmalari, gap bo`laklari, ular orasidagi mazmun va grammatik aloqalar uzoq tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Bu taraqqiyot shu tilning ichki taraqqiyot qonunlari asosida va boshqa tillarning ta`siri tufayli ro`y beradi.
Qadimgi turkiy til o’zbek va boshqa ko’p turkiy tillarning shakllanishida asos bo`lgan. Ammo bu turkiy tilning o`zi ham ma`lum taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirgan, shakllangan, ma`lum bir qolipga tushgan yozma til edi. Har qanday tilning qurilishi asta-sekinlik bilan taraqqiy etadi, o`zgaradi. qadimgi turkiy tilning tuzilishi, sintaktik strukturasi bilan hozirgi zamon o’zbek va boshqa turkiy tillarning tuzilishi o`rtasida ko`p o`xshashlik va farqli tomonlar bor. Bu tilning bir-bir yarim ming yillik taraqqiyoti natijasidir.