Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m av. 551 – 479-y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy»


Ijtimoiy-institutsional yoʻnalishlar (XX asr 50-60 y.)



Yüklə 91,48 Kb.
səhifə27/35
tarix21.05.2023
ölçüsü91,48 Kb.
#119017
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
iqtisod

28 Ijtimoiy-institutsional yoʻnalishlar (XX asr 50-60 y.).


Har qanday jamiyat institutsional muhitini tashkil etuvchi ma’lum bir institutlar doirasida faoliyat yuritadi va rivojlanib boradi. O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilidan boshlab besh tamoyil asosida1 bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar jarayonida ijtimoiyiqtisodiy hayotning barcha sohalarida o`zgarishlarga erishildi, iqtisodiyotning yangi xo`jalik yurituvchi sub’ektlari – yirik aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar va xususiy mulkchilikning turli shakllari barpo etildi. Shu bilan bir vaqtda ular faoliyat yuritishini belgilovchi rasmiy qoidalar (konstitutsiya, qonunlar, farmonlar va b.)ni hamda milliy qadriyatlar, urf-odatlar va boshqa norasmiy normalarni o`z ichiga oluvchi institutsional asoslar yaratildi. Ana shular jamiyatda mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlarini takomillashuviga, moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga kuchli ta’sir ko`rsatadi. Shu bois institutsional muhitni faollashtirish, faoliyat ko`rsatayotgan iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini bilish, uni modernizatsiya qilish yo`llarini tanlash va xavf-xatarning oldini olishning samarali vositasi zarur. Ana shunday vositalardan biri bo`ib intistutsional iqtisodiyot hisoblanadi. Institutsional iqtisodiyot – bu iqtisodiy nazariya va xo`jalik amaliyotini institutsional o`zgarishlarning o`zaro bog`liqligida o`rganuvchi zamonaviy iqtisodiy fikrlarning ilmiy yo`nalishlaridan biridir. Ushbu yo`nalish G`arb mamlakatlari iqtisodiyoti rivojlanishi, talab va taklif qonunlarining ishlashi, xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning hulq-atvori, bozor va ma’muriy mexanizmlarning faoliyat ko`rsatishi, iqtisodiy o`sish va shu kabi boshqa bir qator jarayonlar va hodisalarni o`rganishda keng tatbiq etib kelinmoqda. Shularni hisobga olganda ushbu nazariyani keng o`rganish va undan O`zbekiston iqtisodiyotida institutsional islohotlarni kengaytirish hamda barqaror iqtisodiy o`sishni ta’minlashni muhim nazariy asosi sifatida foydalanish mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunda institutsional iqtisodiyot fani iqtisodiy nazariyaning uzviy bir yo`nalishi sifatida dadil maydonga chiqdi. Ushbu fan Rossiya, Ukraina, Boltiq bo`yi va boshqa qator o`tish iqtisodiyotiga ega bo`lgan mamlakatlarning iqtisodiyot yo`nalishida kadrlar tayyorlovchi oliy o`quv yurtlarida keng o`qitilmoqda va mazkur fan bo`yicha kafedralar tashkil etilgan. E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur ma’ruzalar matnida neoinstitutsional nazariyaning metodologik asoslariga, asosiy qoidalariga, tamoyillariga, ushbu yo`nalish vakillarining ilmiy qarashlariga, jamiyatdagi rasmiy qoidalar va norasmiy normalarni muvofiqlashtirish muammosiga, norasmiy institutlarning roliga muhim ahamiyat berilgan. Shuningdek, ma’ruzalar matnida institutsional iqtisodiyotning tadqiqot usuli sifatida o`yinlar nazariyasi va modellashtirish tavsifiga, reja va bozor institutlari 1 Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. –T.: “O`zbekiston”, 1995, - 269 b. 4 faoliyati normalari hamda shartnomalar xillariga e’tibor qaratilgan. Transaksiya va transaksiya xarajatlari nazariyasi, transformatsion yondashuvning o`ziga xos xususiyatlari va uning ahamiyati hamda tahliliy usullari izohlab berilgan. Qo`llanmada institutlarni yangi institutsional muhitga joriy etish jarayonlarini o`rganishga keng o`rin ajratilgan.

Yüklə 91,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin