23
komponentlari zahar tarkibida bir nechta izomorflar holida bo‘lib, ulaming miqdori
ekologik faktorlarga
bog‘liq bo‘ladi. Zaharning sichqonlar uchun toksikligi (DL50) 0,5 mg/kg,
neyrotoksinniki I - 0,084 mg/kg, sitotoksinniki I - 1,1 mg/kg, fosfolipaza A j niki -
80 mg/kg. Kapchailon zahri muhim tizimlar va a’zolar: markaziy va periferik asab
tizimi, yurak-tomir va endokrin tizimlar, qon va qon hosil qiluvchi a’zolar, jigar va
buyrakni shikastlovchi keng miqyosdagi patologik reaksiyalarni chaqiradi.
Kapcha
ilon zahari
bilan zaharlanganda neyrotoksinlar eng katta
patogenetik ahamiyatga ega bo‘ladi, ular skelet va nafas olish mushaklarining falaj
bo‘lishini chaqiradi. Neyrotoksinlar ta’siri ko‘ndalang-targ‘il mushaklar N-
xoliretseptorlarining qutblamaydigan bloki tipida rivojlanadi, bu esa ularni
kuraresimon toksinlar tipiga kiritishga imkon beradi. Zahar sitotoksinlari
biomembranalar bilan samarali ta’sirlashib, eritrotsitlar gemolizini (bevosita litik
faktor), asab, mushak va yurak to‘qimalarining qutblanmasligini (kardiotoksik
ta’sir) keltirib chiqaradi. Sitotoksin II antikomplementar ta’sirga ham ega. Zahar
ta’sirliligida fermentlar ham muhim rol o‘ynaydilar. Masalan, atsetilxolinesteraza
atsetilxolinni gidrolizlaydi va shu bilan neyrotoksinlaming falaj qilish ta’sirini
oshiradi. Sitotoksinlarning biomembranaga ta’sirini fosfolipaza A
2
kuchaytiradi.
Bundan tashqari, fosfolipaza A
2
oPrganizmda zaharlanishni kuchaytiruvchi
ko‘pchilik fiziologik faol moddalarning ajralishiga moyillik qiladi. Shunday qilib,
kapcha ilon zahrining toksik komponentlari o‘ljani falaj qilishini ta’minlaydi.
Amaliy ahamiyati. Kapcha ilon zahari ilonlarga qarshi zardoblar ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi. Neyrotoksinlar atsetilxolin retseptorlarini molekulyar
tuzilishini o‘rganishda qo‘llanilsa, antikomplementar faktorlar ilmiy tadqiqotlarda
immunodepressantlar sifatida foydalaniladi. Zahar fermentlari biokimyoviy
tajribalarda qo‘llaniladi. Endonukleaza va fosfolipaza A
2
tijorat preparatlari
sifatida chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: