Qadriyatlar falsafasi


chiqdi. 800-900 yillar mobaynida bu ta`limotni cherkov ham, davlat ham qabul



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

chiqdi. 800-900 yillar mobaynida bu ta`limotni cherkov ham, davlat ham qabul 
qildi. Ammo ular o`rtasidagi kelishuv ko`prok og`izdagina bo`lib qoldi. 
XIII asrga kelib g`arbiy evropada, asosan cherkov doiralarida, intelektual 
faollik ro`y berdi. Arablar orqali Arastu qayta kashf qilindi. Falsafa sohasida 
Foma Akvinskiy xristianlik va Arastuizm sintezini amalga oshirdi. Bu sintez shu 
qadar muhim ahamiyat kasb etdiki, keyinchalik Rim-katolik cherkovi Foma 
Akvinskiy ta`limotiga o`zining rasmiy falsafasi sifatida qaray boshladi. 
Foma Akvinskiy (1226-1274) o`rta asr diniy skolastikasining ko`zga ko`ringan 
namoyondasi. Uning siyosiy-huquqiy qarashlari "Teologiya majmui", 
"Hukmdorlarning boshqaruvi haqida", hamda Arastuning "Siyosat", "Axloq" 
asarlariga yozilgan izohlarida bayon qilingan. 
Xuquq va qonun muammolarini Foma Akvinskiy xristian dinining inson va 
uning hayot mazmuni haqidagi tasavvurlariga tayangan holda yoritadi. U qadimgi 
dunyo mutafakkirlarining tabiiy huquqva adolat g`oyalariga, ayniqsa Arastuning 
siyosat va inson "siyosiy maxluq" ta`limotiga diniy nuqtai nazardan yondoshib 
murojaat qiladi. Foma Akvinskiy ta`limotiga ko`ra olam va undagi tartibning ijodkori 
Xudodir. Inson hayoti va harakatlarining ildizi Xudodadir. 
SHu bilan birga inson aql va erkin irodaga ega mavjudotdir. Xar qanday 
erkinlikning ildizini aql-idrok (intelektual qobiliyat) tashkil qiladi, Insonning erkin 
irodasini yaxshilikka undovchi barcha harakat Xudo amriga, aql-idrok, adolat va 
yaxshilikka qaratilgan bo`lishi kerak. 
Foma Akvinskiy bu fikrini o`zining qonun va huquqhaqidagi ta`limotida 
konkretlashtiradi. Qonun, - deydi u, harakatning ma`lum qoidasi va o`lchovidir. 
Uning mohiyati inson hayoti va faoliyatini tartibga solishdan iboratdir. qonun jamiyat 
a`zolarining umumiy foydasini ifoda qilishi zarur. U bevosita jamiyat tomonidan, 


yoki uning ishonchiga ega bo`lgan vakillari tomonidan joriy qilinadi. qonun e`lon 
qilinishi shart. 
Foma Akvinskiy qonunlarni quyidagi turkumlarga ajratadi: abadiy qonun, 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin