Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 62,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix22.12.2023
ölçüsü62,97 Kb.
#190279
1   2   3   4   5   6
abu-rayhon-beruniyning-qadimgi-xalqlardan-qolgan-yodgorliklar-asaridagi-ayrim-tarixiy-antroponimlarning-leksik-semantik-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
1267 
xalqining uzoq madaniy va ma’naviy qadriyatining ajoyib durdonalaridan biri. 
Chunki bu nomlarda xalqimiz bosib oʻtgan ziddiyatli tarixiy yoʻl, keng ommaning 
turli-tuman orzu-umidlari, armonlari, falsafiy, diniy, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy-
estetik qarashlari, qadimiy oʻtmishdan guvohlik beruvchi e’tiqodlari, oʻziga xos 
rasm-rusumlari, insonga boʻlgan hurmat-ehtiromi, farzandiga qaratilgan mehr-
muhabbati oʻz ifodasini topgan. 
 
Ma’lumki, antroponim (yunoncha: antropos – antropos + onoma – atoqli ot) –
kishi atoqli oti (ism, familiya, laqab, taxallus, patronim va boshqalar). Atoqli ot 
tiplaridan biri. Ma’lum bir tilda mavjud bo‘lgan barcha kishi atoqli otlari majmui, 
fondi antroponimiya deb yuritiladi. Antroponimika yoki ismshunoslik esa onomastika 
(nomshunoslik)ning kishi atoqli otlari (antroponimlar)ning paydo bo‘lishi, rivoji va 
vazifaviy xususiyatlarini o‘rganuvchi bo‘limidir.
Antroponimik tadqiqotlarning o’zbek tilshunosligidagi dastlabki tadqiqotchisi 
professor E.Begmatov hisoblanadi. Undan keyingi tilshunosligimiz taraqqiyotida, 
xususan, antroponimik izlanishlar borasida N.Oxunov, S.Qorayev antroponimlarning 
lisoniy tadqiqiga oid ishlar sirasida G’.Sattorov, S.Rahimov, S.Kenjayevalar 
tomonidan amalga oshirilganligini ta’kidlash lozim. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida 
juda ko‘plab shaxs nomlari tilga olingan.Mazkur antroponimlar bir vaqtda va bir 
hududda yashagan hamda turli davrlarda, turli huddudda yashaydigan kishilarning 
atoqli oti bo‘lib, ular, eng avvalo, ichki va tashqi xususiyati bilan bir-biridan farq 
qiladi. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida
kishi nomlari (antroponimlar) alohida guruhni tashkil etadi. Ular o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Beruniyning ushbu asaridagi antroponimlar ham odatdagi nomlar 
kabi biror shaxsni boshqasidan farqlab, ajratib ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Ammo 
ular o‘zidagi voqealar silsilasi bilan turli tarixiy-etnografik, tarixiy-lingvistik va 
stilistik ma’nolarni mujassamlashtirgan. 
Tarixiy shaxslar nomlari hayotda yashagan aniq shaxslardir. Nomlarda Beruniy 
asari bilan bog‘liq davr, xalqlarning urf-odatlari, yashash tarzi, eski til unsurlarining 
ham ifodalanishini anglash qiyin emas. Beruniy asari antroponimlari tizimida tarixiy 
shaxslar sifatida talqin qilinishi mumkin bo‘lgan davlat boshqaruvidagi 
shaxslar(podshohlar), olimlar, shoirlarning ismlari ham mavjud. Quyida ana shunday 
tarixiy shaxs nomlaridan ayrimlari haqida to‘xtalamiz.

Yüklə 62,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin