«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya solib aytgan gapidan so‘ng, uyiga yugurib ketayotgan qahramonning ruhiy holati
bilan bulut detalini yonma yon qo‘yadi, bu yerda bulut detali qahramonning
ruhiy kechinmalarini to‘la qonli ochib berishga xizmat qilgan. Shuningdek,
professor Dilmurod Quronov badiiy adabiyotda peyzajni quyidagicha
izohlaydi: “Rang tasvir asarini yaxlit holda ko‘ramiz: ya’ni uni avvaliga
butunligicha ko‘ramiz keyin butundan qismga (detallarga qarab)boramiz.
Badiiy adabiyotdagi peyzajni qabul qilishda esa, aksincha, qismdan butunga
qarab boriladi: avvaliga detallar bilan navbatma navbat tanishamizda, oxirida
ko‘z oldimizda, yaxlit manzara hosil bo‘ladi.” Darhaqiqat qissada betgachoparlik,
xasadgo‘ylik, ko‘rolmaslik kabi hislatlarga boy hisobchi obrazi bilan
qahramonning muloqati jarayonida mana shunday yaxlit manzaraga duch
kelamiz. “Qoplon otamiz tok tomiriga egilmish ko‘yi qoldi.Qaddini rostlashini-da
bilmadi, rostlamaslginida bilmadi. Tok tomirida qimirlamish sariq chumolilarga
tikilib qoldi”. Professor Uzoq Jo‘raqulov ta’kidlaganidek, “Portret va xarakter
uyg‘unligiga xos ikkinchi jihat qahramonlar aro muloqatlarda, psixologik
mubohazalar jarayonida ko‘zga tashlanadi”. shuningdek qissaning sunnat to‘y
marosimida mezmon Qoplon ota bilan muomala kirishgan paytda undan
“farzandlar katta bo’layaptimi” degan savoliga qahramonning ruhiy
kechinmalari, iztiroblari xatti harakatlari orqali namoyon bo‘ladi”. Otamiz
sergaklandi. Eshikka qarab-qarab qo‘ydi. Boshini quyi egdi, dasturxon chetini
qayirib o‘ynadi, choynak qopqog‘ini shig‘illatib –shig‘illatib ochib yopti”. Shu
joylarini o‘qiyotgan kitobxon ruhiyatiga Qoplon otaning holati ko‘chib o‘tadi, u
kabi eziladi, istirob chekadi ,joyi kelsa qahramon bilan ajib bir o‘yga toladi,
albatta bu yozuvchining iste’dodidan darak beradi.Yozuvchi Said Ahmad asar
haqida quyidagi fikrlarni aytadi”. Tog‘ay, bir birini bobosi, momosi, deya atab
umr o‘tkazayotgan bir juft oq kaptardek pokiza insonlarni oydinda,oy nuriga
o‘rab tasvirlaydi .Oqibat ushbu juftning o‘zi ham, so‘zi ham, fikri ham turish
turmushi ham oyning kumush nurlariga yo‘g‘rilib ketadi”. “Oydinda yurgan
odamlar” qissasi personajlarida ichki kechinmalar, ruhiyat birinchi o‘ringa
chiqsa, “Yulduzlar mangu yonadi” “Ot kishnagan oqshom”, “Momo yer
qo’shig’i”qissalari tubdan farq qiladi,bunday olib qaraganda bir asarning
ruhiyati,ikkinchisiga ko‘chib o‘tmagan go‘yoki, boshqa boshqa yozuvchilar
yozgan qissalar deb o‘ylaysiz. Masalan, “Yulduzlar mangu yonadi”qissasida asar
bosh qahramoni Bo‘ri polvon mardligi,dovyurakligi tantiligi bilan bir qatorda
surxon polvonlarining kurashi hikoya qilinadi. Momo yer qo‘shig‘i qissasida
esa Pahlavon Daho nomini taxallus qilib olgan Tursun haqida, yani, takkaburligi
tufayli jamiyatda o‘zligini topaolmagan kishilar siymosida gavdalanadi. “Ot
kishnagan oqshom” asarida Ziyodulla kal pok qalbi bilan jamiatda haqiqat