Ma`lumki, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlik chog’larida
aytgan so’zlari, qilgan ishlari, yo’l-yo’riqlari va ko’rsatmalari, pandu o’gitlari ul
zotning hadislari yoki sunnatlari hisoblanib, islom ta`limotida Qur`oni Karimdan keyin
ikkinchi manba hisoblanadi. CHunki Muhammad alayhissalomning o’zlari
hadislaridan birida: «Ey ummatlarim! Men sizlar uchun Qur`oni
Karim bilan
o’zimning sunnatim—-yo’l-yo’riqlarimni qoldirdim. Sizlar shu ikkalasini qattiq tutib,
ularga amal qilsalaringiz to’g’ri yo’ldan aslo adashmaysizlar»,—deb bashorat
qilgan edilar.
Payg’ambarimiz hadislariii birinchi manbalarga asoslanib, qiyomiga etkazib
to’plash, ilmiy tartibga solysh, ularni sharhlash va targ’ib qshgash ishlari bilan juda
ko’p olimlar shug’ullanganlar. Islom olamida ulardan sanoqlilarigina musahhih, ya`ni
eng ishonchli hadis to’plovchi olim, deb tan olingan. Ana
shularning oldingi safida
Imom Buxoriy xazratlari turganlar. Imom, Buxoriy hadis ilmining. peshvosi, sahih
yo’nalishining asoschisi, islom olamida eng etuk va mashhur muhaddisdir.
O’rta asrlar musulmon SHarqida,
birinchi navbatda, Markaziy Osiyoda tasavvuf
nomi bilan ataladigan diniy falsafiy ta`limotni yaratish, ilmiy asoslab berish,
targ’ib-tashviq etish va olam uzra yoyishda donishmand bobolarimiz buyuk
xizmatlarini xalqimiz, millatimiz, Vatanimiz hech qachon unutmaydi. Tasavvuf —
insonning kamolotga etish, ilohiy hislatlarga yaqinlashish yo’lidir. Tasavvufning
boshlanishi — ilm, o’rtasi — ish, oxiri — Allohning berganidir.
Dostları ilə paylaş: