Tilning lug’at sathi



Yüklə 5,75 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü5,75 Kb.
#196577
abdullayeva qutlugnigor

Tilning lug’at sathi


Lug’at sathi Tilning lug’at sathi tilda mavjud bo’lgan so’zlarning yig’indisidan iborat. Lug’at sathi tilning fonetik-fonologik va grammatik sathlaridan har doim o’zgarib va rivojlanib turishi bilan ajralib, farqlanib turadi. Fan, texnika, madaniyatning rivojlanish jarayoni lug’at sathining doimiy o’zgarib turishini taqozo etadi. Shunga ko’ra, tilning lug’at sathi paydo bo’lishi va qo’llanilishi doirasi jihatdan bir-biridan farqlanadigan bir necha qatlamlardan tashkil topadi

 Lug’at sathining asosiy birligi hisoblangan so’z yordamida kishilar predmet va hodisalarni ifodalaydilar; gapda esa so’zlar o’zaro birikib fikr ifodalash imkoniyatini yaratib beradi. Lug’at sathini leksikologiya o’rganadi. So’zning ta’rifi, so’z va predmet, so’z va tushuncha, lug’atning o’zgarishi, so’zlarning bir-biri bilan munosabati, lug’atning qatlamlari kabi muammolar leksikologiya o’rganadigan asosiy masalalar hisoblanadi. So’zlarning boshlang’ich ma’nosi va shaklida bo’lgan o’zgarishlarni etimologiya, lug’at va uning tuzilishini leksikografiya, so’zning ma’nosi va uning taraqqiyotini semasiologiya o’rganadi. Frazeologizmlar leksikologiya bilan bog’liq holda o’rganiladi.

Tilning lug’at tarkibi bir nechta nuqtayi nazardan o’rganilishi mumkin. Tilning lug’at qatlamini tarixiylik nuqtayi nazaridan o’z va o’zlashgan so’zlarga ajratish mumkin. Har bir tilda o’z qatlam so’zlari bilan bir qatorda o’zlashgan so’zlar qatlam so’zlari ham uchraydiki, bu tilning mavqeyi, ijtimoiy-tarixiy jarayon, xalqlar va tillar o’rtasidagi turli munosabatlar ta’siri bilan izohlanadi. Lug’at qatlamining ma’lum qismi sheva so’zlaridan iborat. Sheva so’zlari asosiy aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi. Sheva so’zlarining adabiy til lug’atini boyitishda alohida o’rni bor. Tilning lug’at tarkibi iste’mol darajasi nuqtayi nazaridan ham turlichadir. Bu jihatdan faol va kam ishlatiladigan so’zlar farqlanadi


Leksikologiya (leksika va …logiya) — tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. L. har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi. L. tilshunoslikning leksikografiyafrazeologiya, semasiologiya yoki semantikaetimologiya, stilistika hamda soʻz yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan chambarchas bogʻliq. L.ning asosiy muammolaridan biri soʻzning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. L.da soʻzlarning maʼno jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaʼni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, soʻz maʼnolarining erkin yoki bogʻliq holda boʻlishi kabi masalalari ham oʻrganiladi. Leksika muayyan bir tizim sifatida koʻrilganda, soʻz maʼnolari va tushunchalarning oʻzaro bogʻliq holda boʻlishi koʻzda tutiladi. L. lugʻat tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, soʻzlarning uslubiy jihatdan tasnifiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, soʻzlashuv va adabiy tillarda foydalanish meʼyorlarini, professionalizm, dialektizmarxaizmneologizm, leksikalashgan soʻz birikmalarini meʼyorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi.
Yüklə 5,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin