Millatlararo totuvlik — osoyishtalik va tinchlik garovi
Respublikamiz rahbariyatining mintaqamizda barqarorlik tinchlik, millatlararo
totuvlikni qapop toptirish borasida faol harakat qilib kelayotganibejiz emas, albatta.
Hozirgi o`ta murakkab va ziddiyatli jarayonda hukumatimiz tomonidan uzoqni
ko`zlab olib borilayotgan insonparvarlik siyosati tufayli jamiyatimizda osoyishtalik
tinchlik va totuvlik fuqarolarning kundalik turmush tarziga aylanib ketgan. Buni biz
millatlararo munosabatlarni takkomillashtirish sohasida qilinayotgan harakatlardan
yaqqol ko`rishimiz mumkin.
Ma`lumki, nnsonning baxt-saodati, kelajak hayoti millatlararo munosabatlar bilan
o`zviy bog`liq. Bu ayniqsa, ko`p millatli davlatlar, jumladan, O`zbekiston
Respublikasi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Hozir mamlakatimizda yuzdan ziyod
millat va elat vakillari yashaydi.
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида:хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. –Т.:Ўзбекистон, 1997, 16- бет
.
Ma`lumki, millat ijtimoiy etnik birlikning murakkab shakllari jumlasiga kiradi.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlar millat va elatga emas, balki urug` va qabilalarga
bo`linib yashagan, xo`jalik hayoti ham qabila va urug`g` doirasidan chiqa olmagan.
Urug`ning a`zosini boshqa kishilardan ajratib turadigan asosiy belgi ularning kelib
chiqishidagi birlik, qon-qardoshlik edi.
Kishilar birligining urug` va qabilaga nisbatan ancha yirik yuqori, doimiyroq shakli
bo`lgan elatlar sinfiy jamiyatlar mahsuli bo`lib, ibtidoiy jamoa munosabatlarining
emirilishi, jamiyatning sinflarga bo`linishi, davlatning paydo bo`lishi bilan kelib
chikdi. elatlar ham qon-qardoshligi, tili va madaniyati bir xil bo`lgan bir
territoriyada yashaydigan kishilar jamoasidan tashkil topgandir. elat kishilar
birligining o`zidan oldingi shakllariga nisbatan yuqori turi bo`lsa-da, uning ham
iqtisodiy zamini mustahkam emas edi. Feodal mahdudlik o`zaro urushlar natijasida
mamlakatlar va xalqlar o`rtasidagi savdo aloqalari izdan chiqar, iqtisodiy
munosabatlarga putur etar, madaniy aloqalar, o`zaro bordi-keldilarga raxna solinardi.
Iqtisodiy taraqqiyot kishilarning tarixan barqaror birligini millatning vujudga kelishi
uchun asos bo`ldi. Garchi o`rta asrlarda turli xalqlar, elatlarda millatning tashkil
topishi uchun til va hududiy birlik kabi shart-sharoitlar vujudga kelgan, madaniy
birlik elementlari birmuncha rivojlangan bo`lsa-da, iqtisodiy hayot birligi hali paydo
bo`lgan emas edi. Mamlakatning har xil nohiyalari, viloyatlari, o`lkalari o`rtasidagi
iqtisodiy aloqalar mustahkamlanmasdan turib kishilarning millatga uyushuvi
mumkin emas.
Tarix sahnasida paydo bo`lgan burjua tuzumi feodalizmga xos bo`lgan tarqoqlik va
biqiqlikka xotima berdi, iqtisodiy aloqalarni kengaytirdi, milliy davlatning vujudga
kelishiga sabab bo`ldi, mayda mahalliy bozorlarni qo`shib yiriklashtirib, ulkan milliy
bozorlarga, keyinchalik jahon bozoriga aylantirdi, ishlab chiqarish vositalarini
markazlashtirdi. SHu tariqa zarur bo`lgan iqtisodiy shart-sharoit imkoniyatlarni
yuzaga keltirdi. Millat kapitalizm davrida vujudga keldi.
Millat kishilarning tarixan tashkil topganligi bo`lib, u xo`jalik til, madaniyat, milliy
ruhiyat xususiyatlarining yagonaligi bilan ajralib turadi. Til, hudud, iqtisodiy
turmush, madaniyatdagi umumiylik, bular millatning eng muhim belgilaridir.
Millatning til, hudud, iqtisodiy turmush va madaniyat jihatidan birligi undan oldin
vujudga kelgan urug`, qabila va elatlarning birligidan tubdan farq qiladi. Millatning
iqtisodiy va siyosiy jihatdan birlashishi elatlarning og`zaki ijodi va yozma adabiy
tilning rivojlanishi asosida yagona milliy tilning paydo bulishiga olib keladi.
Millatning tarixiy taraqqiyot xususiyatlari, uning iqtisodiy tuzumi, odat an’analari,
yashash muhiti uning ma`naviy qiyofasi ta`sir etadi. U yoki bu millatga mansub
bo`lgan kishilarning o`ziga xos milliy xususiyati va psihologiyasi milliy tili va
madaniyati bo`ladi. Til millatning eng muhim belgilaridan biridir.
Dunyoning turli mamlakatlarida hozir o`zining turmush tarzi, tili, tarixi, madaniyati,
urf-odatlari, pivojlanish darajasiga ko`ra bir-biridan farq qiladigan qariyb ikki ming
turli halqlar va millatlar yashamoqda. Ularning qariyb 1600 tasi Osiyo va Afrika
mamlakatlarida, qariyb 100 tasi rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda, qariyb 250
tasi sobiq sotsialistik mamlakatlarda yashaydi, Mustaqil davlatlar soni hozir qariyb
190 tani tashkil etadi. Er yuzida 101 milliondan ortiq kishidan tashkil topgan millatlar
ham shuningdek ming va xatto yuz kishidan iborat bo`lgan qabilalar va etnik guruhlar
ham borligini aytmasdan o`tib bo`lmaydi.
Hozirgi davrda sobiq Ittifoq hududida ijtimoiy, milliy va millatlararo munosabatlar
masalasida ilgari aslo kutilmagan salbiy hodisalar, juda ham o`tkir va qaltis
muammolar, kuchli to`qnashuv va mojarolar tez-tez ro`y berib turganligi ham hech
kimga sir emas.
Milliy va millatlararo munosabatlar masalasida bo`lib turgan keskinliklar va
ziddiyatlar oddiy bir anglashilmovchilik natijasi emas. Uning muayyan sabablari bor,
albatta. Milliy va millatlararo munosabatlar masalasi sohasida mavjud bo`lgan
muammolarni xal qilish omili ularni keltirib chiqargan, chuqurlashtirib yuborgan
sabablarni aniqlash va bartaraf etish yo`llarini belgilashdan, ularni yangicha siyosiy
va falsafiy tafakkur asosida nazariy. jihatdan idrok etishdan iboratdir.
Milliy va millatlararo munosabatlarga oid shunday muammolar va vazifalar borki,
ularni ilgari qo`llanilgan eski vositalar, usullar bilan hal etib bo`lmaydi. Hayot
milliy masalaga yangicha yondashishni, siyqa usullardan qat’iyan voz kechishni kun
tartibiga qo`ymoqda.
Milliy masalaning hozirgi davr talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan, ijodiy
boyitilgan eng muhim nazariy qoida va xulosalari hayotga qanday tatbiq
etilayotganligini o`rganish, ularni ilmiy tahlil etish katta amaliy siyosiy va ma`rifiy
tarbiyaviy ahamiyatga molikdir.
Milliy qadriyatlarni tiklash va ulardan samarali foydalanish milliy manfaatlar va
milliy qiziqishlar bilan uzviy bog`liqdir. Milliy manfaaat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy,
ma`naviy hayotni har tomonlama, teran qamrab oladi. Boshqacha aytganda, xaqqoniy
milliy manfaatlar—bu muayyan millat vakillarining talab va ehtiyojlari yig`indisidan
iboratdir. Ammo milliy manfaatlar va ishlar boshqa mintaqa vakillarining
manfaatlariga zid bo`lmasligi kerak Asl manfaatlar bir guruh milliy ekstremistlar,
millatchilik shovinistik buyuk davlatchilik dardiga mubtalo bo`lgan kimsalar emas,
balki mehnatkashlar ommasi ifoda etadi.
Millatlar va milliy manfaatlar, milliy xis-tuyg`ular mavjud ekan, milliy munosabatlar
ham kun sayin e`tibor berishni talab qiladigan masaladir, u umumiylik
munosabatlarini hisobga olgan holda o`z vaqtida va ijobiy xal etib borishni talab
etadi. Millatlarning manfaatlariga to`g`ri munosabatda bo`lish va ana shu zaminda
ixtiloflar chiqaradigan har qanday imkoniyatlarga chek qo`yuvchi sharoitlarni yaratib
beradi. Tajriba shuni ko`rsatdiki, turli millatlarning manfaatlariga jiddiy e`tibor
berilgandagina ixtiloflarga sabab bo`ladigan zamin yo`qoladi: o`zaro ishonchsizlik,
har qanday fisqu-fasod xavfi yo`qoladi.
Ba`zi hollarda milliy manfaatlar g`oyaviy-siyosiy mazmuniga ko`ra bir- biridan farq
qilishi mumkin. SHuning uchun ham ko`p millatli davlatimiz xalqlarining sog`lom
milliy manfaatlarini doimiy ravishda topib, o`rganib, ularni yo`llarini izlamog`imiz
lozim. Lekin bir yoqlama xarakterdagi, mamlakat birligini mustahkamlashga xizmat
qilmaydigan o`ta shaxsiy, tor «milliy manfaatlar» atrofida o`ralashib qolish to`g`ri
emas.
Bir millatning manfaatlari boshqa millat, elatlarning manfaatlaridan, talab va
ehtiyojlaridan ajratilmagan holda o`rganilishi lozim. Jamiyat hayotini
demokratiyalashtirish, oshkoralikni chuqurlashtirish sharoitida, nazokatnn saqlagan
holda, barcha millatlar va elatlarning o`ziga xosligi-yu, manfaat, qiziqishlarini
kamsitmasdan, doimo xalqlar do`stligini mustahkamlash, yoshlarni baynalmilallik va
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo`llarini qidirmoq kerak.
Milliy manfaatlarni nazar-pisand qilmaslik cheklab qo`ying xunuk ijtimoiy-siyosiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunga Tog`li Qorabog`, Gruziya, Ukraina,
Kavkazorti mamlakatimizlarida, Tojikistonda va boshqa joylarda ro`y bergan va
berayotgan ko`ngilsiz voqealar misol bo`la oladi. Bu voqealar milliy qadriyatlar
negizida turgan muammolarni oqilona hal etish lozimligini yana bir bor tasdiqlaydi,
millatchilik va shovinistik kay fiyatlari qo`zralishiga aslo yo`l qo`yib bo`lmasligini
ko`rsatadi.
Milliy qadriyatlar keng ma`noda mamlakatning barcha aholisini tashkil etuvchi turli
ijtimoiy sinflar, millatlar va elatlarning manfaat va qiziqishlarini ifodalaydi. Demak,
har bir o`lka, muxtoriyat yoki mustaqil davlat shaklidagi mamlakatimizlar tarkibida
bir necha millatlar va elatlar borki, ularning barchasiga xos bo`lgan, yaxlit tarzda.
amal qiladigan manfaat va qiziqishlar yuzaga keladi. Umummanfaat zaminida yuzaga
kelgan munosabatlar asosli ravishda ularning barchasiga xos bo`lgan umumiy
qadriyatlarning shakllanishiga asos bo`ladi. SHu nuqtai nazardan aytish mumkinki,
umummilliy manfaatlar mazmun va mohiyati jihatdan milliy qadriyatlarga qaraganda
keng va chuqurroqdir. Bundan ko`rinib turibdiki, umummilliy manfaatlar milliy
manfaatlardan farqli o`laroq, alohida yoki bir guruhdagi kishilarni emas, balki
mamlakatimizdagi barcha mavjud millat, elat va xalqlar maqsad va intilishlarining
yaxlitligi, umumiyligini ifodalaydi.
Umummilliy manfaatlar butun holda namoyon bo`lsa, milliy manfaatlar ana shu
butunning bo`lagi shaklida namoyon bo`ladi. Umumiylikni alohidalikdan,
alohidalikni umumiylikdan ajratib bo`lmaganidek, milliy manfaatlarni ham
umumilliy manfaatlardan ajratib qarash mumkin emas. Zero, umummilliy
manfaatlar, milliy manfaatlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Milliy va
umummilliy manfaatlar bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. SHuning uchun ularni bir-
biridan ajratib, bir-biriga qarama- qarshi qo`yib bo`lmaydi. Haqiqiy baynalminal
inson bo`lmoq uchun faqat o`z millatining manfaatinigina o`ylash kerak emas,
balki uni umumisoniy manfaatlar bilan uyg`un holda ko`ra bilmoq kerak.
Ko`pmillatli mamlakatimiz taraqqiyotining tarixiy, tajribasi umummilliy manfaatlar
bilan milliy manfaatlarni bir-biriga uyg`unlashtirishning bir qancha printsiplarini
yaqqol ko`rsatish imkoniyatini beradi. Bu printsiplardan eng asosiysi—umumdavlat,
umummilliy manfaatlarni cheklash, kamsitish emas, balki umumiyatning manfaatiga
asoslanish, ozchilikning manfaatini ko`pchilik manfaatlaridan ustun qo`ymaslik
demakdir.
Haqiqiy baynalmilallik faqat milliy, hududiy mamlakatimiz manfaatlarini teran
anglashdangina iborat emas, balki umummilliy yangilanish vazifalarini ado etish
yo`lida mamlakatimizdagi barcha hududlarning imkoniyatlaridan to`la-to`kis
foydalanishni ham taqozo etadi. Milliy va umummilliy manfaatlarni yakka-yakka,
alohida-alohida holda emas, balki o`zaro bog`liq holda amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. Turli xududlarda yashab kelayotgan xalqlar millatidan qat`i nazar,
hamma joylarda va hamma vaqt o`zlarishshg rang barang milliy ehtiyojlarini qondira
olishlari darkor. Bu munosabat xududiy muxtoriyatga ega bo`lmagan xalqlarga ham
tegishlidir, ularning milliy manfaatlarini ham oqilona ximoya qilish zarur.
Qardosh mamlakatimizlarda yashayotgan millat va elatlarning talab va ehtiyojlarini
har tomonlama o`rganish, ularni qondirish yo`lyRrini izlash hamda
mamlakatimizning umumiy manfaatiga muvofiqgashtirish nisbatan katta ahamichtga
egadir.
Keng ma`nodagi millii qadriyatlar asosida turuvchi umummilliy danfaatlar, yuqorida
ta`kSHdlaganimizdek shunday umummilliB munosabatlarni namoyon etadiki,
bularga quyidagi talablarni kiritish mumkin:
mamlakatda yashovchi barcha kishilarning, millati va istiqomat joyidan qat`i nazar
teng huquqliligi va erkin rivojlanishini ta`minlash;
halqlarning o`z taqdirini o`zi belgilashi, milliy qadr-qimmatni qaror toptirish:
ona tilini va madaniyatini, halq urf-odat va an`analarini rivojlantirish huquqi berilishi.
mustaqil davlatlar ko`p millatli, halqlarining hamdo`stligini mustaqkamlash, shu
jumxuriyatlar tarkibidagi hamma turdagi muxtoriyatlarning ham mustaqilligini
amalda tA`’inlash:
kaasonli halqlarning, milliy guruhlarning manfaatlari va qiziqtirishlarina ximoya
qilish$ ular turmushiming an`anaviy shakllariga ehtiyotkorlik balan munjsabatda
bіlish, qatag`onga uchraganva zo`rberib so`chirilgan halqlarning huquqlarini tiklash,
zo`ravonlik harakatlari oqibatlarini bartaraf etish;
aholining nohaqlikdan ko`chishining oldini olish,
qochoqlar uchun huquqiy maqomlar joriy etish, ularga
zaruriy yordam berish;
milliy ekstremizm, shovinizm, irqchilik diskriminatsiyaning har qanday ko`rinishiga
qarshi kurashish;
ko`pmillatli davlatning umummilliy xavfsizligini ta`minlash va qo`riqlash,
YUqorida ko`rsatib o`tilgan munosabatlarning barchasi aynan hayotimiz mezonidan
kelib chiqayotgan xaqqoniy talablardir. Bularga o`z navbatida, e`tibor bermaslik
salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Biroq muammolarni xal qilish
jarayonida faqat muayyan jumxuriyatdagi u yoki bu millat va elating talab va
ehtiyojlariga zo`r berish, milliy mahudlikka, xudbin manfaatlarga asir bo`lib qolish
ham yaramaydi. CHunki bu hol muayyan mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va
ma`naviy ravnaqiga xissa qo`shmaydi, aksincha, salbiy ta`sir etadi, milliy xis-
tuyg`ularning junbushga kelishiga sabab bo`ladi. Milliy va umuminsonyy
manfaatlarning moxiyatini belgilash, himoya qilish chogida yo`l qo`yilgan shoshma-
shosharlik o`ylamasdan tashlangan har bir qaFam og`ir qalb jarohatlariga olib kelishi
mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. Ma`lumki, O`zbekistan ahjlisining etnik
tarkiSid o`zbeklar ustun mavqeni egallabdi. SHu bilan bir qatorda respublikamiz
hududida o`z madaniyati va an`analariga ega bo`lgan yuzdan ziyod millat vakillari
ham yashab turibdi. «O`zbekistonning milliy madaniy jihatdan g`oyat rang-barangligi
milliy o`zligini anglash va ma`naviy kayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy
birgalikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchunqu4ratli omil
bo`lib xazmat qiladi va respublikamizning jahon hamjamiyatiga qo`shilish uchun
qulay sharoitlarni vujudga keltiradI»21.
Milliy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning ajralmas qisdidir. SHuning
uchun ham milliy va millatlararo munosabatlarda ijtimoiy hayotimizning iqtisodiy-
siyosiy, madaniy-ma`naviy va boshqa sohalarida ro`y berayotgan o`zgarishlar,
qiyinchiliklar, ziddiyatlar o`z aksini topmay qolmaydi. Har qanday rivojlanishga
ziddiyatlar xosdir. Binobarin, ular milliy munosabatlar rivoji uchun ham muqarrardir.
21
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. –Т.:ЎЗбекистон, 1994, 12-13 бетлар.
eng muxim, ziddiyat ularni doimo yuzaga keltirib turadigan jihatlarni ko`ra bilish,
hayot o`rtaga qo`yayotgan savollarga o`z vaqtida to`g`ri javob topib berish zarur.
Afsuski, o`tmishda biz milliy siyosatning ulkan yutuqlari haqida keragidan ortiqcha
darajada gapirdik ammo mazkur sohadagi jiddiy kamchiliklar, buzilishlar, xatolar,
muammolar haqida lom-mim demadik. YUtuqlarimizga ortiqcha baxo berdik
kamchiliklar, xatoliklar, jiddiy qiyinchiliklarni ko`rib ko`rmaslikka oldin, real
voqelikdan ancha yiroqlashib ketdik, qorani oq qilib tasvirladik milliy masaladagi
echimlarini kutayotgan muammolar, ro`y bergan va gazak olib borayotgan salbiy
xodisalar xususida indamaslikni, hamma narsani bezab, benuqson qilib tasvirlashni
o`zimiz uchun odat qilib oldik. Milliy masalada, millatlararo munosabatlarda, iqtisod
va ekologiyada, til masalalarida, paxta yakka xokimligi, ijtimoiy masalalar, aholini
oziq-ovqat, uy-joy bilan ta`minlash, tibbiy xizmat ko`rsatish, milliy kadrlarni
o`stirish, yosh bolalar o`rtasida kuchayib borayotgan bevaqt o`lim va 6oshqa eng
dolzarb muammolar xaddan uzoq yillar davomida indamasdan, dardimizni ichimizga
yutib keldik. Turg`unlik yillarida nashr etilgan ilmiy ishlarda, yoqlangan
dissertatsiyalarda, ayrim sobiq raxbarlarning balandparvoz nutqlarida milliy
munosabatlarda hech qanday muammo yo`qligi, bo`lishi ham mumkin emasligi
haqida zo`r berib gapirildi, bu sohadagi yutuqlar bir yoqlama, faqat yaxshi
tomonlardangina bayon etildi va bo`rttirildi, real haqiqat buzib ko`rsatildi. Ayrim
jumxuriyatlar va muxtor tuzilmalarning ham, milliy guruhlarning ham ijtimoiy
iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti, ehtiyojlari etarli ravishda hisobga olinmadi. Millatlar
va elatlar taraqqiyotining o`zi o`rtaga qo`ygan birtalay keskin masalalar o`z vaqtida
hal etilmadi. Bu esa ijtimoiy norozilikka olib kelib, ba`zan mojaroli tus oldi. Milliy
xudbinlik va kibr-havo, tayyoriga ayyorlik kayfiyatlari va mahalliychilik ko`rinishlari
sodir bo`lib qoldi. O`n yillar davomida yig`ilib qolgan salbiy hodisalar uzoq
vaqtgacha e`tiborga olinmadi. Buning natijasida bunday ko`ngilsiz hodisalar ro`y
berdiki, bu narsa nafaqat sobiq sho`rolar jamiyati kishilarini, balki jahon xalqlarini
ham tashvishga solmoqda. Sobiq Ittifoqning tugab ketishi, Gruziya, Armaniston,
Ozarbayjonda, CHechenistonda va boshqa jumxuriyatlarda ro`y berib turgan voqealar
va jarayonlar shular jumlasidandir.
Sobiq Ittifoq hududining gox u, gox bu erida ro`y berayotgan bugungi ijtimoiy
etnik mojarolar buning yaqqol misolidir. Uzoq yillar davomida zo`r berib
aytilganidek agar sobiq Ittifoqda milliy masala bilan bog`liq bo`lgan muammolar
to`la va o`zini kesil hal etilganida, ming minglab odamlar qatag`onlik qurboni
bo`lmaganida, koshki bir qatop xato-kamchiliklarga, jinoyatlarga yo`l
qo`yilmaganidagi, keyingi yillarda bir qancha mingta qilarida noxush hodisalar
bo`lmagan, qon to`kilmagan, qurbonlar berilmagan bo`lardi.
Nisbatan xiyla jonlanib qolgan millatchilik milliy kalondimog`lik milliy xudbinlik
ekstremizm ko`rinishlari, ma`lum ma`noda, aynan o`sha eski xatolardan oziqlandi,
deyish mumkin. Kishilarni darg`azab qilgan salbiy hodisalarning tug`ilishiga faqat
shaxsga sig`inish yillarida mamlakatlararo munosabatlarni belgilash, baynalmilal
tarbiyani yo`lga qo`yish chog`ida ro`y bergan juda katta xatolar, kamchiliklargina
emas, balki keyingi yillarda milliy masalaga yondashish borasida yo`l qo`yilgan
jiddiy nuqsonlar ham o`z ta`sirini o`tkazmay qolmadi. Xatolar yig`ilib-yig`ilib, gazak
olib, oxiri, yuqorida aytib o`tilgan, milliy zamindagi ko`ngilsiz hodisalarga sharoit
yaratdi.
Milliy va millatlararo munosabatlar masalasida yo`l quyilgan xato va
kamchiliklar qanday salbiy oqibatlarga olib kelganligini, nimalarda namoyon bula
yotganligini bilish, milliy masalada kelajakda bunday vaziyatlar takrorlanishiga yo`l
qo`ymaslik uchun ularni keltirib chiqargan va rivojlantirib yuborgan sabablarni keng
va atroflicha idrok qilish maqsadga muvofiqdir.
SHuni e`tiborga olish kerakki, milliy va millatlararo munosabatlarga bevosita daxldor
bo`lgan juda ko`plab muammolar birdaniga, favqulodda, bir ikki yil ichida emas,
balki uzoq yillar mobaynida sekin-astalik bilan paydo bo`lib, rivojlanib, oqibatda o`ta
keskinlashib ketgan bir paytda qayta qurish bu sohadagi qator muammolar va
ziddiyatlarni yuzaga qalqitib chiqardi.
Hozirgi kunning asosiy vazifasi milliy masalada o`tmishda ro`y bergan nuqson va
kamchiliklarni sanab o`tishdangina iborat bo`lmay, balki bugungi kunning vazifalari
va kelajak xaqida ilmiy asosda aniq-ravshan, fikr yuritishdir. Faqat orqaga qarab
oldinga yurish mumkin emas, shunday qilinsa birinchi to`siqdayoq qoqilib qolish
mumkin. Biz turmushning xatolar haqida ko`p o`yladik ma`lum chora-tadbirlar
ko`rdik ham. endigi vazifa hozirgi kun haqida boshqotirishdir. Agar shunday
qilinmasa, ko`p imkoniyatlardan foydalana olmaymiz, mayda-chuyda masalalar
doirasida o`ralashib qolib, muhim voqealar, vazifalarni bilish, ulardan foydalanish va
amalga oshirish imkoniyatlarini qo`ldan boy beramiz.
Jumxuriyatimizda keyingi vaqtda ro`y bergan tarixiy voqealar, jumladan, O`zbekistan
Respublikasining davlat mustaqilligi to`g`risida Qonun qabul qilinishi, uning 160 dan
ortiq xorijiy mamlakatlar tomonidan tan olinishi, hayotimizning hamma sohasida
amalga oshirilayotgan o`zgarishlar milliy va millatlararo munosabatlarni
takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirmoqda. SHulardan
to`liq foydalangan holda, milliy va millatlararo munosabatlar sohasidagi barcha
mavjud kamchiliklarni zudlik bilan tuzatish hammamizning oldimizdagi dolzarb
vazifadir.
Milliy muammolar to`g`risida gap borganda, davlat mustaqilligini
mustahkamlash, iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy inqirozdan chiqish ham, milliy qadr-
qimmat, qimmat va o`zlikni anglashnn qaror toptirish ham, ekologiya, tabiatni
muxofaza qilish ham, til va ma`naviy merosni saqlash ham o`ziga xos ahamiyat kasb
etadi. Milliy va millatlararo munosabatlarga doir muammolarning hammasi o`zaro
bog`liq. SHuning uchun ham ularni o`zaro ajratib xal etib bo`lmaydi. Odamlarning
kayfiyati, jamiyatdagi ma`naviy siyosiy iqlim ko`p jihatdan ana shu muammolarni
ijobiy xal etishga bog`liq.
O`z milliy davlati xududlaridan chetda yashovchi kishilarning manfaatlarini
hisobga olish o`tmishda izdan chiqqanligi millatlararo munosabatlar
chigallashuvining sabablaridan biridir. U yoki bu millatga mansub kishilarniig
maifaatlari kamsitilishi, e`tiborga olinmasligi milliy alamzadalik va mojarolarga olib
kela boshladi. Bunday ko`ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun o`z milliy davlati
xududidan tashqarida yashayotgan har xil millat va elat vakillarinint adolatli talab va
istaklarini zaruriy ravishda inobatga olish va qondirish lozim. Hayot milliy
guruhlarning davlat hokimiyatdagi vakilligini, ona tilida ta`lim olish, milliy
madaniyatni, urf-odat, an`analarini rivojlantirish va boshqa huquqlarini yanada
aniqroq belgilab quyishni kun tartibiga qo`ydi.
Hozirgi paytda O`zbekiston Respublikasida 1 milliondan ziyod qozoqlar,
qariyb 300 ming qrim tatarlari, 500 ming koreys, 700 ming tojik yashaydi. Ularning
turli-tuman ehtiyojlarini qondirish uchun qator chora-tadbirlar qo`rilmoqda.
Aholining ona-tilida ta`lim olish borasidagi ehtiyojlari to`laroq qondirilmokda.
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish, madaniy va ma`naviy boyliklarni taqsimlash
masalalarida ijtimoiy adolat printsiplariga asoslanilayapti. Milliy tilda ro`znomalar,
kitoblar nashr etilmoqda. Ko`pchilik millatlarning ehtiyojlarini hisobga olib,
televizion ko`rsatuv va radio eshittirishlar kengaytirilmoqda, milliy madaniyat
markazlari ta`sis etilmoqda. Boshqa millatlarning vakillari davlat hokimiyati, ijtimoiy
ishlarga jalb qilinmoqda. Uylaymizki, bunday tadbirlar millatlararo munosabatlarni
yanada takomilashtirishda ijobiy rol’ o`ynaydi.
I.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi majlisidagi
ma`ro`zasida «O`zbekistonning asr boshida» degan uzoq muddatga mo`ljallangan,
keng qamrovli rivojlanish dasturini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish
zarurligini qayd qilib, «bu dasturda har bir fuqaro, har bir vatandoshimizning bugungi
va kelajak manfaatlari o`z ifodasini topishi lozim», deb ko`rsatdi. Bunday dasturni
izchillik bilan amalga tatbiq etish milliy va millatlararo munosabatlarni yanada
uyg`unlashtirib, jamiyatimiz barqarorligini ta`minlashga katta zamin bo`lishi shak-
shubhasizdir.
Milliy siyosatga taalluqli, har bir millat va elatning manfaatlariga, kishilarning
milliy tuyg`ulariga daxldor bo`lgan hamma ishlarda ayniqsa xushyor va sergak
bo`lish, ayni chog`da qanday libosdaligidan qat`inazar, milliy cheklanganlik va
manmanlik millatchilik va shovinizm ko`rinishlariga qarshi kurash olib borishni hech
qachon esdan chiqarib bo`lmaydi.
Milliy manmanlik milliy maxdudlik milliy maqtonchiqlik bizning g`oyat buyuk
boyligimiz bo`lgan baynalalmilalchilik tuyg`ularimizga tamomila yot. Milliy
tuyg`ular juda nozikdir. Biror millatni ortikcha maqtash, uning tarixi, madaniyatini
ideallashtirish boshqa millat vakillarining milliy tuyg`ulariga birmuncha tegib ketadi.
Bu milliy tuyg`ular millatchilik tuyg`ulariga aylanib ketishi mumkin. Milliy
madaniyat tarixini xaddan tashqari ideallashtirib yuborish ham o`z navbatida,
shovinistik kayfiyatlarning kuchayishiga yordam berishi mumkin.
Kamsonli millatlar madaniyatiga, milliy xususiyat va an`analariga katta millatlarning
yondashuvidagi buyuk davlatchilik kayfiyatlari millatchilik tuyg`ularining
kuchayishiga ta`sir ko`rsatadi. U yoki bu jumxuriyat xududida yashayotgan kam sonli
millatlarning tiliga, ularni o`z tilida o`qitishga, ro`znoma va kitoblar nashr qilishga,
ish yuritishga nihoyat darajada extiyotkorlik bilan yondashish kerak. Buni e`tiborga
olmaslik milliy adovatga, alamzadalik va xokazolarga olib kelishi turgan gap.
Insoniy muiosabatlar millat tanlamaydi. Jumxuriyatimizning oddiy
mehnatkashlariga milliy manmanlik mutlaqo yotdir. Ular biror millatni ko`klarga
ko`tarishga ham, odamlarni millati eski diniy e`tiqodiga ko`ra qarama-qarshi
qo`yishga ham hech qachon ehtiyoj sezmaydilar. Ularning asosiy shiori xalol yashash
va mehnat qilish, atrofdagilar bilan chinakam insoniy munosabat o`rnatishdan
iboratdir. Oddiy insonlarni milliy xudbinlik kabi salbiy tushunchalar bilan
zaharlashni, ularni bexuda bezovta qilishni aslo oqlab bo`lmaydi. Millatchilik
shovinizm, milliy maxdudlik milliy kalondimog`lik shaxsni ma`naviy va axloqiy
jihatdan emiradi, jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy qashshoqlikka olib keladi.
Millatchilik va shovinistik munosabatlar natijasida, va boshqa sabablarga ko`ra
hozirgi paytda sobiq Ittifoq Mamlakatimizlarida turli mamlakatlarga mansub bo`lgan
60 million kishi o`z xududidan tashqarida yashaydi. Bu narsa, albatta, qator
muammolarning turilishiga sabab bo`lmoqda. Hozirgi paytda ana shu muammolarni
xal etishga qaratilgan ishlar olib bormoqda. Milliy munosabatlarni yanada
takomillashtirish to`g`risida so`z yuritilar ekan, mazkur masalaga taalluqli bo`lgan
yana bir muhim narsani aniqlab olishimiz lozim. O`tmishda milliy munosabatlarga
xos ikkita tendentsiya mavjud, ularning birinchisi millat va elatlarning gullab-
yashnashini tashkil qilsa, ikkinchisi ularning o`zaro inoqlashuvini tashkil etadi, degan
fikr mavjud bo`lib, ikkinchi tendentsiyani birinchisnga nisbatan ustun deb
hisoblanardi. Endilikda, milliy munosabatlardagi ikki tendentsiya xaqidagi masalaga
hozirgi sharoitni hisobga olib yangidan yondashishimiz zarur bo`lib turibdi.
Fikrimizcha, milliy munosabatlar rivojlanishdagi tendentsiyalarning birinchisi
jamiyatimizdagi barcha millat va elatlarning erkin va har tomonla rivojlanishi bo`lsa,
ikkinchisini ular o`rtasidagi qardoshlarcha do`stlik va hamkorlikni rivojlantirish va
yanada mustahkamlash, desak haqiqatga mos tushadi.
Bunday yondashish, barcha millat va elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
ma`naviy rivojlanishini ta`minlash bilan birgalikda ular o`rtasidagi do`stlik va
hamkorlikni mustahkamlashga imkoniyat ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: |