Qadriyatlar falsafasi


Rim imperiyasida eramiz boshida xristianlik paydo bo`ladi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

Rim imperiyasida eramiz boshida xristianlik paydo bo`ladi. Ilk xristian 
ta`limotlari barcha erkinlik haqidagi qonunlarni, mavjud bo`lgan ko`plab tabiiy 
huquq g`oyalarini yangi din o`z nomidan, ilohiy ruh, xudoning ifodasi deb talqin qila 
boshaydi. Barcha odamlarning tengligi, uni odamlar o`rtasida qaror topishi zarurligi 


haqidagi g`oya muxim axamiyatga ega edi. Xristianlikning paydo bo`lishi va Jahon 
dini sifatida kengayib, mustahkamlanib borishi insoniyat taraqqiyotining keyingi 
bosqichlariga kuchli ta`sir qildi. eramizning II asrida xristian jamoalarida axvol bir 
muncha o`zgaradi. Jamoa boshliqlarining hukmronligi mustahkamlanadi, ular 
o`rtasida aloqa kuchayadi, ruhoniylar paydo bo`ladi. CHerkov ierarxiyasining paydo 
bo`lishi, diniy dogmatning kuchaytirib YUbordi. Ilk xristianlik ta`limotlarida 
qulchilikni yo`qotishga, xususiy mulkchilikni bekor qilishga, odamlar o`rtasidagi 
notenglIkni bartaraf etishga qaratilgan g`oyalar mavjud edi. 
qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixida Mark Tualliy Sitseron (106-
43 eramizdan oldingi yillar) aloxida o`rin egallaydi. Mashhur arator, davlat arbobi va 
mutafakkir Sitseronning davlat va x,uquq muammolariga bag`ishlangan "Davlat 
haqida", "qonunlar haqida", "Burchlar haqida" va boshqa asarlarida siyosiy va 
huquqiy qarashlari o`z aksini topgan. Davlatning paydo bo`lishining sababi 
odamlarning birga yashashga intilishidadir. Sitseron ijodida haqiqiy davlat arbobi va 
ideal fuqaroga xos fazilatlar katta o`rin olgan. Sitseronning ijodiy merosi insoniyat 
madaniyatining rivojiga katta ta`sir ko`rsatdi. 
Rim huquqshunoslarining siyosiy va ma`rifiy qarashlari 
Eramizgacha II asr boshlarida huquqshunoslik, hususan fuqarolar xuquqi 
borasida M. Maniliy, P. Mutsiy Stsevola va M. YUniy Brut samarali faoliyat 
ko`rsatdilar. Huquqiy masalalar quyidagi soxalarni qamrab olardi: 
1) Odamlarning YUridik savollariga javoblar
2) Bitimlar tuzishda tavsiya qilish va yordam berish; 
3) Sudda ishlarni hal qilish uchun formulalar ishlab chiqish
Rim huquqshunosligi respublikaning oxirgi damlarida, xususan, imperiyaning 
dastlabki ikki yarim asrida o`zining eng YUqori rivojlanish darajasiga etdi. III 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab, imperatorning qonuniy hokimiyatga ega 
bo`lishidan so`ng rim huquqshunosligining rivojlanishi pasaya boshladi. TO`g`ri, 
klasik davrda YUristlarning axvoli hurmat e`tibori yangi davrda ham saqlanib turdi. 
Xuddi mana shu klassik davrda yashagan mashhur huquqshunoslardan Gay, 
Panminak, Pavel, Ul’pian, Modestinlarni ko`rsatib o`tish mumkin. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin