19
sevimli ozig’i qisoblanadi. Ozarbayjonda ko'lvor ilonlarni shu qushlarini berib
boqib, eng ko'p zahar olishga muvaffaq bo'lindi va ular tutqunlikda uzoq umr
ko'rdilar. Badxiz qo'riqxonasida Yu. A. Orlov ko'lvor ilonlarga
faqat yirik
qumsichqonlarni beradi.
Zaharini olish maqsadida qafasda boqiladigan ilonlarning hayot kechirish
davri unchalik uzoqqa bormaydi. Chet ellardagi ilonchilik pitomniklarida ular
odatda olti yildan ortiq yashamaydi. Toshkentda va
Bokuda olib borilgan tajriba
natijalariga qaraganda. ko'zoynakli va ko'lvor ilonlar to’g’ri temperatura rejimida
va to’g’ri boqilganda zahar berishini kamaytirmagan xolda bir necha yil yashay
oladi.
Odatda ilonning zahar zapasi 10 kundayoq qayta to'planishiga
qaramay
uning zahari 20—30 kunda bir marta olinadi. Ilon zaharini tez-tez olish ularning
toliqib qolishiga va nobud bo'lishiga olib keladi. Ilonlardan zahar olish usullari
uzoq tarixga ega. O'rta asrlarda ilon zahari ularning kallasini kesish yo'li bilan
olingan edi. Bunda ularning kallasi oldin quritilib, keyin hovonchada talqon qilib
maydalangan. Shundan bir oz keyin ilon zaharini olish uchun ularning zahar
ishlab
chiqaradigan bezlarini yorib olish qo'llanila boshladi. XX asrning boshlarida ilon
zahari ana shunday olingan edi. Bo'ynidan siqib olingan ilondan zahar olish uchun
unga Petri kosachasi yoki stakan tutildi. Ular qirrasi bilan ilonning tishiga yaqin
joydan ushlanadi va zahari tomchilab ajratiladi. Ilondan mumkin qadar ko'proq
zahar olish maqsadida uning bo'yni siqilib, boshi, yon tomonlari uqalab turiladi.
Hozirgi vaqtda hamma ilonchilik pitomniklari
oldida zaharli ilonlarni
qafasda ko'paytirish vazifasi turibdi. Ko'lvor ilonlar tuxumini inkubatsiya yo'li
bilan ochirish borasida Toshkentda va Ozarbayjonda olib borilgan tajribalar
ishonchli natija berdi.
Dostları ilə paylaş: