Ibn Sino hamma narsaning mohiyatini materiya tashkil etadi, materiya turli-
tuman shakllarda namoyon bo’ladi, degan falsafiy qarashni rivojlantiradi. Jism
shakli materiyasiz bo’lmaganidek, materiya ham shaklsiz bo’lmaydi. Demak,
jism va uning shakli bir-biridan ajralmas bo’lganidek, materiya va
shakl ham
o’zaro aj-ralmyasdir. Materiya harakat, fazo, zamon bilan bog’liqdir. Abu Ali ibn
Sino aqlning har tomonlama rivojlanishiga, tabiat sirlari va xaqiqatni bilish
mumkinligiga qattiq ishongan edi. SHuning uchun ham olim odamlarni bir-biri bilan
do’st, inoq bo’lib yashashga chorladi. Odamlar sofdil, samimiy do’st bo’lib yashasa,
bir yoqadan bosh chiqarishsa xar qanday mushkul oson bo’lishiga qattiq ishondi.
Ibn Sino odamlarga qarata «Risolatut tayr» («Qush risolasi»)
asarida shunday
degan edi: «Ey birodarlar! Bir-biringiz bilan samimiy do’st bo’llb, haqiqatni.
ochinglar. Har bir kishi o’z birodari uchun ko’nglidagi samimiylikdan
(to’sqishshk) pardasini ochib tashlasin. SHunday qilinglarki, birodarlaringiz
sizlardan (o’zi bilmagan) ba`zi narsalarni o’rgansin va boshqalari (bo’lsa)
ba`zi narsalarni o’rganib, o’zini kamolotga etkazsin».
Buyuk mutafakkir eslatib o’tilgan «Qush risolasi»-da, baxt o’z do’stlariig
yoningda yashagan, sen har kuni ko’rishib
turadigan, birga ishlaydigan va o’z
vaktingni xushchaqchaq o’tkazib turadigan do’stlaring bilan birga yashaydigan
joydadir, deb ta`kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: