Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023 1270
Keyin Daqlityonus tarixi keladi. U sanamlarga ibodat qiluvchi Rum podshohlarining oxirgisidir. Podshohlik unga o‘tgach, uning avlodida qoldi 8 . Batlimus (Klavdiy Ptolomey – qadimiy grekcha ptolomos – urush, jang
ma’nolarini beradi.)
– mashhur yunon astronomi va geografi. 168-yillarda vafot etgan.
127 – 151-yillarda Iskandariya shahrida kuzatishlar olib borgan. Bu nom Beruniyning
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida uchraydi.
Endi aytamanki: Quyoshning burjlar falakidagi harakati ulkulga qarshi harakat qilib, qaysi nuqta bo‘lsa ham uning harakatining boshlangan joyi deb faraz etilgan nuqtaga qaytib kelgunicha o‘tgan muddatga yil deyiladi. Yil to‘rt fasl-bahor, yoz, kuz, qishni va ularning to‘rt xil tabiatlarini o‘z ichiga olib, qayerdan boshlangan bo‘lsa, shu yerda tamom bo‘ladi. Bu aylanish Batlimus fikricha, [tez yo sust emas], bir-biriga tengdir, chunki u Quyosh avjida [hech qanday] harakat topmagan. Ammo Batlimusdan boshqa Sindhindga ergashuvchilar va shu davrdagi ba’zi [astronomlar] fikricha, Quyoshning aylanishi bir-biriga teng emas, chunki ularning kuzatishida Quyosh avji uchun harakat topilgan. Quyosh aylanishining teng yoki noteng bo‘lishidan qat’iy nazar, yillar to‘rt fasl va ularning tabiatlarini tamom o‘rab oladilar 9 . Batlimusning ma’nosi “askar” demakdir 10 . Qollib ( Kalipp – qadimgi grekcha chiroyli ot, tulpor ma’nosni beradi
) –
eramizgaca III asrda yashagan yunon astronomi. U 940 qamariy yil uchun 441
“noqis” va 499 “to‘la” kunlardan iborat 76 yillik davrani taqdim etgan. Birichi davra
boshlanishi eramizgacha 330 yil hisoblanadi. Qollib davrasidan Batlimus ham
o‘zining “al Mujastiy” asarida foydalangan, ammo u oy va kunlarni Misr kalendari
bo‘yicha belgilagan. . Bu nom Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar” asarida uchraydi.
Bu Qallib davrlarini bilmaydigan kishi “Al Mijastiy” kitobida bayon etilgan davrlarni ko‘rib, ularni qibtiy davrlari deb, dalil keltiradi 11 . Ibbarx (Gipparx – qadimgi grekcha) eramizgacha II asrda yashagan buyuk
yunon astronomi. U ham yil sikllarini hisoblagan va uniki Qollibnikidan aniqroq
bo‘lgan. Bu nom Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida
uchraydi.
U davrlarning har biri yetmish olti Quyosh yildir. Bu Qallib davrlarini bilmaydigan kishi “Al Mijastiy” kitobida bayon etilgan davrlarni ko‘rib, ularni qibtiy davrlari deb, dalil keltiradi; chunki Ibbarx va Batlimus kuzatish vaqtlarini, qibtiy 8
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.65.
9
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.46.
10
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.66.
11
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.63.