Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

Qo`shimcha adabiyotlar. 
1. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent, 1998. 
2. Tulenov J. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: O`zbekiston, 
1999. 
3. Tulenov J, Qodirov B, G`o`ofurov Z. Ma`naviy yuksalish sari. – Toshkent: 
Mehnat, 2000. 
4.Uvatov U. Donolardan saboqlar. – Toshkent: Abdulla Qodiriy, 1994. 
5. Yusupov E. Falsafa. – Toshkent: Universitet, 2000. 
6. Tulenov J. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. Ilmiy ishlar to`plami. – Toshkent: 
O`zbekiston, 1997. 
7. Hakimov I. Sog`lom muhit - sog`lom avlod. – Toshkent: O`zbekiston, 1999. 
8. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent:O`FMJ, 2004 
9. Achildiyev A.S. Milliy g`oya va millatlararo munosabatlar. – Toshkent: 
O`zbekiston, 2004. 
4-mavzu: Aksiologik ong va qadrlash tuyg`usi.
Reja: 
1.Aksiologiyaning asosiy mavzulari va ularning ilmiy-nazariy tavsifi. 
2.Aksiologik ong va uning o`ziga xosligi, aksiologik dunyoqarash, aksiologik idrok, 
aksiologik tushuncha va xulosalar, ularni qadriyatshunoslikning nazariy masalalari 
tizimidagi o`rni.
3.“Qadriyat” kategoriyasi, uning mohiyati va mazmuni aksiologik tarifi va tavfsifi.
4. Qadriyatning ob`ekti va sub`ekti. Uning qadir va baho tushunchalari bilan aloqasi. 
5. Qadriyatlarning namoyon bo’lish shakillari, ularning hilma-hilligi.
6. Istiqlol davrida yangi qadriyat shakillarining yuzaga kelishi.
Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo’linidai. Jumladan, 
inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo’q joyda biron narsaning 
qadr-qimmati xaqida so’zlash bema`nilikdir. SHuning uchun ham inson qadr-
qimmatini e`zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini 
o’stirish, sog’lig’ini saqlash xayotini himoya qilish davltimiz siyosatining asosiy 
yo’nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlarning, 
islohotlarning barchasi kishilar hayoti to’q, boy, go’zal bo’lishi, inson o’zini 
chinakam erkin his etishi, o’z mehnati natijasining, o’z taqdirining, o’z 
mamlakatining egasi bo’lishini ta`minlashga qaratilgandir. 
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, «jamiyatni isloh qilish va 
yangilash bo’yicha ko’p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suversi 
O’zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni har bir fuqaro shaxs sifatida 
o’zini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy xayotdagi 
barcha o’zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga erishishga – har bir kishining 
hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma`naviy jihatdan bayroq qilishga bo’ysundirilgan». 
Istiqlol tufayli jumhuriyatimizda keyingi yillarda shaxsiy haq-huquqlari, erkinliklari 
va qadriyatlarini muhofaza qilish masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi. 
Imzosiz xatlar yozish, tuhmat uyushtirish yo’li bilan kishlarni nohaq bezovta qilish, 


ularning qadr-qimmati va or-nomusiga tajovuz qilishlar mamlakatimizda qonun yo’li 
bilan taqiqlangan. Asosli, adolatli tanqid uchun o’ch olishga harakat qiladigan 
shaxslar, kimligidan qat`iy nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Vazifani suiste`mol 
qilgan mansabdorlar g’ayriqonuniy hatti-harakatlari uchun qonun qonun oldida javob 
beradi. 
Nogironlar, ruhiy kasal kishilar, mehnat qobiliyatini yo’qotgan, boquvchisidan 
mahrum bo’lib qolganlar, yolg’iz ayollar, qariyalarning haq-huquqlari davlat yo’li 
bilan muhofaza qilinadi, ularga moddiy, ma`naviy yordam ko’rsatiladi. Bizda 
odamlarning shaxsiy hayotlari, uy-joyining dahlsizligi, telefon so’zlashuvlari, 
yozishmalar pochta va telegraf orqali jo’natilgan narsalarning sir saqlanishi 
kafolatlanadi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari fuqarolar or-nomusi, qadr-
qimmatini saqlash va muhofaza etishga muhim vazifalardan biri sifatida qaraydi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga muvofiq fuqarolar o’z 
hayotlari va sog’liqlari, mulklariga va shaxsiy erkinliklariga, or-nomuslari va qadr-
qimmatlariga tajovuzlardan sud orqali himoya qilish huquqiga egadirlar. 
Kishilarning turmush farovonligini oshirish, ularning talab-extiyojlarini 
qondirish, ijtimoiy sohani tez sur`atlar bilan rivojlantirish masalasida ham 
O’zbekistonda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Inson farovonligini 
yaxshilashning eng asosiy masalalaridan biri ularni uy-joy, ichimlik suvi, gaz, elektr 
energiyasi, radio va telefidenie bilan ta`minlashdir. O’zbekiston rahbariyati 
tashabbusi bilan bu borada dastlabki jiddiy qadamlar qo’yildi. Qishloq aholisiga 
shaxsiy xo’jaliklarini kengaytirish va uy-joy qurish uchun er va mablag’lar ajratildi. 
Qurilish materiallari bilan yordam berildi. Jumhuriyatimizda yaqin-yaqinlardan 
boshlab paxta terimiga qo’shimcha haq to’lashning joriy etilganligi paxta va boshqa 
qishloq xo’jaligi maxsulotlarining xarid narxini oshirish ustida ish olib 
borilayotganligi, boshlang’ich sinf o’quvchilariga bepul ovqat, homilador, bemor 
ayollarni qo’shimcha yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta`minlash yo’lga 
qo’yilganligi, veteranlarning nafaqasini oshirish, nogiron, yolg’iz qolgan qariyalar va 
uy-internatlarining sharoitlarini yaxshilash uchun qo’shimcha mablag’ sarf 
etilayotganligi anashularning hammasi insonga bo’lgan munosabatlar 
yaxshilanayotganligining amaliy isbotidir. 
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. 
Tabiiy qadriyatlarga er va er osti boyliklari, suv, xavo, o’rmonlar, o’simliklar, 
hayvonot dunyosi va boshqalar kiradi. Markaziy Osiyo, hususan, O’zbekiston zamini 
hilma-xil qazilmalarga boy. Er yuzasiga yaqin yotgan qazilmalarning aksariyati 
ochilgan va ular xalq xo’jaligi fan va texnika taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda. 
SHu bilan birga hali ochilgan, ro’yodga chiqmagan konlar ham ko’p. Bu krlarning 
juda oz qismi bevosita er yuziga chiqqan bo’lsa, aksariyati er ostida yashirinib 
yotibdi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy xom ashyo buyumlari –«foydali 
qazilmalar» O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy 
qadiriyatlaridandir. O’zbekiston behisob tabiiy boyliklarga, qulay geografik muhitga 
ega. Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya`ni yonilg’i, har hil 
metallar, rudalar, havo, suv, o’simliklar dunyosi bo’lmasa, insoniyat yashay olmaydi. 
Tabiat biz uchun moddiy ne`matlarining bosh manbai sifatida ham, sog’lik, shodlik, 
turmushga mexr muxabbatning va har bir kishidagi ma`naviy boyliklarning bitmas-


tuganmas omili sifatida ham o’zining g’oyat zo’r ahamiyatini hech qachon 
yo’qotmaydi. 
Ona- er kishilar usun moddiy ne`matlar manbai, dastlabki mehnat vositalarining 
hazinasidir, insoniyat taraqqiyotining beshigidir. Erdan inson o’zi uchun zarur 
narsalarni undiradi. Er insonni boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi Vilazm Netti 
aytganidek, mehnat boylikning otasi bo’lsa, er uning onasidir. Insonning kundalik 
hayoti va sevinchlari ham er tufaylidir. SHunday ekan, inson uchun g’oyat darajada 
muhim va zarur bo’lgan hayot manbayi- erni qadirlamaslik, e`zozlamaslik mumkin 
emas! 
Zotan, O’zbekiston Konstetuttsiyasining 55-moddasida yozib qo’yilgan: «Er, er 
osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar 
umumilliy boyliklardir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir. 
Inson mehnati, hatti-harakati, aql-zakovati bilan yaratilgan «ikkinchi tabiat», 
ya`ni turli-tuman boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport 
vositalari, asbob uskunalar, turarjoy, mol-mulk, noz-ne`mat va shu kabilar moddiy 
qadriyatlar hisoblanadi. 
Ma`lumki, moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy texnika 
bazasi tashikl qiladi. Insoniyat jamiyatining har biri o’ziga xos moddiy texnika 
bazasiga ega. Ular bir-biridan sifat jihatidangina emas, balki miqdor jihatidan ham 
farq qiladi. Tosh va yog’ochdan yasalgan sodda qurollarni ishlatish, yoyning ixtiro 
qilinishi va ov qilish, olovdan foydalanishning kashf etilishi, metalldan mehnat 
qurollarini yasash va boshqa shu kabilar hammasi ibtidoiy jamiyat moddiy-texnika 
bazasi uchun harakterlidir. Biroz takomillashgan mehnat qurollarini dehqonchilik, 
hunarmandchilik va qurilish ishlarida qo’llash, og’ir jismoniy mehnat talab qiladigan 
barcha sohalarda qullarning mehnatidan shafqatsizlarcha foydalanish quldorlik 
jamiyatining moddiy texnika bazasi uchun xos belgilardir. SHamol va suv 
tegirmonlaridan foydalanish, metallarni eritish va ularni qayta ishlash yo’llarini 
yaxshilash feodal jamiyatiga taalluqli moddiy texnika bazasidir. Yirik va kuchli 
yutuqlaridan keng foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va 
mexanizatsiyalashtirish, yangi texnologiyani joriy etish, tabiiy, moddiy va mehnat 
resurslaridan har tomonlama foydalanish industrial jamiyatning moddiy texnika 
bazasini tashkil etadi. 
Respublikamizda taraqqiy etayotgan mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, 
issiqlikk energiyasi, transport va aloqa, kapital qurilish, engil, oziqovqat, agrar 
sanoati va boshqa moddiy boyliklar majmuasi mustaqil O’zbekiston xalqining 
moddiy qadriyatlarini tashkil etadi. Moddiy qadriyatlarning negizini mulk tashkil 
etadi. Davlat iste`molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, 
tadbirkorlik o’va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng 
huquqligini va huquqiy jihatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi. 
Insonning hayotida madaniy-ma`naviy qadriyatlar kata o’rin egallaydi. Unga 
ilmiy texnikaviy va intelektual imkoniyatlar, maorif, ta`lim-tarbiya, tibbiy xizmat, 
madaniy meros, turli shakllarda namoyon bo’ladigan madaniyat durdonalari, til, 
adabiyot, san`at, xalq hunarmanchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy 
yodgorliklar kiradi. 


Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot, san`atning 
markazi bo’lib kelgan. Bu zaminda etishib chiqqan buyuk mutafakkir jahon ilm-fan 
madaniyatini o’z kashfiyotlari va o’lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori 
cho’qqiga ko’taradilar. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar, 
Samarqand, Buxoro, SHahrisabz va Xiva muhtasham shaharlar yaratuvchilari bilan 
ajdodlarimizning ijodiyoti o’zining ulug’vorligi va go’zalligi bilan lol qoldirmoqda. 
«O’zbekistonda yuz berayotgan progressiv o’zgarishlar – deydi I.A.Karimov, - uning 
juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va intellektual 
imkoniyatlari, noyob milliy madaniy merosi, xalqimiz tarixi, hozirgi hayoti bilan 
qiziqayotgan dunyoning barcha mintaqalaridagi sisatchilar, bizneschilar, oddiy 
odamlarni o’lkamizga tobora ko’proq jalb etmoqda. 
Endilikda mintaqamizning boy ma`naviy madaniyati, uning noyob milliy 
qadriyatlari, bebaho falsafiy va ma`naviy merosi xalqimizning ruhiyati, ma`naviyatini 
yanada yuksak darajaga ko’tarish uchun xizmat qilmoqda. Biz SHarq tsivilizatsiyasi 
va madaniyatiga mansubligimiz bilan faxrlanamiz, deydi I.A.Karimov. bu omillar 
xalqni doimo bulg’usi o’zgarishlarga ma`naviy va ruhiy jihatdan tayyorlashga xizmat 
qiladi.
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o’rin 
tutadi. 
Erkinlik, tengsizlik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e`zozlab, 
qadrlangan. Insonning erkinligi, uning shon-shuxrati va qadr-qimmati 
jamiyatimizning oliy qadriyatlaridir. O’zbekistonda boshqa millat va xalqqa nisbatan 
do’stlik, birodarlik munosabatida bo’lish – bu o’zbek xalqi va milliy ruhiyatining 
ajralmas fazilatidir. 
Halqimiz hech qachon o’zini boshqa xalqdan ustun qo’ymagan. Boshqa 
millatlarga munosib darajada ehtirom ko’rsatgan. Respublika aholisi orasida 
ko’pchilikni tashkil qilgan o’zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o’z milliy 
madaniyatini va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot 
kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o’ziga xos madaniy – 
ma`naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topish va o’zligini namoyon 
etish uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas`ul 
bo’lishdan ham iboratdir. 
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida 
ahamiyat kasb etadi. «Ko’p millatli jamiyatimizda, - deydi I.A.Karimov, - ijtimoiy-
siyosiy barqarorlik, fuqarolar o’rtasida O’zbekistonning bunyo bo’lishi va 
rivojlanishning birinchi bosqichida qo’lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo’ldi». 
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik – bular davltchiligimizning yangi binosini barpo 
qiladigan poydevoridir. Tinchlik va barqarorlik – bular xalqaro hamjamiyat bilan 
birlashuvchi vositadir. «Insonparvarlik yaxshilik, sofdillik singari qadriyatlarni qabul 
qilgan va birgalikda baham ko’rgan xalq va mamlakatgina butun dunyo xalqlariga 
yaqin va tushunarli bo’lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi mumkin», - deydi 
I.A.Karimov. 
Ahloqiy qadriyatlar kishilarning bir-biriga, vatanga nisbatan tarixan tarkib 
topgan munosabatlarini ifodalaydi. Ahloq muayyan xulq-atvor, odob, hatti-harakat, 
norma, qoida va printsiplar majmuasidir. Ahloqiy tushunchalarga yaxshilik va 
yomonlik, burch, vijdon, sha`n (or-nomus), baxt, adolat, ideal kabilar kiradi. 


Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har qanday hatti-
harakati yaxshilik kateogriyasi nuqtai nazaridan baholanadi. Burch – kishining Vatan, 
xalq, jamoa, oila bilan o’zaro munosabatlarida o’z oldidagi majburiyat va 
mas`uliyatini sezish, ularga nisbatan sadoqatini ifodalaydi. Vijdon – kishining hatti-
harakatiga o’zining munosabati, kishining o’z xulq-odobi uchun ma`naviy mas`uliyat 
hissini ifodalaydi. SHa`n tushunchasi shaxsga jamiyat beradigan ijtimoiy bahoni 
belgilovchi va shaxsiy qadr-qimmatini ifoda qiluvchi kategoriyadir. Baxt tushunchasi 
insonning ijtimoiy va shaxsiy xayotidagi o’z faoliyati, ro’yobga chiqqan orzu-istak va 
maqsadlaridan mamnunligini bildiradi. 
Ahloq kategoriyalari insonning yurish-turishiga baho beradi, uni jamiyatda 
mavjud, ko’pchilik ma`qullagan hatti-harakatga chorlaydi. Ahloq ma`naviyatning 
shirayu sharbatidir. Inson ahloqi shunchaki salo-alik, hushmuomalalikdangina iborat 
emas. Ahloq - bu avvalo insof va adolat tuyg’usi, imon, halollik degani. Ahloqiy, 
huquqiy qadriyatlarning ko’plari Qur`oni Karimda, hadislarda katta o’rin olgan. 
Hadislarda bayon qilingan ahloqiy normalar inson kamolotiga katta ijobiy ta`sir 
ko’rsatishi shubhasizxdir. Hadislarda, sha`riy hukmlarda o’rtaga tashlangan barcha 
ahloqiy va huquqiy qadriyatlardan hozir ham tarbiyaviy omil sifatida keng 
foydalanish mumkin. 
«Qadimgi ajdodolarimiz –deydi I.A.Karimov-komil inson xaqida butun bir 
axloqiy 
talabalar majmuasini, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.Kishi 
qalbida xaromdan xazar nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi 
kerak. SHunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga hiyonat qilmaydi, 
sdoqatli bo’ladi». 
Diniy qadiriyatlar ham jamiyatning ma`lum tarihiy davr va sharoitlaridagi 
talablari, ehtiyojlari asosida shakillanadi. Islom dini shakillanayotgan davrda 
Muhammat alayxisalom arab qabilalari orasida keng tarqalgan o’nlab urf-odatlar, 
marosimlar, ahloqiy va xuquqiy normalarga ilohiy tus berib, ularni yangi dinning 
ajralmas qismiga aylantirildi.arablarning yurish-turishi, odobi va ahloqi, oilaviy va 
qabilaviy munosabatlaridagi o’nlab qadiriyatlar islom dinining tarkibiy qismi bo’lib 
qoldi. SHa`riy hukmlarga kirgana hloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehir-
oqibat, do’stlik, birodarlik haqidagi o’nlab g’oyalar islom dinidan oldin ham 
qadiriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu qadiriyatlarga rioya qilmaslik jamiyat 
oldidagina emas, balki xudo oldidagi gunox sifatida talqin etila boshlangan. Natijada 
islom dini bilan bog’liq bo’lgan bu qadiriyatlarga ham rioya qilishlik ma`suliyati 
kuchaydi.
Din muqaddas deb etirof qilgan qadiriyatlarni tan olmaslik yoki ularga rioya 
qilmaslik gunoh, do’zoh singari tushunchalar bilan bog’landi. SHunday qilib, diniy 
tushs olgan hayotiy qdiriyatlarga rioya kilishning zaruriyati xam kuchaydi.Dinlardagi 
ijtimoiy,ma`naviy axamiyatga ega bulgan kadriyatlarni fanatizm,bid`at va xurofotdan 
ajrata bilmoklik kerak.
O’rta Osiyolik olimlar va ma`rifatparvarlar diniy qadriyatlarni xurofot va 
bid`atdan ajratib olishga, diniy xayotiy tomonlarini xaqiqiy ijtimoiy va ma`naviy 
kamolotining muhim zaminiga aylantirishga harakat qilib kelganlar. Qadriyatlarga 
aqidaparastlik, qiroatxonlik, ko’r-ko’rona sig’inish yo’li emas, balki sog’lom aql, fan 
yutuqlari, ijtimoiy-ma`naviy taraqqiyot talablari va imkoniyatlariga asoslani 
yondoshmoq kerak. 


O’zbekistonning mustaqilikka erishishi, totalitar buyruqbozlik tuzumining 
mafkuraviy hukmronligiga barham berilishi diniy qadriyatlarga nisbatan yangicha 
yondashishga imkon berdi. Ko’pgina diniy marosimlar tiklandi. Qurbon hayiti, 
ramazon hayiti kabi marosimlar hamma erda ommaviy bayramlarga aylandi. Bunday 
qadriyatlar yoshlarda milliy g’urur, vatanparvarlik, milliy birdamlik va hamjihatlik 
tuyg’usini shakllantirishda, insonparvarlik, halollik, ahloqiy poklik fazilatlarini kamol 
toptirishda katta ahamiyatga ega. 
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy xodisa bo’lib, u millatning tili, 
madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an`analarini, jamiki moddiy va ma`naviy boyliklarini, 
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Insonning 
qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvuri faqat g’oyagina emas, balki tuyg’u 
hamdir. Bu tuyg’u kishida millatning tarixi, ruxiyati, xozirgi xolati va hususiyatini, 
xis qilish shaklida mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va g’urur bo’lmasa u 
o’zining qaysi millatga mansub ekanligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini 
anglashi tasavvur qilish qiyin. Toki millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy 
munosabatlar ham, milliy his tuyg’ular ham, milliy qadiriyatlar ham saqlanib 
qolaveradi. Millatni milliy qadiriyatlaridan mahrum qilish tarih va insoniyat 
oldididagi eng katta jinoyatdir. Har bir ruhan sog’lom kishida o’z qadr-qimmatini 
saqlash, o’zini hurmat qilish tuyg’usi mavjud. Har bir millatda ham huddi shu 
holatni ko’ramiz. Millatlarning o’z-o’zini anglash jarayoni takomilllashgan sari milliy 
manfatlar ham milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. Milliy 
qadriyatlarning e`zozlanishi va kuchayib berishi zinhor milliy mahdudlikka, milliy 
xudbinlikka, manmanlikka olib kelmasligi kerak. SHuning uchun ham bu masalada 
xushyorlik, nazokat, insof, diyonat, bag’rikenglik, sahovat talab qilinadi. 
Milliy qadriyatlar har bir millatning mohiyatini, uning muayyan mustaqil 
ijtimoiy etnik birlik ekanini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Millatning 
ruhiyati, tarixiy an`analari, ma`naviy extiyojiga mos kelmaydigan begona 
qadriyatlarni unga zo’rlab singdirish mumkin emas. Ayniqsa, boy tarixiy merosga 
ega bo’lgan xalqlar ma`naviy hayot borasidagi zo’ravonlikni ruhan qabul qilmaydilar. 
Xalqlarga yangi ma`naviy qadriyatlarni singdirish uchun avval ularga nisbatan 
extiyoj tug’dirmoqda. 
Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va 
an`analari mushtarak bo’lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va 
ijtimoiy xodisalar majmuasini tashkil etadi. Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida 
O’rta Osiyo xududida istiqomat qiluvchi xalqlarga xos bo’lgan qadriyatlarni keltirish 
mumkin. Bir zaminda unib o’sgan xalqlarning tarixi, tili, madaniyati, dini, urf-odati 
va an`analarida juda ko’p umumiylik mavjud. Ular hamisha bir-birlariga og’a-ini, 
quda-anda bo’lib kelganlar. Qadimdan bir man`naviy-ruhiy iqlimdan nafas olib 
kelgan xalqlarimiz bugungi mas`uliyatli davrda aql, zakovat, shijoat, dunyoviy 
salohiyat va milliy g’urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham 
mehr-oqibatliroq bo’lishlari lozimligini hayotning o’zi taqozo qilmoqda. 
Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga O’rta Osiyoda yagona iqtisodiy xudud tashkil 
qilish. Orol muammolarini xal qilish, ekologik xavfsizlikni ta`minlash, mintaqa 
xalqlarini tibbiy va ijtimoiy jihatdan himoyalash, boy tarixiy, ma`naviy merosimizni 
avaylab asrash kabilar kiradi. 


Umuminsoniy qadriyatlar milliy va ma`naviy qadriyatlardan mazmuni jihatidan 
chuqur va keng bo’lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar 
barcha millatlar va xalqlarning maqsadi va intilishlariga muvofiq keladi. Ta`kidlash 
joizki, jahondagi birorta xalq va millat o’zidan boshqa xalq va millatlardan, umuman 
jahon tsivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan emas. Millatlar boshqa xalqlarning 
madaniy-ma`naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. SHu sababli 
barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma`naviy rivojlanishi, tarixi bir-biri 
bilan chambarchas bog’lanib ketgan. 
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat tsivilizatsiyasining taraqqiyoti 
bilan bog’liq bo’lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari er 
yuzida ilm-fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini 
to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta`minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni 
muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi, 
energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta`minlash, koinotni va jahon okeani 
resurslarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolar kiradi. 
Qadriyatlarning jahon taraqqiyoti, inson hayotiga ko’rsatadigan ta`siri nuqtai 
nazaridan progressiv va reaktsion qadriyatlarga ajratilishini ham esdan chiqarmaslik 
kerak. Jamiyatimizning iqtisodiyoti, madaniyati va ma`naviyatining ilgari qarab 
rivojlanishiga, ahloq-odob, milliy urf-odatlar negizlarida komil insonni tarbiyalashga, 
mustaqil respublikamizdan har tomonlama ravna- toptirib, jahon tsivilizatsiyasiga 
qo’shishga astoydil xizmat qiladigan qadriyatlar – bu progressiv qadriyatlarni tashkil 
etadi. 
Aksincha, mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, 
ma`naviy muammolarni xal etishga to’sqinlik qiladigan xolislar reaktsion 
qadriyatlarga kiradi. Progressiv qadriyatlarning barchasi insonning farovon xayot 
kechirishini, erkin yashashi, ma`naviy ahloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan 
vosita hisoblanadi. SHuning uchun ham ularni avaylab asrash, yuksaltirish inson 
shaxsiy hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftixorimiz. Ularni avaylab-
asrash va muxofaza qilish – barchamizning burchimizdir. Zero, konstitutsiyamizda 
«Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab-
asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muxofazasidadir», deb 
ta`kidlangan. 
Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash – millatning o’ziga xurmat bilan 
qarashning asosiy bo’g’inidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy 
qadriyatlarimiz xozirgi davrda yaratilgan madaniy-ma`naviy boyliklar bilan qo’shilib 
taraqqiyotimizning tezlatadi, g’oyaviy va ma`anaviy poklanishni ta`minlashga 
ko’maklashadi. Qadriyatlarimizning barcha turlari insonning farovon va farovon 
xayot kechirishi, erkin yashashi, ma`naviy-ahloqiy kamol topishi uchun xizmat 
qiladigan vositalar bo’lib xisoblanadi. SHuning uchun ham qadriyatlarni avaylab-
asrash, ularning qo’riqlash, yuksaltirish inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida 
ham katta ahamiyat kasb etadi.
Bashariyat ko’p ming yillik tarixi davomida erkin, baxtli va go’zal xayot 
kechirishi uchun zarur bo’lgan xilma-xil qadriyatlarni yaratdi, inson, uning huquqi va 
erkinliklarini ximoya qiladigan qonunlar, siyosiy tashkilotlarni bunyod etdi. Insonni 
go’zal yashashi uchun zarur bo’lgan badiiy estetik qadriyatlarni rivojlantirdi, 


kishilarning bir-biriga va jamiyatga bo’lgan munosabatlarini belgilab beradigan 
ahloqiy qoidalar majmuasini joriy etdi. Mazkur ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma`naviy 
va ahloqiy qadriyatlar jamiyat taraqqiyotida salmoqli o’rin egallab, kishilarning 
insoniy fazilatlarini yuksaltirishda katta xizmat qilib kelmoqda. Lekin shu bilan bir 
qatorda inson o’zi yaratgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma`naviy, ahloqiy 
qadriyatlarni ko’p xollarda poymol qilib kelayotganligini ham tan olishimiz kerak. 
Qonunbuzarlik, ahloqsizlik, millatimizning urf-odat va an`analariga zid keluvchi 
xatti-xarakatlarini aholi, ayniqsa, yoshlar ichida avj olib ketayotgani bunga misol 
bo’la oladi. Bularning oldini olish xozirgi kunda jamiyatimiz oldida ko’ndalang 
turgan dolzarb vazifadir. 
Kishilarni qadriyatlarga iste`molchi yoki kuzatuvchi sifatida qarash kayfiyatidan 
xoli etib, aksincha ularni yanada ko’paytirish, yuksaltirish payida bo’lishlariga 
erishishiga alohida e`tibor berish kerak. Ma`lumki, xayotda hech bir narsa adabiy 
emas. Bu qadriyatlarga ham taalluqlidir. SHunday ekan, ularning doimo boyitib, 
rivojlantirib, ko’paytirib, yangilab turmog’qimiz darkor! Qadriyatlar katta ijtimoiy-
siyosiy, falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular o’tmish bilan xozirgi kun 
o’rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi, shu tufayli millatning tarixi, uning o’tmish xayoti, 
madaniyati gavdalanadi. SHuning uchun ham har bir siyosiy tuzum, har bir davlat 
qadriyatlaridan o’z maqsadi, manfaati yo’lida foydalanib kelgan va xozir ham 
shunday bo’lmoqda. Qadriyatlar o’z-o’zidan bevosita insonning ma`naviy qiyofasi, 
turmush tarzi, umuman jamiyat taraqqiyotini belgilay olmaydi. Qadriyatlarning 
ahvoli, ahamiyati, insonga ko’rsatadigan ta`siri, uning istiqboli u yoki bu jamiyatdagi 
mavjud ijtimoiy tuzum tomonidan olib borilayotgan siyosat, uning manfaatlari bilan 
uzviy bog’langandir. Buni biz o’zbek xalqi milliy qadriyatlarning o’tmishdagi va 
xozirgi ahvolidan yaqqol ko’rishimiz mumkin. 
Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma`naviy qadriyatlarimiz jaxon 
xamjamiyatiga eltuvchi ishonchli vosita bo’lib xisoblanadi. Barqarorlik, tinchlik, 
millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarini tashkil etadi. 
Xalqlar o’rtasida tinchlik-totuvlik, do’stlik va o’zaro hamkorlik munosabatlarini 
o’rnatish millatimizning ongiga, qoniga chuqur singib ketgan. O’zbekiston jaxonda 
tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar mamlakatlar bilan har tomonlama 
hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda taraqqiyotga erishishning o’ziga xos 
yo’lin tanlagan. SHuning uchun ham uning jaxon hamjamiyatidagi obro’ va e`tibori 
tobora ortib bormoqda. Barqarorlik, tinchlik, totuvlikq-mustaqillik tufayli qo’lga 
kiritilgan eng katta yutug’imizdir. SHunday ekan, bugungi kunda ularni qadrlash, 
avaylash-asrash, ximoya qilish – barchamizning eng dolzarb, eng olijanob vazifamiz 
bo’lib qolmog’i kerak.
Ma`lumki, jaxon xo’jaligiga kirishda bozor iqtisodiyotini shakllantirish muhim 
omil bo’lib xisoblanadi. SHunday ekan, xozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti talablariga 
to’liq javob bera oladigan davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yo’lga qo’yish katta 
ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan, ilmiy asoslarb berilgan va 
xozirgi kunda izchillik bilan xayotga tadbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlar 
strategiyasi qo’l kelmoqda. O’zbekiston rang-barang er osti va er usti boyliklariga 
ega. Respublikamizda o’tkazilayotgan islohotlar yo’li etakchi xalqaro iqtisodiy va 
moliyaviy tashkilotlar, jahon jamoatchiligi, jahondagi rivojlangan eng yirik 
mamlakatlar tomonidan keng qo’llab-quvvatlanmoqda. Xozirgi vaqtda O’zbekiston 


ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. 
BMTning iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, XVF, xalqaro moliya korporatsiyasi, 
iqtisodiy taraqqiyotiga ko’malashuvchi tashkilot, xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon 
sog’liqni saqlash tashkiloti kabilar shular jumlasiga kiradi. Respublikamiz rahbariyati 
Markaziy Osiyo va MDX bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tabiiy, moddiy 
qadriyatlarimizni birga baham ko’rish sohasida ham katta amaliy ishlar qilinmoqda. 
Bularning bari jamiyatimizning jahon xo’jaligiga qo’shilib, iqtisodiy yuksalishida 
katta rolь o’ynamoqda.
Xalqimizning rang-barang va boy madaniyati jaxon xalqlari madaniyatini 
ajralmas qismidir. Ko’p asrlar davomida shakllanib, mazkur xalqning ruhiy boyligini, 
uning urf-odatlari, an`analarini mujassamlashtirgan ma`naviyat ayni vaqtda 
umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi va shu tariqa u jahondagi 
barcha xalqlarning ma`naviy boyligi ham bo’lib xisoblanadi. YUksak milliy 
madaniyat, ma`naviyat hamma vaqt jahon xalqining bir-biriga yaqinlashtiruvchi 
vosita bo’lib kelgan va xozir ham shunday bo’lib kelmoqda. Xalqimizning 
madaniyati, tili, tarixi, urf-odat va an`analari, boy me`morchilik san`ati jahon 
xalqlarida zo’r qiziqish uyg’otmoqda. Milliy madaniyat, ma`naviyatimizni 
mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqinlashtirish, jahon xalqlari bilan 
madaniy aloqalarimizni mustahkamlash va yanada taraqqiy ettirsh xukumatimiz 
siyosatini muhim yo’nalishini tashkil etadi.
YUqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: 1) qariyatlar 
jamiyatimizning boyligi, poydevori. Uni avaylab-asrash va oqilona rivojlantirish har 
bir insonning muqaddas burchidir; 2) qadriyatlar o’tmish bilan bugungi kun va 
kelajak bog’laydigan vosita; 3) qadriyatlar ma`naviy etuk, barkamol insonni 
tarbiyalaydigan qudratli kuch; 4) qadriyatlar jamiyatimizni jahon hamjamiyatiga 
qo’shuvchi ishonchli vosita. SHuning uchun ham qadriyatlarga nihoyatda 
extiyotkorlik bilan yondoshib, ularni mazmunan boytib ijodiy rivojlantirish-davr 
taqozosidir.
Prezident I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida 
ta`kidlanganidek, jamiyat ma`naviyatini yanada yuksaltirish – mamlakatimizning 
rivojlanish strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan birini tashkil etadi. Milliy 
qadriyatlarimizni tiklash va mazmunan boyitish jamiyatni ma`naviy yuksaltirishda 
muhim ahamiyat kasb etishini xayotning o’zi yaqqol ko’rsatib turibdi. 
Qadriyatlar deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan, millat, 
elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlari yo`lida xizmat qilishdagi 
erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, xaqiqat, ma`rifat, go`zallik, yaxshilik, xalollik, 
burchga sadoqatli singari fazilatlar majmun tushuniladi. O`tmishdagi barcha falsafiy 
ta`limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni 
masalasiga katta e`tibor berilib, ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning maxsuli, jamiyat 
ma`naviy kamolotining muhim omili ekanligi ko`rsatib o`tiladi. Qadriyatlar jamiyat 
taraqqiyotining, moddiy va ma`naviy boyliklar rivojining yakuni, inson kamolotining 
kelajak uchun ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy maxsulidir.
Insonning ob`ektiv olamiga nisbatan aktiv faoliyati, moddiy va ma`naviy 
muhit, yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi vorislik asosida sodir bo`lib, yangi-
yangi qadriyatlarning shakllanishiga, o`tmishdan meros bo`lib o`tganlari esa davr 
ruxi, yangi ijtimoiy extiyoj talablari asosida rivojlanishiga olib keladi. Buning 


natijasida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy taraqqiyotning imkoniyatlari xam 
kengayadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakillangan xar qanday xodisa o`tmishda 
ijobiy axamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi 
imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo`lganligi sababli xam qadiriyat deb ataladi. 
Qadiriyatlar olamni bilish va uning amaliy o`zgartirishning muxim omilidir. 
Xar bir qadriyatning moxiyati taraqqiyot, jamiyat va ruxiy olam xodisalarini bilish, 
ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyot ta’sir etish imkoniyatlari 
asosida belgilanadi. Qadiryatlarning ko`pligi, mavzuni, ularni aniqlash va ularga 
e’tiqod qilish insoning bilish qobiliyati va amaliy imkoniyatlaritakomilashib, 
chukirlashib, kengayib borayotganini ifodalaydi. YAngi qadiriyatlarning yuzaga 
kelishi insoning ob’ektiv olam, ma’naviyatborasidagi bilimlari vorislik asosida 
davom etayotganining ifodasidir.
Qadiryatlar inson ia’naviy kamolatining muxim omili xamdir. Xar bir millat 
rivojlanishdagi tarixiy voqealar, unga ijobiy xisa qo`shgan shaxslar xam milliy 
qadriyatlar jumlasiga kiradi. qadiryatlarda ular yuzaga kelgan davirning ruxi, 
imkoniyatlari, talab va extiyojlari o`zining yaqqol ifodasini topadi. Xar bir kadriyat 
ma’lum kankret davr, sharoit va extiyojlarning maxsuligina emas, balki uning 
ko`zgusi xamdir. qadriyatlarga baxo berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret 
tarixiy sharoitlar, usha davirlarga xos bo`lgan imkoniyat va extiyojlarni xam bilmoq 
kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o`lchash mumkin bo`lmagani dek, xar 
bir qdriyatning ishtimoiy axamiyatini bilishda muayan tarixiy sharoitlarni xisobga 
olib yondoshmoq kerak. 
Qadriyatlarning shakilanishi, ularga amal qilish imkoniyatlari kishilar 
yashagan muxit, tabiy sharoitlar, ishonch usuli, kasb malakalari yoki turmush tarzi 
bilan xam bog`liqdir. Umuman olganda, qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqiyoti 
jarayonida shakilangan va rivojlangan, utmishida, xozirgi kunda va kelajakda xam 
ijtimoiy taraqiyotiga ijobiy tasir etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy axamiyat 
kasb etadigan modiy va manaviy boylikdir.
Qadiryatlarning ob`ektiv va sub`ektiv tomonlari mavjud. Qadriyatlar 
kishilarning modiy turmush darajasi, sharoiti, imkoniyatlari asosida shakilanadi va 
rivojlanadi. Bu qadriyatlarning obektiv zaminidir. Qadriyatlar ijtimoiy, modiy, 
manaviy, xodisa bo`lsa xam, ularning axamiyati va moxiyati kishitlarning ularga 
nisbatan bo`lgan munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchani uzi 
xam qadr-qimmat degan manoni bildiradi. Xar bir ijtimoiy xodisaga kishilar o`z duny 
qarashi, taraqiyot va istiqbol muamolarining xisobga olib yondashadilar va baxo 
beradilar. 
Qadriyatlarning baxolash turli xildagi manfatlar bilan xam bog`liqdir. Muayan 
qadriyatlarga amal qilishiga, ularni baholashga shaxsiy, guruhiy, miliy va 
umuminsoniy manfatlar ham bevosita tasir etishi shubxasizdir. Bular qadriyatlarga 
baxo berishning subektiv omili xisoblanadi.
Qadiriyatlarga baxo berishda jamiyat azolarining umumiy manaviy kamoloti 
ijtimoiy, miliy ongining etugligi xam kata axamiyatga ega. Ma`naviy jixatdan etuk 
shaxs, jamiyat miliy va umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni va moxiyatini tug`ri 
baxolash imkoniyatiga egadir. Qadriyatlar va meros tushunchalari uzaro yaqin bo`lsa 
xam u bir xil manoni bildirmaydi. Qadriyat va meros bir-biriga uzviy bog`liq 
bo`lishiga qaramay, xar qanday meros qadriyat bo`la olmaydi. Meros 


tushunchasining moxiyati qadriyatga nisbatan kengdir bundan tashqari, qadriyat faqat 
o`tmishdan qolgan merosgina emas. Xozirgi kun talablari, yangi sharoit va 
imkoniyatlar asosida shakilanayotgan ijtimoiy, ma`naviy siyosiy xodisalar xam 
qadriyat xisoblanadi. Xozir O`zbekistonda miliy istiqbol mafkurasining rivojlantirishi 
uchun kata ishlar olib borilmoqda. Taroqiyotning xozirgi vazifalari va milat 
manfatlariga mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkuraning yaratishda 
utmish merosidan unumli foydalanilsa xam u yangi davirda shakilangan qadiriyat 
sifatida yuzaga kelmoqda. Meros o`tgan avlodlar tamonidan yaratilgan, bizgayaa etib 
kelgan ijtimoiy – ma`naviy xodisalar madaniy boyliklar, urf odatlar, marosimlar, 
axloq normalaridir. Meros taraqiyot uchun xam zarur omil bo`lgandagina qadriyat 
darajasiga kutarila oladi. Meros xozirgi kun uchun xam bo`lgan axamiyatini bilish-
uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir. Ijtimoiy taraqqiyot-doim yangilanib, 
takomilashib turadigan uzluksiz jarayon ekan, buning negizida muayyan qadiryatlarni 
baxolash mezonlari xam o`zgarib boradi. Qadriyatlarning baxolashda taraqqiyotning 
muayyan bosqichida maydonga chiqqan ijetimoiy kuchlarning manfatlari xam 
ma`lum axamiyat kasb etadi. Qadriyatlarga tor siyosiy guruxlarning manfatlari 
asosida yondashish ularning axamiyati va imkoniyatlarini notug`ri tushunishga olib 
keladi. 
Qadriyatlar o`zining mohiyatiga ko`ra bir necha turga bo`linidai. Jumladan, 
inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo`q joyda biron narsaning 
qadr-qimmati xaqida so`zlash bema`nilikdir. SHuning uchun ham inson qadr-
qimmatini e`zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini 
o`stirish, sog`lig`ini saqlash xayotini himoya qilish davltimiz siyosatining asosiy 
yo`nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro`y berayotgan tub o`zgarishlarning, 
islohotlarning barchasi kishilar hayoti to`q, boy, go`zal bo`lishi, inson o`zini 
chinakam erkin his etishi, o`z mehnati natijasining, o`z taqdirining, o`z 
mamlakatining egasi bo`lishini ta`minlashga qaratilgandir. 
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, «jamiyatni isloh qilish va 
yangilash bo`yicha ko`p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suversi 
O`zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni har bir fuqaro shaxs sifatida 
o`zini ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`lishga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy xayotdagi 
barcha o`zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga erishishga – har bir kishining 
hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma`naviy jihatdan bayroq qilishga bo`ysundirilgan». 
Istiqlol tufayli jumhuriyatimizda keyingi yillarda shaxsiy haq-huquqlari, erkinliklari 
va qadriyatlarini muhofaza qilish masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi. 
Imzosiz xatlar yozish, tuhmat uyushtirish yo`li bilan kishlarni nohaq bezovta qilish, 
ularning qadr-qimmati va or-nomusiga tajovuz qilishlar mamlakatimizda qonun yo`li 
bilan taqiqlangan. Asosli, adolatli tanqid uchun o`ch olishga harakat qiladigan 
shaxslar, kimligidan qat`iy nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Vazifani suiste`mol 
qilgan mansabdorlar g`ayriqonuniy hatti-harakatlari uchun qonun qonun oldida javob 
beradi. 
Nogironlar, ruhiy kasal kishilar, mehnat qobiliyatini yo`qotgan, boquvchisidan 
mahrum bo`lib qolganlar, yolg`iz ayollar, qariyalarning haq-huquqlari davlat yo`li 
bilan muhofaza qilinadi, ularga moddiy, ma`naviy yordam ko`rsatiladi. Bizda 
odamlarning shaxsiy hayotlari, uy-joyining dahlsizligi, telefon so`zlashuvlari, 
yozishmalar pochta va telegraf orqali jo`natilgan narsalarning sir saqlanishi 


kafolatlanadi. O`zbekiston Respublikasi qonunlari fuqarolar or-nomusi, qadr-
qimmatini saqlash va muhofaza etishga muhim vazifalardan biri sifatida qaraydi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga muvofiq fuqarolar o`z 
hayotlari va sog`liqlari, mulklariga va shaxsiy erkinliklariga, or-nomuslari va qadr-
qimmatlariga tajovuzlardan sud orqali himoya qilish huquqiga egadirlar. 
Kishilarning turmush farovonligini oshirish, ularning talab-extiyojlarini 
qondirish, ijtimoiy sohani tez sur`atlar bilan rivojlantirish masalasida ham 
O`zbekistonda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Inson farovonligini 
yaxshilashning eng asosiy masalalaridan biri ularni uy-joy, ichimlik suvi, gaz, elektr 
energiyasi, radio va telefidenie bilan ta`minlashdir. O`zbekiston rahbariyati 
tashabbusi bilan bu borada dastlabki jiddiy qadamlar qo`yildi. Qishloq aholisiga 
shaxsiy xo`jaliklarini kengaytirish va uy-joy qurish uchun er va mablag`lar ajratildi. 
Qurilish materiallari bilan yordam berildi. Jumhuriyatimizda yaqin-yaqinlardan 
boshlab paxta terimiga qo`shimcha haq to`lashning joriy etilganligi paxta va boshqa 
qishloq xo`jaligi maxsulotlarining xarid narxini oshirish ustida ish olib 
borilayotganligi, boshlang`ich sinf o`quvchilariga bepul ovqat, homilador, bemor 
ayollarni qo`shimcha yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta`minlash yo`lga 
qo`yilganligi, veteranlarning nafaqasini oshirish, nogiron, yolg`iz qolgan qariyalar va 
uy-internatlarining sharoitlarini yaxshilash uchun qo`shimcha mablag` sarf 
etilayotganligi anashularning hammasi insonga bo`lgan munosabatlar 
yaxshilanayotganligining amaliy isbotidir. 
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. 
Tabiiy qadriyatlarga er va er osti boyliklari, suv, xavo, o`rmonlar, o`simliklar, 
hayvonot dunyosi va boshqalar kiradi. Markaziy Osiyo, hususan, O`zbekiston zamini 
hilma-xil qazilmalarga boy. Er yuzasiga yaqin yotgan qazilmalarning aksariyati 
ochilgan va ular xalq xo`jaligi fan va texnika taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda. 
SHu bilan birga hali ochilgan, ro`yodga chiqmagan konlar ham ko`p. Bu krlarning 
juda oz qismi bevosita er yuziga chiqqan bo`lsa, aksariyati er ostida yashirinib 
yotibdi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lgan tabiiy xom ashyo buyumlari –«foydali 
qazilmalar» O`zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy 
qadiriyatlaridandir. O`zbekiston behisob tabiiy boyliklarga, qulay geografik muhitga 
ega. Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya`ni yonilg`i, har hil 
metallar, rudalar, havo, suv, o`simliklar dunyosi bo`lmasa, insoniyat yashay olmaydi. 
Tabiat biz uchun moddiy ne`matlarining bosh manbai sifatida ham, sog`lik, shodlik, 
turmushga mexr muxabbatning va har bir kishidagi ma`naviy boyliklarning bitmas-
tuganmas omili sifatida ham o`zining g`oyat zo`r ahamiyatini hech qachon 
yo`qotmaydi. 
Ona- er kishilar usun moddiy ne`matlar manbai, dastlabki mehnat 
vositalarining hazinasidir, insoniyat taraqqiyotining beshigidir. Erdan inson o`zi 
uchun zarur narsalarni undiradi. Er insonni boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi 
Vilazm Netti aytganidek, mehnat boylikning otasi bo`lsa, er uning onasidir. 
Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham er tufaylidir. SHunday ekan, inson 
uchun g`oyat darajada muhim va zarur bo`lgan hayot manbayi- erni qadirlamaslik, 
e`zozlamaslik mumkin emas! 
Zotan, O`zbekiston Konstetuttsiyasining 55-moddasida yozib qo`yilgan: «Er, 
er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar 


umumilliy boyliklardir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir. 
Inson mehnati, hatti-harakati, aql-zakovati bilan yaratilgan «ikkinchi tabiat», 
ya`ni turli-tuman boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport 
vositalari, asbob uskunalar, turarjoy, mol-mulk, noz-ne`mat va shu kabilar moddiy 
qadriyatlar hisoblanadi. 
Ma`lumki, moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy texnika 
bazasi tashikl qiladi. Insoniyat jamiyatining har biri o`ziga xos moddiy texnika 
bazasiga ega. Ular bir-biridan sifat jihatidangina emas, balki miqdor jihatidan ham 
farq qiladi. Tosh va yog`ochdan yasalgan sodda qurollarni ishlatish, yoyning ixtiro 
qilinishi va ov qilish, olovdan foydalanishning kashf etilishi, metalldan mehnat 
qurollarini yasash va boshqa shu kabilar hammasi ibtidoiy jamiyat moddiy-texnika 
bazasi uchun harakterlidir. Biroz takomillashgan mehnat qurollarini dehqonchilik, 
hunarmandchilik va qurilish ishlarida qo`llash, og`ir jismoniy mehnat talab qiladigan 
barcha sohalarda qullarning mehnatidan shafqatsizlarcha foydalanish quldorlik 
jamiyatining moddiy texnika bazasi uchun xos belgilardir. SHamol va suv 
tegirmonlaridan foydalanish, metallarni eritish va ularni qayta ishlash yo`llarini 
yaxshilash feodal jamiyatiga taalluqli moddiy texnika bazasidir. Yirik va kuchli 
yutuqlaridan keng foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va 
mexanizatsiyalashtirish, yangi texnologiyani joriy etish, tabiiy, moddiy va mehnat 
resurslaridan har tomonlama foydalanish industrial jamiyatning moddiy texnika 
bazasini tashkil etadi. 
Respublikamizda taraqqiy etayotgan mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, 
issiqlikk energiyasi, transport va aloqa, kapital qurilish, engil, oziqovqat, agrar 
sanoati va boshqa moddiy boyliklar majmuasi mustaqil O`zbekiston xalqining 
moddiy qadriyatlarini tashkil etadi. Moddiy qadriyatlarning negizini mulk tashkil 
etadi. Davlat iste`molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, 
tadbirkorlik o`va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng 
huquqligini va huquqiy jihatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi. 
Insonning hayotida madaniy-ma`naviy qadriyatlar kata o`rin egallaydi. Unga 
ilmiy texnikaviy va intelektual imkoniyatlar, maorif, ta`lim-tarbiya, tibbiy xizmat, 
madaniy meros, turli shakllarda namoyon bo`ladigan madaniyat durdonalari, til, 
adabiyot, san`at, xalq hunarmanchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy 
yodgorliklar kiradi. 
Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot, san`atning 
markazi bo`lib kelgan. Bu zaminda etishib chiqqan buyuk mutafakkir jahon ilm-fan 
madaniyatini o`z kashfiyotlari va o`lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori 
cho`qqiga ko`taradilar. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar, 
Samarqand, Buxoro, SHahrisabz va Xiva muhtasham shaharlar yaratuvchilari bilan 
ajdodlarimizning ijodiyoti o`zining ulug`vorligi va go`zalligi bilan lol qoldirmoqda. 
«O`zbekistonda yuz berayotgan progressiv o`zgarishlar – deydi I.A.Karimov, - uning 
juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va intellektual 
imkoniyatlari, noyob milliy madaniy merosi, xalqimiz tarixi, hozirgi hayoti bilan 
qiziqayotgan dunyoning barcha mintaqalaridagi sisatchilar, bizneschilar, oddiy 
odamlarni o`lkamizga tobora ko`proq jalb etmoqda. 


Endilikda mintaqamizning boy ma`naviy madaniyati, uning noyob milliy 
qadriyatlari, bebaho falsafiy va ma`naviy merosi xalqimizning ruhiyati, ma`naviyatini 
yanada yuksak darajaga ko`tarish uchun xizmat qilmoqda. Biz SHarq tsivilizatsiyasi 
va madaniyatiga mansubligimiz bilan faxrlanamiz, deydi I.A.Karimov. bu omillar 
xalqni doimo bulg`usi o`zgarishlarga ma`naviy va ruhiy jihatdan tayyorlashga xizmat 
qiladi.
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o`rin 
tutadi. 
Erkinlik, tengsizlik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e`zozlab, 
qadrlangan. Insonning erkinligi, uning shon-shuxrati va qadr-qimmati 
jamiyatimizning oliy qadriyatlaridir. O`zbekistonda boshqa millat va xalqqa nisbatan 
do`stlik, birodarlik munosabatida bo`lish – bu o`zbek xalqi va milliy ruhiyatining 
ajralmas fazilatidir. 
Halqimiz hech qachon o`zini boshqa xalqdan ustun qo`ymagan. Boshqa 
millatlarga munosib darajada ehtirom ko`rsatgan. Respublika aholisi orasida 
ko`pchilikni tashkil qilgan o`zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o`z milliy 
madaniyatini va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot 
kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o`ziga xos madaniy – 
ma`naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topish va o`zligini namoyon 
etish uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas`ul 
bo`lishdan ham iboratdir. 
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida 
ahamiyat kasb etadi. «Ko`p millatli jamiyatimizda, - deydi I.A.Karimov, - ijtimoiy-
siyosiy barqarorlik, fuqarolar o`rtasida O`zbekistonning bunyo bo`lishi va 
rivojlanishning birinchi bosqichida qo`lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo`ldi». 
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik – bular davltchiligimizning yangi binosini barpo 
qiladigan poydevoridir. Tinchlik va barqarorlik – bular xalqaro hamjamiyat bilan 
birlashuvchi vositadir. «Insonparvarlik yaxshilik, sofdillik singari qadriyatlarni qabul 
qilgan va birgalikda baham ko`rgan xalq va mamlakatgina butun dunyo xalqlariga 
yaqin va tushunarli bo`lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi mumkin», - deydi 
I.A.Karimov. 
Ahloqiy qadriyatlar kishilarning bir-biriga, vatanga nisbatan tarixan tarkib 
topgan munosabatlarini ifodalaydi. Ahloq muayyan xulq-atvor, odob, hatti-harakat, 
norma, qoida va printsiplar majmuasidir. Ahloqiy tushunchalarga yaxshilik va 
yomonlik, burch, vijdon, sha`n (or-nomus), baxt, adolat, ideal kabilar kiradi. 
Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har qanday hatti-
harakati yaxshilik kateogriyasi nuqtai nazaridan baholanadi. Burch – kishining Vatan, 
xalq, jamoa, oila bilan o`zaro munosabatlarida o`z oldidagi majburiyat va 
mas`uliyatini sezish, ularga nisbatan sadoqatini ifodalaydi. Vijdon – kishining hatti-
harakatiga o`zining munosabati, kishining o`z xulq-odobi uchun ma`naviy mas`uliyat 
hissini ifodalaydi. SHa`n tushunchasi shaxsga jamiyat beradigan ijtimoiy bahoni 
belgilovchi va shaxsiy qadr-qimmatini ifoda qiluvchi kategoriyadir. Baxt tushunchasi 
insonning ijtimoiy va shaxsiy xayotidagi o`z faoliyati, ro`yobga chiqqan orzu-istak va 
maqsadlaridan mamnunligini bildiradi. 
Ahloq kategoriyalari insonning yurish-turishiga baho beradi, uni jamiyatda 
mavjud, ko`pchilik ma`qullagan hatti-harakatga chorlaydi. Ahloq ma`naviyatning 


shirayu sharbatidir. Inson ahloqi shunchaki salo-alik, hushmuomalalikdangina iborat 
emas. Ahloq - bu avvalo insof va adolat tuyg`usi, imon, halollik degani. Ahloqiy, 
huquqiy qadriyatlarning ko`plari Qur`oni Karimda, hadislarda katta o`rin olgan. 
Hadislarda bayon qilingan ahloqiy normalar inson kamolotiga katta ijobiy ta`sir 
ko`rsatishi shubhasizxdir. Hadislarda, sha`riy hukmlarda o`rtaga tashlangan barcha 
ahloqiy va huquqiy qadriyatlardan hozir ham tarbiyaviy omil sifatida keng 
foydalanish mumkin. 
«Qadimgi ajdodolarimiz –deydi I.A.Karimov-komil inson xaqida butun bir 
axloqiy 
talabalar majmuasini, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.Kishi 
qalbida xaromdan xazar nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo`lishi 
kerak. SHunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga hiyonat qilmaydi, 
sdoqatli bo`ladi»!. 
Diniy qadiriyatlar ham jamiyatning ma`lum tarihiy davr va sharoitlaridagi 
talablari, ehtiyojlari asosida shakillanadi. Islom dini shakillanayotgan davrda 
Muhammat alayxisalom arab qabilalari orasida keng tarqalgan o`nlab urf-odatlar, 
marosimlar, ahloqiy va xuquqiy normalarga ilohiy tus berib, ularni yangi dinning 
ajralmas qismiga aylantirildi.arablarning yurish-turishi, odobi va ahloqi, oilaviy va 
qabilaviy munosabatlaridagi o`nlab qadiriyatlar islom dinining tarkibiy qismi bo`lib 
qoldi. SHa`riy hukmlarga kirgana hloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehir-
oqibat, do`stlik, birodarlik haqidagi o`nlab g`oyalar islom dinidan oldin ham 
qadiriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu qadiriyatlarga rioya qilmaslik jamiyat 
oldidagina emas, balki xudo oldidagi gunox sifatida talqin etila boshlangan. Natijada 
islom dini bilan bog`liq bo`lgan bu qadiriyatlarga ham rioya qilishlik ma`suliyati 
kuchaydi.
Din muqaddas deb etirof qilgan qadiriyatlarni tan olmaslik yoki ularga rioya 
qilmaslik gunoh, do`zoh singari tushunchalar bilan bog`landi. SHunday qilib, diniy 
tushs olgan hayotiy qdiriyatlarga rioya kilishning zaruriyati xam kuchaydi.Dinlardagi 
ijtimoiy,ma`naviy axamiyatga ega bulgan kadriyatlarni fanatizm,bid`at va xurofotdan 
ajrata bilmoklik kerak.
O`rta Osiyolik olimlar va ma`rifatparvarlar diniy qadriyatlarni xurofot va 
bid`atdan ajratib olishga, diniy xayotiy tomonlarini xaqiqiy ijtimoiy va ma`naviy 
kamolotining muhim zaminiga aylantirishga harakat qilib kelganlar. Qadriyatlarga 
aqidaparastlik, qiroatxonlik, ko`r-ko`rona sig`inish yo`li emas, balki sog`lom aql, fan 
yutuqlari, ijtimoiy-ma`naviy taraqqiyot talablari va imkoniyatlariga asoslani 
yondoshmoq kerak. 
O`zbekistonning mustaqilikka erishishi, totalitar buyruqbozlik tuzumining 
mafkuraviy hukmronligiga barham berilishi diniy qadriyatlarga nisbatan yangicha 
yondashishga imkon berdi. Ko`pgina diniy marosimlar tiklandi. Qurbon hayiti, 
ramazon hayiti kabi marosimlar hamma erda ommaviy bayramlarga aylandi. Bunday 
qadriyatlar yoshlarda milliy g`urur, vatanparvarlik, milliy birdamlik va hamjihatlik 
tuyg`usini shakllantirishda, insonparvarlik, halollik, ahloqiy poklik fazilatlarini kamol 
toptirishda katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin