Tojikiston Respublikasi o`rtasidagi munosabatlarda yanada chuqurlashtirish haqidagi
memorandumda «O`zbekiston tomoni BMT xomiyligi ostida o`tgan Tojikistonda
tinchlik o`rnatish va milliy totuvlikni qaror toptirishning asosiy tamoyillari
to`ug`risidagi tojiklararo muloqot doirasida imzolangan protokolni tabriklaydi»,
deyiladi.
Siyosiy muloqot, kuch ishlatish va ekstremizmdan voz kechish, BMT homiyligi,
kuzatuvchi mamlakatlar ishtirokida o`zaro maqbul echimlarni izlash Tojikistonda
tinchlik va barqarorlikka erishishning yagona yo`lidir. SHuni e`tiborga olgan holda
memorandumda quyidagilar ta`kidlanadi:
«Tomonlar bundan buyon ham mintaqaviy xavsizlikning muhim muammolari
yuzasidan doimiy maslahatlashuvlar o`tkazish amaliyotiga rioya qiladilar va xalqaro
tashkilotlarda birgalikda harakat qilishda davom etadilar.
O`zbekiston Respublikasi hukumati va Tojikiston Respublikasi
hukumati ikki davlat
qardosh xalqlari farovonligi yo`lida bundan-buyon ham tinchlik 6apqarorlik hamda
totuvlikni ta`minlash va oshirish, yaqin hamkorlik rejalarini hayotga muttaqil tatbiq
etish uchun birgalikda harakat qiladilar».1
O`zbekiston Afg`onistonda ham tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashing
tarafdoridir. Prezident I.Karimov hozirgi kunda mintaqada tinchlik va barqarorlikni
saqlash muammolari xususida so`z yuritganda bugungi kunda Afg`onistonadagi
vaziyatni barqarorlashtirish va qayta tiklash borasida davom
etayotgan ijobiy
jarayonlar bilan bir qatorda, mntaqadagi strategik mavxumlikni tugatish nihoyatda
dolzarb masala ekanligini ta`kidladi1.
Hayot shundan dalolat beradiki, bugungi kunda notinch va fojiali mintaqalarda
joylashgan davlatlarning bir-birini o`zaro anglash va birgalashib harakat qilishini
ta`minlabgina butun dunyoda tinchlik va barqarorlikka erishish yo`llarini belgilab
olish mumkin. SHuning uchun ham biz uchun barcha tinchliksevar mamlakatlar bilan
o`zaro foydali teng huquqli munosabatlarni yo`lga qo`yib, jahon hamjamiyatiga
qo`shilish o`ta dolzarb vazifadir.
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik bular davlatimizning yangi binosini
barpo qiladigan
poydevordir. Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib boradigai to`g`ri yo`ldir.
«Tinchlik va barqarorlik,- deb yozadi I.Karimov, - bular xalqaro hamjamiyat bilan
birlashtiruvchi vositadir. Insonparvarlik yaxshilik sofdillik singari umuminsoniy
kadriyatlarni qabul qilgan va birgalikda baham ko`rgan mamlakatgina, xalqgina
butun dunyo xalqlariga yaqin va tushunarli bo`lishi, jahon hamjamiyatiga qabul
qilinishi mumkin. Faqat ular bilan teng huquqi, o`zaro manfaatli munosabatlar
o`rnatilishi mumkin»2.
Ma`lumki, umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan, muayyan
mintaqadagi konkret davlatlarning hamjihatligi va birgalikdagi harakatidan
boshlanadigan jarayondir. SHuni e`tiborga
olgan holda, O`zbekiston rahbariyati BMT
ishlab chiqqan qarorlarga muvofiq Afg`onistondagi mojarolarni bartaraf etish uchun
quyidagi. tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish zarurligini qayd etib
kelmoqda. Bular: mojaroni bosqichma-bosqich bartaraf qilish, muzokara jarayonida
1
«Халқ сўзи», 1995, 13 сентябрь
1
Каримов И.А.Бизнинг бош мақсадимиз жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация
ва ислоҳ этишдир.-Т.:Ўзбекистон, 2005, 29-бет
2
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳҳотларни чуқурлаштириш йўлида.-Т.:Ўзбекистон, 1995, 170-171-
бетлар
barcha manfaatdor
tomonlarning ishtirok etishi; o`zaro yon berish va oqilona o`zaro
kelishuv asosida nuqtai nazarlarni bir-biriga yaqinlashtirish; bu jarayonda BMT,
Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Islom konferentsiyasi tashkiloti va
boshqa halqaro tashkilotlarning xomiyligi va faol ishtirok etishi;
mamlakat hududiy
yaxlitligining saqlanishi; qanday shaklda bo`lmasin, tashqaridan tazyiq yoki
aralashuvga yo`l qo`yib bo`lmasligi; Afg`onistonga qurol-yarog` etkazib berishni
qat`iy taqiqlab qo`yish zarurligi.
Bugun Afg`onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqish ortib borayotgani dunyo
hamjamiyatida katta havotir uyg`otmoqda. Birok, bu illatga qarshi faqat giyohvand
moddalar ishlab chiqarilayotgan xudud atrofida “xavfsizlik zonasi”ni
tashkil etish,
jazolash va ma`muriy chora-talbirlarni kuchaytirish bilangina kurashishning kifoya
qilmaydi. Ushbu muammoni xal qilish uchun, birinchi navbatda, Afg`oniston
iqtisodiyotini chuqur trkibiy o`zgartirish, aholini tinch va bunyodkorlik mehnati bilan
band etish orqlai hal qilish mumkin va lozim.
Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi vaqtda turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy,
transportga va ekologiyaga oid muammolar to`planib qolgan. Mintaqaviy mojarolar,
diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv
millatchilik etnik va millatlararo ziddiyatlar, korruptsiya va jinoyatchilik
maxalliychilik va urug`-aymoqchilik
munosabatlari, ekologik muammolar xavfsiz-
likka tahdid ko`rsatib turibdi.
Mazkur muammolarning salbiy oqibatlaridan holi bo`lishda mintaqada jug`rofiy-
siyosiy muvozanatni va barqarorlikni saqlab qolish katta ahamiyatni kasb etadi. Bu
esa, o`z navbatida, yalpi xavfsizlikni ta`minlash muammolarini xal qilishga
qo`shilgan salmoqli hissa bo`ladi. Biz «yangi ming yillikka yo`l ochib borar ekanmiz,
hammaga do`stlik va hamkorlik qo`lini cho`zamiz. Xavfsizlik barqarorlik va
sobitqadam rivojlanish degan so`zlar buning ramzidir. CHunki, aynan shu
tushunchalar har
bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi
uchun mustahkam poydevor yaratadi. Sayyoramizda jug`rofiy-siyosiy muvozanatning
ajralmas sharti bo`lib qoladi. Bu har bir insonga kelajakka dadil va ishonch bilan
qapam huquqini beradi»1.
Dostları ilə paylaş: