Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014



 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti 
 
«Milliy g`oya, ma`naviyat va huquq asoslari» 
 kafedrasi 
 
 
“QADRIYATLAR FALSAFASI” 
 FANIDAN 
 
MA`RUZALAR MATNI 
 
 
 
 
 
 
Namangan - 2014


 
Mazkur ma`ruzalar matni NamDUning “Milliy g’oya, ma’naviyat va huquq 
ta’limi” yo’nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, “Qadriyatlar falsafasi” 
fanidan sistemali bilimlar beradi va ko`nikma-malakalar oshirishni belgilab beradi. 
Jumladan qo`llanmada jamiyatimiz taraqqiyoti-negizi tamoyillarini aks ettiradigan 
qadriyatlar to`g`risidagi bilimlar ifoda etilgan.
Ma`ruzalar matni NamDUning “Milliy g’oya, ma’naviyat va huquq asoslari” 
kafedrasining 2014 yil _______________dagi yiqilishida ko`rib chiqilgan va tavsiya
qilingan. 
Tuzuvchi: t.f.n. O.Topildiyev
Taqrizchi: f.f.n. O.Mamatov


So’z boshi 
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an`analarimiz qayta tiklanib, yanada 
rivojlangandagina jamiyatimizda o’tkazilayotgan islohatlar muvaffaqiyatli amalga 
osha oladi, chunki ma`naviy barkamol, ma`rifatli, ruhan bardam, yangicha 
tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharaf bilan o’ta 
oladi. SHunday ekan, xalqimizning boy madaniy merosi, yuksak ma`naviy 
qadriyatlarini chuqur va atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har 
bir insonning ongiga singdirib, ayniqsa yosh avlodni ma`naviy etuk, fidoyi etib 
tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. 
“Qadriyatlar falsafasi” fanidan tuzilgan ushbu ma`ruzalar matnida 
qadriyatlarning mohiyati va asosiy turlari, tabiiy, moddiy, ma`naviy, ijtimoiy-siyosiy, 
ahloqiy qadriyatlarning o’tmishdagi ahvoli, ularning mustaqillik sharofati bilan 
tiklanishi, istiqboli, hadriyatlarning islohotlarni chuqurlashtirib, jamiyatimizni 
yangilashdagi, inson ma`naviy barkamollgi, uning dunyoqarashi, bunyodkorlik 
faolligini, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirishdagi o’rni, milliy, mintaqaviy va 
umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, milliy qadriyatlarimizning jahon 
hamjamiyatiga kirishdagi vositachilik roli kabi dolzarb masalalar haqida fikr 
yuritiladi. 
Respublikamizda ta`lim tizimini isloh qilish, va ta`lim-tarbiya ishlarini 
takomillashtirish shu kunning muhim vazilaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu esa o’z 
navbatida oliy o’quv yurtlaridagi tegishli kafedralar zimmasiga o’quv 
predmatlarining dasturlari hamda dasrlik va o’quv qo’llanmalarni xozirgi zamon 
talablari va ilm-fanning keyingi yutuqlarini xisobga olgan holda yangilab borish, 
O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so’ng o’quv rejasiga kiritilgan 
yangi fan-predmetlar bo’yicha o’quv dasturlari va darsliklar yaratish vazifasini 
yuklaydi. Zero, ming yillar davomida to’plangan boy ma`naviy merosni avaylab-
asrab, uni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ijodiy boyitib, kelajak avlodning 
tafakkuri, dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosid shakllantirib, 
ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirish-mustaqillik poydevorini 
mustahkamlashning asosiy garovidir. Hech bir xalq o’zini anglamasdan, milliy 
madaniyati va qadriyatlarini avaylab-asrab saqlamasdan turib boshqa xalqlarning 
qadriyatlariga xurmat-izzat bilan qaray olmaydi. SHuning uchun qadriyatlarning 
tiklanishi umuminsoniy qadriyatlar sari rivojlanishining yakkayu-yagona yo’lidir. 
«Qadriyatlar falsafasi» fani mustaqil O’zbekistonimizning kuch-qudrati 
xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga nechog’li sodiqligiga bog’liq ekanligidan 
kelib chiqib, milliy qadriyatlarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashib 
ketish jarayoni, ularning taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan imkoniyatlarning paydo 
bo’lish jarayoni, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi 
masalalarining qay ahvolda bo’lganligi va qay tarzda xal etilganligiga alohida urg’u 
beradi. Istiqlol tufayli kiritilgan yangi «Aksiologiya» o’quv predmetining ahamiyati 
uning ijtimoiy fanlar orasidagi o’rin, ular bilan o’zaro aloqasi va o’zaro ta`siri hamda 
tarbiyaviy funktsiyalari bilan belgilanadi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin