haqidagi g`oya muxim axamiyatga ega edi. Xristianlikning paydo bo`lishi
va Jahon
dini sifatida kengayib, mustahkamlanib borishi insoniyat taraqqiyotining keyingi
bosqichlariga kuchli ta`sir qildi. eramizning II asrida xristian jamoalarida axvol bir
muncha o`zgaradi. Jamoa boshliqlarining hukmronligi mustahkamlanadi, ular
o`rtasida
aloqa kuchayadi, ruhoniylar paydo bo`ladi. CHerkov ierarxiyasining paydo
bo`lishi, diniy dogmatning kuchaytirib YUbordi. Ilk xristianlik ta`limotlarida
qulchilikni yo`qotishga, xususiy mulkchilikni bekor qilishga, odamlar o`rtasidagi
notenglIkni bartaraf etishga qaratilgan g`oyalar mavjud edi.
qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixida Mark Tualliy Sitseron (106-
43 eramizdan oldingi yillar) aloxida o`rin egallaydi.
Mashhur arator, davlat arbobi va
mutafakkir Sitseronning davlat va x,uquq muammolariga bag`ishlangan "Davlat
haqida", "qonunlar haqida", "Burchlar haqida" va boshqa asarlarida
siyosiy va
huquqiy qarashlari o`z aksini topgan. Davlatning paydo bo`lishining sababi
odamlarning birga yashashga intilishidadir. Sitseron ijodida haqiqiy davlat arbobi va
ideal fuqaroga xos fazilatlar katta o`rin olgan. Sitseronning ijodiy merosi
insoniyat
madaniyatining rivojiga katta ta`sir ko`rsatdi.
Rim huquqshunoslarining siyosiy va ma`rifiy qarashlari
Eramizgacha II asr boshlarida huquqshunoslik, hususan fuqarolar xuquqi
borasida M. Maniliy, P. Mutsiy Stsevola va M. YUniy Brut samarali faoliyat
ko`rsatdilar. Huquqiy masalalar quyidagi soxalarni qamrab olardi:
1) Odamlarning
YUridik savollariga javoblar;
2) Bitimlar tuzishda tavsiya qilish va yordam berish;
3) Sudda ishlarni hal qilish uchun
formulalar ishlab chiqish;
Rim huquqshunosligi respublikaning oxirgi damlarida, xususan, imperiyaning
dastlabki ikki yarim asrida o`zining eng YUqori rivojlanish darajasiga etdi. III
asrning ikkinchi yarmidan boshlab, imperatorning qonuniy hokimiyatga ega
bo`lishidan so`ng rim huquqshunosligining rivojlanishi pasaya boshladi. TO`g`ri,
klasik davrda YUristlarning axvoli hurmat e`tibori yangi davrda ham saqlanib turdi.
Xuddi mana shu klassik davrda yashagan mashhur huquqshunoslardan Gay,
Panminak, Pavel, Ul’pian, Modestinlarni ko`rsatib o`tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: