28
Ko'lvor
ilon qishlagandan keyin martda, baland tog’larda esa aprelda
chiqadi. Dastlabki kunlari ular kunduzi oftobda isinadi. Aprelning oxiri va
mayning boshlarida quyosh
botishi oldidan, bulutli kunlarda esa kunduzi ham
ko'rinadi. Ko'lvor ilon may oyidan boshlab butun yoz bo'yi tunda aktiv hayot
kechiradi.
Ozig’ini faqat yerda emas, balki daraxtlarda ham axtaradi. Asosan, mayda
qushlar
va kemiruvchilar, ba'zan kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko'lvor ilonlar
ba'zan ancha yirik o'ljani ham tutib yeydi. Masalan, bitta ilonning qornidan ko'k
kaptar topilgan,
boshqasidan ikkita quyoncha, uchinchisidan kichik ko'lbuqa ham
topilgan.
O'rta Osiyo respublikalarida ko'lvor ilon iyulda tuxum qo'yadi. Yosh ilonlar
avgust-sentyabrda chiqadi. Uch yoshida jinsiy voyaga etadi. Tutqunlikda odatda
uch yilcha yashaydi. Bir vaqtlar Riga hayvonot bog’ida ko'lvor ilon 17 yil
yashagan.
Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va ko'pincha uni oyoq yalang
bosib oladilar. Ko'lvor ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga o'z
vaqtida meditsina yordami ko'rsatilmasa, u halok bo'lishi mumkin. Zahari qonga,
jigarga ta'sir qiladi,
shishirib yuboradi, terida binafsha rang qizil dog’lar
ko'rinishida nuqtali qon quyilishi kuzatiladi. Ko'lvor ilonning zaharidan olinadigan
zaharga qarshi zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi.
Morfologiyasi.
Yirik
ilon
bo‘lib,
qorailonlar
orasida
eng kattasi
hisoblanadi. Uzunligi 1,6 m, hatto 2 m keladigan vakillari ham uchraydi. Zahar
tishlari 1,5 sm uzunlikda bo‘ladi. Boshi mayda tangachalar bilan qoplangan,
naqshlari bo‘lmaydi. Gavdasining usti qizg‘ish, jigarrang yoki to‘q kulrang bo‘ladi.
Ba’zan tanasi bir xil tusda bo‘lgan individlari uchrab turadi. Qorin tomoni oq
rangda, unda juda ko‘p miqdorda mayda qora xalqachalari mavjud.
Dostları ilə paylaş: