Aristoteldan keyin falsafa fani olamida, xususan, SHarqda Farobiyga
tenglasha oladigan olim maydonga chiqmadi. Forobiy o’z bilimi, ma`rifati, fikr
doirasining kengligi, qomusiyligi, jahon fani taraqqiyotiga qo’shgan bebaho
hissasi bilan shu darajada katta shuhratga erishdiki, uni hayotiyligidayoq,
Aristoteldan keyingi yirik mutafakkir «Muallim — as-soniy» — Ikkinchi muallim»,
«SHark Aristoteli» iomlari bilan ulug’lashdi.
Uyg’onish davrining mashhur faylasufi bo’lgan Forobiy fikricha, borliq olti
bosqichdan iborat bo’lib, bu bosqichlar butun mavjud narsalarning asosidir.
Farobiy xudoni «birinchi sabab», «birinchi mohiyat» deb izohlaydi. Farobiy bir
qancha bosqichlar orqali sabab oqibat munosabatlari yordamida bu birinchi
sababni materiya bilan bog’laydi. Materiya o’z sababiga, ya`ni xudoga xos
bo’lgan barcha xususiyatlarga egadir. Materiyasiz, ya`ni oqibatsiz xudo —
sabab ham bo’lishi mumkin zmas. Dunyo, tabiat xudo tomonidan qisqa-muddat
ichida yaratilgan emas, deydi olim. Dunyo xudodan boshqa mohiyatga ega
bo’lgan bog`liq bo’lmasdan, xudoning emanatsiyasidir, deb ta`kidlaydi.
Tabiatning bu holga kelishiga qadar bir qancha vaqtlar, jarayonlar o’tgan.
SHunday qilib Farobiy barcha mavjudodni, olamni, materiyani birinchi
sabab-xudodan keltirib chiqaradi. Forobiy materiya, uning abadiyligi va
cheksizligi haqidagi falsafiy ta`limotni ishlab chiqdi. Uning ta`kidlashicha,
materiya olamdagi narsa va hodisalarning asosidir. Dunyoning moddiy asosi
yoki materiya tuproq, suv, xavo, olov va osmondan ibirat bo’lib, Forobiy
ta`limoticha, osmon jismlari ham, erdagi jismlar ham ana shu unsurlarning
birikuvidan vujudga keladi. Forobiy hamma narsaning umumiy jinsi olamdir,
olamdan tashqari hech nima yo’qdir, deydi.
Dostları ilə paylaş: