BERUNIY
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973— 1048) jahon fani va
madaniyati tarixida yorqin siymolardan hisoblanadi. Beruniy o’z zamonasining buyuk
mutafakkiri, olimlar peshvosi bo’libgina qolmay, balki hamma zamonlarning eng
ulug’ allomasidir.
Beruniy bilan G’aznada yashagan mashhur tarixchi Abul Fayz Bayhaqiy
(1077 yilda vafot etgan) olimga baho berib, bu odam ilmi adabda, narsalarning
mohiyaini aniqlashda, handasa va falsafada shu qadar bilimdon ediki, uning
zamonida unga tenglashadigan hech kim yo’q edi. XIII asrda yashagan yirik
olim YOqut Hamaviy ta`biri bilan aytganda, zamona ilm va aqlda unga teng
keladigan boshqa odamni ko’rmadi.
Beruniy butun kuchi, hayoti, aql-idroki va tafakkurini ilmu fan asoslarini
o’rganishga sarfladi. U o’zini qiziqtirgan masalalarni sinchiklab o’rganib mohiyatini
bilib olishda hech erinmagan, hafsalasi nihoyatda zo’r bo’lgan. SHuning uchun ham
SHarqda Beruniy haqida osoyishtalikni mashaqqatdan, kechani kunduzdan
ajratmagan, kuni qalam ushlashdan, miyasi fikrlashdan, tili bayon etishdan hech
qachon to’xtamagan, o’z taxsili va kamoloti uchun yilning hamma kunlarini bergan,
degan gap tarqalgan.
Beruniy nihoyatda sermahsul, ilmiy faoliyati ko’p qirrali va boy komusiy olimdir.
Akademik I. YU. Krachkovskiy so’zi bilan aytganda, u qiziqqan sohalarni sanab
chiqishdan ko’ra, qiziqmagan sohalarni sanab chiqish osonroqdir.
Beruniy 160 ga yaqin asar yozgan. Uning asarlari astronomiya, matematika,
geografiya, geodeziya, kartografiyaga, ob-havo masalalariga, minerologiya, fizika,
dorishunoslik, tarix va etnografiyaga, falsafaga, dinga, ritorika va musiqaga,
adabiyotga, xullasi kalom, ilmning hamma sohalariga bag’ishlangan. Beruniyning
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Minerologiya»,
«Geodeziya», «Qonuni Mas`udiy» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy
qaysi bir fan bilan shug’ullangan bo’lsa, o’sha sohada insoniyat o’chun g’oyat
katta, axamiyatga ega bo’lgan eng muhim ilmiy g’oyalarni o’rtaga tashlagan, ham
SHarqdagi, ham G’arbdagi o’zidan keyingi olimu mutafakkirlarga juda katta ta`sir
ko’rsatgan.
Beruniy tabiat, unda cheksiz ravishda ro’y berib turadigan tabiiy hodisalar,
jarayonlar xususida muhim ilmiy-falsafiy g’oyalarni ilgari suradi va isbotlab beradi.
Olamda bo’lib turadigan o’zgarishlar, ya`ni tuzilish va buzilishlarning, paydo bo’lish
va yo’qolishlarning o’ziga xos sabablari borligi haqida tabiiy-ilmiy va falsafiy
mulohazalarini maydonga tashlaydi, Tabiiy jarayonlarda bo’ladigan imkoniyat va
voqelik, moxiyat va hodisa, sabab va oqibat, shuningdek, irsiyat va o’zgaruvchanlik
masalalariga katta e`tibor beradi. Odamlarning rang, su`rat, tabiat va ahloqda
turlicha bo’lishlarining asosiy sababi, olimning ta`kidlashicha, faqat nasl-
nasablarining turlichaligida emas, balki tabiiy-iqlimiy muhitlarning — tuproq, suv,
havo va joylarning turlichaligi hamdir.
Borliqning abadiyligi, uning doimiy ravishda o’zgarib turishi haqida ham
Beruniy o’z fikrini mukammal bayon etadi. «Qadimgi halqlardan qolgan
yodgorliklar» asarida, «Olam azaliy falak cheksiz bo’shliqqa joylashgan», — deydi.
Allomaning fikricha, er, tabiat azaldan hozirgi holatida bo’lgan emas, bundan keyin
ham shunday holatda qolmaydi. Uzoq yillar mobaynida evolyutsion o’zgarishlar
tufayli erimizning tashqi qiyofasi, relьefi, faunasi, nabobati, ob-havosi, iqlimi bir
necha bor o’zgardi, daryolarning oqish yo’llari oldingidan boshqacha bo’lib koldi,
quruqlikda bir vaqtlar bo’lmagan ko’llar, dengizlar hosil bo’ldi, ba`zilari esa yo’q
bo’lib ketdi, tog’lar emirildi. Ava shu tabiiy sabablar tufayli o’sha joydagi sharoitlar
o’zgarib ketdi.
Beruniy erdagi iqlimning, mavsumlarning o’zgarib turishi quyoshning
harakatiga bog’liq ekanligiga ham e`tibor bergan. «Astronomiya kaliti» asarida
Beruniy erning aylanmasligi haqidagi eskicha tasavvurlarni rad etadi va er
aylanadi, uning harakati qonuniy ravishda va astronomik hodisalarga muvofiqdir,
deydi. Mutafakkirning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida nur va
zamon, nurning harakati va tovush harakati, nur va issiqlik, nur va qorong’ulik,
oy nuri va quyosh nuri singari masalalar ham bayon etilgan.
Beruniy materiya doim o’zgarib, xarakat qilib, yangilanib, turli shaklga kirib
turishi, moddiy narsalar va ularning xarakati abadiy ekanligini alohida qayd qiladi.
Uning fikricha, olamda narsalar rivojlanib turadi, narsalarning nihoyasiz ravishda
yashirinlikdan yuzaga chiqishi rivojlanishga dalildir.
Beruniy koinotda Erdan, bizning hayotimizdan tashqari yana boshqa dunyolar
mavjudligi, harakat ziddiyatga asoslanishi haqidagi ilmiy fikrlarni ham ilgari
suradi. Uningcha; tabiatda ma`lum. qonuniyat. bor, tabiatdigi hodisalarni o’sha
qonuniyatlarga, tabiatning o’ziga asoslanib izox etish, tushunish kerak. Tabiatda
o’z-o’zidan maydonga kelib chiqadigan g’ayriqonuniy, tartibsiz narsa yo’q. YUzaki
qaraganda tartibsizlikka o’xshagan hodisalar ham aslida ma`lum qonuniyat
asosida maydonga keladi.
Beruniy Er Quyosh atrofida aylanadi, degan xulosaga kelib, olamning
geliotsentrik nazariyasini yoqlashga intildi. Beruniyning dunyo oldidagi eng katta
xizmatlaridan biri shundan iboratki, u Galileydan bir necha asr oldin Erning
dumaloq shaklda ekanligi va Quyosh atrofida aylanishi haqidagi farazni o’rtaga
tashladi. U astronomiya, geologiya, gidrostatika va jo’g’rofiya sohasidagi
ratsionalistik fikrlari bilan Kopernik, Leonardo da Vinchi va boshqa olimlarning
kashfiyotlarini ko’p jihatdan oldindan payqagan zdi.
Dostları ilə paylaş: |