Qadriyatlar falsafasi


Qadimgi Rimda siyosiy va ma`rifiy ta`limotlarning o`ziga xosligi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

Qadimgi Rimda siyosiy va ma`rifiy ta`limotlarning o`ziga xosligi. 
Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi ming yillarni o`z ichiga oladi 
va shu davr ichida qadimgi Rimda o`zgarib turgan sotsial iqtisodiy, siyosiy-huquqiy 
qarashlarni voqealarni aks ettiradi. qadimgi Rim tarixi uch bosqichdan iborat. 
Podsholik (eramizgacha 754-510 y.), respublika boshqarish usuli (504-28 y), 
imperatorlik (27 eramizgacha va 475 y). yagona Rim imperiyasi eramizning 395 yili 
batamom bo`linib ketdi. g`arbiy (markaz Rim), SHarqiy (markazi Konstantinopol’) 
Vizantiya imperiyasi-bular 1453 yilgacha yashab keldi. 
qadimgi Rimdagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy qarashlar uzoq vaqt davomida turli 
qarama-qarshi kuchlar patritsiylar va plebeylar o`rtasidagi, to`xtovsiz kurashlar ichida 
shakllanib boradi va shu kuchlar nisbatini, manfaatlarini o`zida aks ettirdi. 
qadimgi Rimdagi siyosiy-huquqiy qarashlar qadimgi YUnonistonda shakllangan 
ijtimoiy-siyosiy qarashlar ta`sirida edi. eramizgacha 2 asr o`rtalarida plebeylar yozma 
ravishdagi qonunlar tayyorlanishini talab qilib chiqdilar va YUnonistonga odamlar 
YUborib, ulardagi qonunchilik, davlatchilik asoslarini o`rganib kelish, xususan Solon 
davrida yaratilgan qonunlarga katta e`tibor berishni topshirdilar. Bu tajribalar puxta 
o`rganilib, nihoyat XII jadvaldan iborat bo`lgan qadimgi rim huquq normalarini 
ishlab chiqishga asos bo`ldi. qadimgi YUnonistonning atoqli faylasuflari Sokrat, 
Aflotun, Arastu, epikur, stoiklar, Polibiy va boshqalar qadimgi rim ijtimoiy-siyosiy 
va huquqiy qarashlarning shakllanishiga kuchli ta`sir qildi. 
qadimgi Rimda huquqshunoslik fanining rivojlanishi katta voqea edi. Rim 
hukukshunoslari huquqning umumiy nazariyasi muammolarini yoritib berdilar. 
Ayrim huquqshunoslik sohalari (davlat va huquq nazariyasi va ma`muriy xuquq, 
jinoyat huquqi, xalqaro huquq) mustaqil tarzda ishlab chiqildi. Rim huquqshunoslari 
jamiyat hayotida ro`y berayotgan yangiliklarning nazariy asoslarini ishlab chiqdilar. 
Rim YUristlari tomonidan kashf qilingan huquqshunoslikka oid atamalar, fanlar 
bugun bizda ham o`rganilmoqda. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin